107
Noaniq holat natijalarining mumkin bo‘lgan chegaralari – o‘zgaruvchanlik deb
ataladi. Faraz qilaylik talaba o‘qishdan keyin qo‘shimcha ish izlayapti. Uning uchun
ikkita variant mavjud. Birinchisi, firmada sotish bo‘yicha menedjer bo‘lib ishlash,
unda sotilgan mahsulotdan % shaklida maosh oladi. Agar tovar aylanmasi yaxshi
bo‘lsa, oyiga 1 500 ming so‘m, yomon holatda esa 800 ming so‘m maosh olish
ehtimoli bor. Sotish hajmini yaxshi yoki yomon bo‘lish ehtimoli 1/2.
Ikkinchi variant firma adminstrasiyasida qat'iy belgilangan oklad bo‘yicha
maosh olish. Bunda maosh miqdori 900 ming so‘m, ammo shtat qisqarib, talaba
ishsiz qolishi va bo‘shaganda 700 ming so‘m kompensasiya olishi mumkin (ehtimoli
10 %). Quyidagi 8.1-jadvalda mumkin bo‘lgan natijalar va ularning ehtimoli
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: