116
aytish kerakki,
Fyuchers ham, opsion ham tovarlar narxini vaqt bo‘yicha
tekislashga yordam beradi.
Xedjirlashtirish
- bu operatsiya bo‘lib, unga ko‘ra fyucherslar bozori va
opsionlar bozori yordamida bir tavakkalchilik boshqa
bir tavakkalchilik bilan
qoplanadi. Ushbu operatsiyaning mohiyati shundan iboratki, narxlar o‘zgarishi
bilan bog‘liq tavakkalchilik (yo‘qotishlar) savdogar zimmasiga yuklatiladi.
Shunday qilib, savdogarchilikning
ahamiyati shundaki, ular axborotlarni
axborot egalaridan olib axborotga muxtoj bo‘lganlarga etkazadilar.
Qisqa xulosalar
Kelajakka taalluqli har qanday harakat noaniq natijaga ega.
Noaniqlik
sharoitida iste'molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar
tomonidan ham
sotuvchi va xaridorlar sifatida qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi va bu qabul
qilingan qarorlar albatta, ma'lum darajadagi risklar (tavakkalchilik) bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni
samarasiz taqsimlanishiga,
ortiqcha sarflarga, vaqtni yo‘qotishga olib keladi.
Tadbirkorlikka yoki daromad olish uchun tikilgan kapitalning qiymati
kelgusida undan olinadigan daromad qiymatiga bog‘liq ekan, demak u noaniqlik
va risk (tavakkalchilik) bilan b o‘langan ekan.
Risk (tavakkalchilik) – bu har qanday usul
bilan baholangan ehtimollik,
noaniqlik esa baholab b o‘lmaydigan holat.
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to‘liq
axborot
bo‘lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to‘g‘risida
axborot to‘liq bo‘lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni ma’lum
yo‘qotishlarga olib keladi. Ushbu yo‘qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.
Tavakkalchilikni o‘lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog‘liq.
Ehtimol ikki turga bo‘linadi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin bo‘lgan
ehtimol va statistik ehtimol.
Dostları ilə paylaş: