O‘zbеkiston rеspublikаsi


Mahsulot sifati noaniqligi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   410
MIKRO MAKRO

Mahsulot sifati noaniqligi. 
Faraz qilaylik, bozorda foydalanilgan avtomobillar 
sotiladi. Mashinaning holati (sifati) o‘rtacha holatdan yuqori bo‘lsa yaxshi avtomobil, 
past bo‘lsa - yomon avtomobil (ushbu masalani 1970 yilda birinchi bo‘lib amerikalik 
olim A.Akerlof o‘rgangan). Yaxshi avtomobillarning narxini sotuvchilar 5000 doll. 
va iste'molchilar 5600 doll. baholaydilar. Holati o‘rtadan past avtomobillar narxini 
esa mos ravishda 3000 va 3500 dollarga. Agar bozorda ikkala kategoriyadagi 
avtomobillar soni bir-biriga teng bo‘lsa, avtomobilning o‘rtacha narxi 4000 doll. 


113 
bo‘ladi. Ushbu holatda yaxshi avtomobilni ham, yomon avtomobilni ham sotib olish 
ehtimoli 50 foizga teng. 
Biroq sotuvchilar o‘zlarining avtomobili sifatini yaxshiroq biladi, xaridorlar 
bunday axborotga ega emaslar. Yaxshi mashina sotuvchilarni 4000 doll. narx 
qanoatlantirmaydi. Yomon mashina sotuvchilarni esa 4000 doll. narx qanoatlantiradi 
va bu narx ular kutgan narxdan ancha yuqori.
Bozorda asimmetrik axborot bo‘lgan sharoitda avtomobil bozoridagi narx 
avtomobil sifati to‘g‘risida to‘liq axborotni bermaydi, natijada bozordagi savdo-
sotiqlarni noratsional bo‘lishiga olib keladi. Yaxshi avtomobil egalari o‘z 
avtomobillarini 4000 dollarda sotishdan voz kechadilar. Oqibatda yaxshi 
avtomobillar taklifi kamayadi. Yomon avtomobillar narxi yuqori bo‘lgani uchun, 
ularning taklifi oshadi. Bunday holatda yaxshi avtomobil olish ehtimoli 50 foizdan 
nolga tushib ketadi 
Sug‘urtalash bozori.
Sug‘urtalash bozorida ham avtomobillar bozoridagi 
holatni kuzatish mumkin. Sug‘urta qilinadigan shaxs o‘zining sug‘urta ob’ekti 
to‘g‘risida sug‘urtalovchiga qaraganda ko‘proq axborotga ega. Shuning uchun ham, 
bu yerda zaifroq, sog‘ligi yaxshi bo‘lmagan shaxslar ko‘proq sug‘urta kompaniyasi 
xizmatidan foydalanishga harakat qiladilar. Ushbu holat sug‘urta kompaniyalarini 
sug‘urta narxini oshishiga olib keladi va yuqori sug‘urta narxi o‘z navbatida sog‘ligi 
yaxshi bo‘lgan shaxslarni sug‘urtalashga bormasligini kuchaytiradi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin