O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   410
MIKRO MAKRO

Qisqa xulosalar 
 
Bozor xo‘jaligining asosiy elementlaridan biri firma hisoblanadi. Firma esa, 
egaligida alohida mol-mulki bo‘lgan va o‘ziga qarashli bo‘lgan korxonada 
(korxonalarda) mustaqil xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik tashkilotdir. 
Firma maksimal foyda olish va iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish maqsadida 
resurslarni birlashtiradi. Firma tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. 
Mulk shakli bo‘yicha firmalar quyidagicha guruhlanadi: yakka mulk egaligi 
(yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari, xususiy 
firmalar); hamkorlikdagi mulk egaligi (xo‘jalik shirkatlari (to‘liq va kommandit), 
mas'uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatlar, qishloq xo‘jaligi 
shirkatlari, kooperativlar boshq.); korporasiya (aksiyadorlik jamiyati). 
Yakka mulk egaligi
o‘z manfaatlari yo‘lida biznesni mustaqil tashkil etish 
imkonini beradi. Yakka mulk egaligidagi firmalarning mulki bir kishiga tegishli 
bo‘lib, bo‘linmasdir. 
Hamkorlik
biznesni tashkil etishning yakka tadbirkorlikka nisbatan 
mukammalroq shakli hisoblanadi. Hamkorlikda ikki yoki undan ortiq sheriklar firma 
tashkil etish va uni birgalikda boshqarishga kelishib oladilar. Bunda ular firmani ta'sis 
etish jarayonida o‘zlarining moliyaviy mablag‘larini va ishbilarmonlik qobiliyatlarini 
ham birlashtiradilar. Shu bilan birga biznesni yuritish bilan bog‘liq tadbirkorlik xatari 
hamda foyda yoki zararlarni o‘zaro taqsimlaydilar. 
Korporasiya
biznesni mulk egalaridan aajratilgan tashkiliy-huquqiy shakli 
hisoblanadi. Korporasiya (aksiyadorlar jamiyati) ishtirokchilari uning majburiyatlari 
bo‘yicha javob bermaydilar va korporasiya faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun 


131 
o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Korporasiya uning 
mulkdorlaridan alohida yuridik shaxs maqomidagi firma hisoblanadi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin