Nazorat turlari 6-SEMESTR: 1.1. Ushbu semestrda fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
1.2. Oraliq nazorat 6-semestrning 12-haftasida talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida 1 marta o‘tkaziladi.
1.3. Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda 3 ta savol berish orqali yozma shaklda o‘tkaziladi:
1 savol: nazariy
2 savol: amaliy
3 savol: amaliy
(yoki “dl.urdu.uz da 30 ta test savoliga” deb almashtirish mumkin) javobi bahosi (III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida) hamda uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari hisobga olinib umumlashtiriladi.
1.4. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida (III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar) 3 ta savol berish orqali yozma shaklda o‘tkaziladi:
1 savol: nazariy
2 savol: amaliy
3 savol: amaliy
(yoki “dl.urdu.uz da 30 ta test savoliga” deb almashtirish mumkin)
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan.