O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   410
MIKRO MAKRO

tavakkalchilikni
bildiradi.
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishda tavakkalchilik (yo‘qotish) darajasini 
bilish, uni oldini olish uchun, tavakkalchilik darajasini kamaytirish uchun, chora 
tadbirlar ko‘rishga imkon beradi. 
Tavakkalchilikni o‘lchash. 
Tavakkalchilikni o‘lchashning asosi ehtimol 
tushunchasi bilan bog‘liq. Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga 
bo‘ladi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin bo‘lgan ehtimol va statistik 
ehtimol. Birinchi tur ehtimolga tanganing raqam yoki gerb tomonini tushish ehtimoli 
1/2 ga tengligi yoki o‘ynaydigan olti qirrali toshning oltita raqamidan bittasini 
tushishi ehtimolining 1/6 ga tengligi misol bo‘lishi mumkin. 


106 
Ikkinchi turdagi ehtimolni empirik, ya’ni faraz qilish yo‘li orqali aniqlash 
mumkin. Masalan, korxonaga xom ashyoni vaqtida etib kelmaslik ehtimoli faraz 
qilinganda, ushbu faraz qilingan raqam baholovchining bilimiga tajribasiga 
asoslanadi. Nima uchun deganda, ushbu voqeaning takrorlanishi to‘g‘risida statistik 
ma’lumotlar yo‘q. Ehtimol sub’ektiv ravishda aniqlanganda, bitta hodisani har xil 
insonlar har xil qiymatdagi ehtimol bilan baholaydi. 
Yuqoridagi misolda voqeaga ta’sir qiluvchi tasodifiy omillar ko‘p va ularni 
hammasini bartaraf qilish mumkin emas. Bundan tashqari, bu yerda teng ehtimolli 
alternativ variantlarning o‘zini yo‘qligi ehtimolni matematik hisob-kitoblar orqali 
aniqlashga imkon bermaydi. 
Birinchi turdagi ehtimolni ob’ektiv ehtimol desak, u iqtisodiyotda kamroq 
uchraydi, ikkinchi turdagi ehtimol sub’ektiv ehtimol bo‘lib, biznesga xosdir. Ham 
ob’ektiv va ham sub’ektiv ehtimollar tavakkalchilik darajasini ifodalashda va 
tanlashda foydalaniladi. Ob’ektiv ehtimol o‘rtacha qiymatni aniqlashga yordam 
bersa, sub’ektiv ehtimol olinishi mumkin bo‘lgan natijalarning o‘zgaruvchanlik 
mezonini aniqlashga yordam beradi. Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash uchun biror 
voqea yoki hodisaning olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini va bu oqibatlarning 
ehtimolini bilish kerak bo‘ladi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin