Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni. Omillar mahsuldorligini
kamayish qonuni shuni ko‘rsatadiki, biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish
oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o‘zgarmaganda), shunday bir nuqtaga
erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo‘shimcha ishlatilgan omil ishlab chiqarish
hajmini kamaytiradi (10.3-rasm).
10.3-rasm. Bir o‘zgaruvchi omil (L-mehnat) sarfida ishlab chiqarish grafigi Agar biz o‘zgaruvchan omil sifatida mehnat sarfini qarasak (kapital sarfi
o‘zgarmaganda), mehnat sarfi kichik miqdorda oshganda mahsulot ishlab chiqarish
hajmini anchagina oshiradi, nima uchun deganda, boshlang‘ich davrda mehnat
sarfining oshishi kapitaldan to‘liqroq foydalanish imkonini beradi. Natijada chekli
mahsuldorlik, umumiy va o‘rtacha mahsuldorlik oshadi. Lekin pirovard natijada
ishchilar sonining oshishi (kapitalning o‘zgarmaganligi) chekli mehnat unumdorligini
kamayishiga olib keladi, ya’ni omil mahsuldorligining kamayish qonuni ishlay
boshlaydi.
Omil mahsuldorligining (bir birlik qo‘shimcha omil sarfiga to‘g‘ri keladigan
qo‘shimcha mahsulot) kamayish qonuni qisqa muddatli oraliqqa xosdir, chunki bu
C B A A′ 0
Mehnat sarfi, L C′ O’rtacha va
chekli
mahsuldorlik,
AP L , MP L 30 M MP L AP L 8
3
4
2
1
L 0 N 112
80
60
Q′ ′ Q ′