V. Eshitishida nuqsonlar N90.3 1. 2 darajali neyrosensor eshitish pastligi (eshitishning 41 — 55db gacha pasayishi (binaural quloq protezlash))
2. 3 darajali neyrosensor eshitish pastligi (eshitishning 56 — 70 db gacha pasayishi (quloq protezlash))
3. 3-4 darajali neyrosensor eshitish pastligi (eshitishning 71 — 90 db gacha pasayishi (agar miyaining eshitish markazi jarohat olmagan bo‘lsa, koxlear implantatsiya operatsiyasigacha))
4. 4 darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik (eshitishning 91 db gacha pasayishi (agar miyaning eshitish markazi jarohat olmagan bo‘ls�, koxlear implantatsiya operatsiyasigacha)
5. Karlik yoki kar-soqovlik (eshitishning 91 db dan ortiq pasayishi (koxlear implantatsiya operatsiyasigacha)
6. Koxlear implantatsiyadan keyin
VI. Tayanch-harakat apparati nuqsonlari 1. 3 va 4 darajali skolioz (tug‘ma va orttirilgan)
2. Ko‘krak qafasining 3 va 4 darajali girdobsimon deformatsiyasi
3. Ko‘krak qafasining 3 va 4 darajali kilsimon deformatsiyasi
4. 3 va 4 darajali kifoz
5. Artrogripoz
6. Bolalar tserebral falaji (BSF) va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari
7. 1 darajali Kiari anomaliyalari
8. Osteomiyelit asoratlari (jarrohlik muolajasidan keyingi holatlar)
9. Tug‘ma maymoqlik (jarrohlik muolajasidan keyingi holatlar)
10. Qo‘l va oyoqlarda jarohatdan keyingi bo‘g‘imlar kontrakturasi
11. Ortopediyadagi suyak skeletining tizim kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya)
12. Raxit asoratida oyoqlar og‘ir darajali deformatsiyalari (valgus va varus deformatsiyalar)
13. Tug‘ma son chiqishi (konservativ davolashdan keyingi holat, operativ davolashdan keyingi holat)
VII. Ikki va undan ortiq buzilishi bor bolalar”.
e) Quyidagi mazmundagi 5-ilova qo‘shilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga
5-ILOVA
Reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risida NIZOM