132
10-bob. ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI
10.1. Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi
Ishlab chiqarish
- korxonalarining asosiy faoliyati turi bo‘lib, bu jarayon
cheklangan resurslardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Ishlab chiqariladigan
mahsulot miqdori, ushbu tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar
hajmidan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan texnologiyaning holati va
darajasiga bog‘liq.
Ishlab chiqarish - bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi kuchidan,
uskuna va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda materiallardan ma’lum
miqdordagi kombinatsiyada foydalanish jarayonidir. Masalan, o‘z ustaxonasiga ega
bo‘lgan shaxs stol ishlab chiqarish uchun ishchi kuchidan, xom ashyo sifatida taxta,
temir, arra va boshqa uskunalarga sarflangan kapitaldan foydalanadi.
Ishlab chiqarish omillarini yiriklashgan uch guruhga bo‘lib qarash mumkin:
mehnat, kapital va materiallar.
Masalan, mehnat ishlab chiqarish omili sifatida malakali mehnatni
(payvandchi, buxgalter, elektr ustasi), malakasiz mehnatni (har xil ishchilar) va
korxona rahbarlarining tadbirkorlik harakatini o‘z ichiga oladi. Bu mehnat turlarini
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar mehnat sig‘imi va mehnat unumdorligidir.
Materiallar deganda, ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulotga
aylanadigan har qanday moddiy narsani qarashimiz mumkin: butlovchi qismlar,
yarim fabrikatlar, temir, po‘lat, shisha, yoqilg‘i, yog‘och, paxta va boshqa xom
ashyolar tushuniladi.
Moddiy kapital sarfi ishchilar tomonidan binodan, uskunadan, instrumentdan
va texnologik liniyalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Ishlab
chiqarish
munosabatlari birinchi navbatda mahsulot
ishlab
chiqarishdagi texnologik munosabatlardir.
Texnologiya
- bu tovarlar va xizmatlarni
ishlab chiqarish to‘g‘risidagi amaliy bilimlardir. Ma’lumki, texnologiyaning
takomillashuvi fanda va texnikadagi yangi yutuqlarning ishlab chiqarish jarayoniga
joriy qilish orqali boradi. Yangi texnologiya yangi ishlab chiqarish usullaridan
foydalanishni, yangi mashina va mexanizmlardan yanada yuqori malakaga ega
bo‘lgan mehnatdan foydalanishni taqozo qiladi. Yangi texnologiya yangi turdagi
mahsulotlarni yaratishga yordam beradi. Yangi texnologiya mahsulot sifatini
oshirishga, ish sharoitlarini yaxshilashga, berilgan resurslar miqdori o‘zgarmaganda
ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorini oshirishga, xarajatlarni kamaytirishga olib
keladi.
Dostları ilə paylaş: