O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori reabilitatsiya markaziga EGA bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotlari


-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi



Yüklə 54 Kb.
səhifə6/13
tarix02.05.2023
ölçüsü54 Kb.
#106395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi
9. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Ixtisoslashtirilgan tashkilotning muassisidir.
10. Ixtisoslashtirilgan tashkilot muassis tomonidan tashkil etiladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
11. Ixtisoslashtirilgan tashkilot ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti va reabilitatsiya markazidan iborat, shuningdek o‘z tuzilmasida bolalar va ularning qonuniy vakillari bilan vaqtinchalik yashaydigan xostelga ega bo‘lishi mumkin.
12. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda muassis bilan kelishilgan holda faoliyati Ixtisoslashtirilgan tashkilot faoliyatining ustav turlariga zid bo‘lmagan qo‘shimcha bo‘limlar, xizmatlar, tarkibiy bo‘linmalar ochilishi mumkin. Barcha tarkibiy bo‘linmalar o‘z faoliyatida Ixtisoslashtirilgan tashkilotning direktoriga bo‘ysunadi.
13. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning bino va inshootlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilmasdan xususiylashtirilishi, musodara qilinishi va qayta ixtisoslashtirilishi mumkin emas.
14. Ixtisoslashtirilgan tashkilot o‘quv yili tugaganidan keyin qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.
Ixtisoslashtirilgan tashkilotni qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida tarbiyalanuvchilarni boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi tomonidan bolaning qonuniy vakillari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
4-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
15. Ixtisoslashtirilgan tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
tasdiqlangan moslashtirilgan ta’lim dasturi asosida mustaqil ravishda o‘z ta’lim dasturini ishlab chiqish;
bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion faoliyatda qatnashish.
Ixtisoslashtirilgan tashkilot qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
16. Ixtisoslashtirilgan tashkilot:
bolalarning jismoniy o‘sishi va sog‘lig‘i mustahkamlanishi uchun sanitariya-gigiyena me’yorlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratishi va ularga rioya etilishini ta’minlashi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nozologiyalarni davolash standartlariga muvofiq bolalarning abilitatsiyasi va reabilitatsiyasini o‘tkazish uchun shart-sharoitlarni yaratishi;
ta’lim-tarbiya va korreksion-pedagogik jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, psixik va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga mos kelishini ta’minlashi;
bolalar to‘g‘ri ovqatlanishini va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;
bolalarni shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llagan holda umumta’lim muassasalarida o‘qishga sifatli tayyorlashni ta’minlashi;
maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlash ustidan nazorat olib borishda, salomatlikni muhofaza qilish va mustahkamlash, abilitatsiya va reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashishi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilotdagi guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan to‘ldirilishi.
zarur moddiy-texnik bazasi va malakali tibbiyot xodimlari mavjud bo‘lganda, asosiy ta’lim-tarbiya faoliyati bilan birga pulli davolash-sog‘lomlashtirish xizmatlarini ko‘rsatishi shart.
Ixtisoslashtirilgan tashkilotning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.
17. Ixtisoslashtirilgan tashkilot quyidagilar uchun javob beradi:
bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
bolalar Ixtisoslashtirilgan tashkilotda bo‘lgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish;
belgilangan talablarga muvofiq ta’lim-tarbiya, korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya jarayonlarini amalga oshirish;
bolani tarbiyalash va ta’lim berish masalalari bo‘yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berish;
umumta’lim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda ta’minlash;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish.
18. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyati ustidan monitoring hamda nazorat vakolatli davlat organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
19. O‘quv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki ta’lim olayotgan bolalarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.

Yüklə 54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin