O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori reabilitatsiya markaziga EGA bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotlari


-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish



Yüklə 54 Kb.
səhifə8/13
tarix02.05.2023
ölçüsü54 Kb.
#106395
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish
28. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni ta’lim olishi, tarbiyalashni, ularni parvarishlashni va bolalarga korreksion-pedagogik yordamni ko‘rsatishni ta’minlaydi.
29. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmun-mohiyati Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan (shu jumladan, mualliflik, moslashtirilgan va boshqa) dastur bilan belgilanadi.
30. Ta’lim-tarbiya jarayoni mashg‘ulotlarning yillik, taqvim-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi.
31. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot qonun hujjatlariga hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarga ta’lim-tarbiya berish shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.
32. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishlab chiqiladigan yakka tartibdagi yo‘nalish asosida bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar frontal, kichik guruh va yakka tartibda olib boriladi. Guruhlar va korreksion-ta’lim kabinetlar zarur ixtisoslashtirilgan asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
33. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga quyidagi tamoyillar asosida ta’lim beriladi va tarbiyalanadi:
ta’limning korreksion yo‘naltirilganligi;
ijtimoiy moslashuvi;
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda ta’limning maxsus metodologiyasidan va toifalangan yondashuvdan foydalanish.
34. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda besh kunlik ish haftasi belgilanadi. Bolalar tashkilotda bo‘ladigan muddatga qarab guruhlar:
to‘liq kunli guruhlar (kuniga 10,5 soatgacha);
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar (24 soat) bo‘lishi mumkin.
35. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda ishlash tartibi va tarbiyalanuvchilarning bo‘lish muddati Ixtisoslashtirilgan tashkilotning ustavida va muassis qarorida belgilanadi.
36. Ixtisoslashtirilgan tashkilot va bolaning qonuniy vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga joylashtirilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi. Bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bo‘ladigan vaqt ushbu shartnomada ko‘rsatiladi.
37. Ta’lim-tarbiya jarayoni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning maxsus maktabgacha ta’lim bo‘yicha tegishli malakaga ega pedagog xodimlari tomonidan o‘tkaziladi. Ta’lim jarayonining psixologik-pedagogik kuzatuvi psixologlar tomonidan amalga oshiriladi.
38. Pedagog xodimlari ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot faoliyatiga va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga umumiy rahbarlik Ixtisoslashtirilgan tashkilotning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
39. Ta’lim-tarbiya davlat tilida hamda “Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.

Yüklə 54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin