13-bob. Yakunlovchi qoidalar 81. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda siyosiy partiyalar va diniy muassasalarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga va faoliyatiga yo‘l qo‘yilmaydi.
82. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda xalqaro hamkorlik, pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog va tibbiyot xodimlari amaliyotini o‘tkazish va malakasini oshirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomning 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlayotgan quyidagilarning lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi:
davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va tibbiyot xodimlari hamda tarbiyachi yordamchilari;
qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan pedagog va tibbiyot xodimlari va tarbiyachi yordamchilari;
reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va tibbiyot xodimlari, hamda tarbiyachi yordamchilari”
3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatining 551-pozitsiyasidagi “muassasalarini” va “muassasalari” so‘zlari tegishli ravishda “tashkilotlarini” va “tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2017-yil 18-dekabrdagi 991-son qarorida:
2-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“2021-yil 1-iyuldan boshlab davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno) foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oylik kompensatsiyalar to‘lab berilsin.”;
ilovaning 2-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno) foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oylik kompensatsiyalar to‘lab beriladi.”.
Oldingi tahrirga qarang. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/426/0707-son) Oldingi tahrirga qarang. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/426/0707-son) 7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 944-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
2-bandda:
sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ijtimoiy ko‘makka muxtoj oilalar — kam ta’minlangan oilalar, a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar bo‘yicha mintaqalarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari bo‘lgan oilalar, to‘rt yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalar;”;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi qo‘shilsin:
“maxsus kontingent — harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari va davlat umumta’lim maktablari pedagog xodimlarining bolalari.”;
7-bandda:
uchinchi xatboshidagi “50 foizidan” so‘zlaridan keyin “, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori bilan tasdiqlangan olis va chekka hududlarda 75 foizidan” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori bilan tasdiqlangan olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun mazkur daftarlar jamg‘armalari hisobidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiyalar olish;
davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oylik kompensatsiyalar olish;”;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
8-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarining farzandlarini” so‘zlaridan keyin “va maxsus kontingentlarni” so‘zlari qo‘shilsin;
o‘n ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 361-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning 16-bandi o‘ttiz birinchi — o‘ttiz to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son; 03.08.2022-y., 09/22/426/0707-son)