O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


bob. Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika qurilmalari va ikkilamchi zanjirlar



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə20/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

bob. Releli himoya, elektr avtomatika, telemexanika qurilmalari va ikkilamchi zanjirlar


  1. Releli himoya, avtomatika va telemexanika qurilmalariga (keyingi o‘rinlarda — RHA va T) va ularning ikkilamchi zanjirlariga texnik xizmat ko‘rsatishni odatda, markaziy yoki mahalliy releli himoya, avtomatika (keyingi o‘rinlarda — RHA) xizmatlari va o‘lchashlar (laboratoriyalar) yoki korxonaning elektr laboratoriya xodimlari amalga oshirishlari kerak.

RHA va T qurilmalarining alohida turlariga xizmat ko‘rsatishda boshqa xizmatlar ishtirok etgan hollarda, ular orasida xizmat ko‘rsatish zonalari va majburiyatlar mahalliy yo‘riqnomalarga muvofiq chegaralanadi.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining nazorati ostidagi obyektlarda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar yoki korxona tashkilotlari sozlash ishlarini bajarayotganda, nomlangan plombalarga va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bergan ruxsatnomaga ega bo‘lishlari shart.



  1. Yangi montaj qilingan RHA va T qurilmalarini ishga tushirishdan oldin uskunalar pasportiga yoki mahsus ro‘yxatlarga yozib, ularda sozlash va qabul sinovlari o‘tkazilishi kerak.

  2. Qabul qilingan RHA va T qurilmalarini ekspluatatsiyaga kiritishdan oldin quyidagi texnik hujjatlar:

montaj va sozlashda tuzatishlar kiritilgan loyiha materiallari (chizmalar va sxemalar, tushuntirish yozuvlari, kabel jurnali va shunga o‘xshash) montaj qiluvchi va sozlovchi tashkilotlar tomonidan;

zavod materiallari (texnik tavsif va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma, elektr uskuna va apparatlarning pasporti, va boshqalar) montaj qiluvchi tashkilot tomonidan;

sozlash va sinashlar bayonnomalari sozlash tashkiloti yoki korxona laboratoriyasi tomonidan taqdim etilishi shart.


  1. Ekspluatatsiyadagi har bir RHA va T qurilmasiga korxonada quyidagi texnik hujjatlar saqlanishi shart:

uskunaning pasporti-bayonnomasi;

texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar yoki yo‘riqnomalar;

o‘rnatmalar kartasi yoki jadvali (yoki xarakteristikalari) shaklidagi qurilmalarning texnik ma’lumotlari va parametrlari;



prinsipial, montaj yoki prinsipial-montaj sxemalar.

Qurilmaga texnik xizmat ko‘rsatishdagi davriy tekshirishlar natijalari pasport — bayonnomaga kiritilishi shart (batafsil yozuvlarni, ayniqsa, RHA va Tning murakkab qurilmalari bo‘yicha, ishchi jurnalida yuritish tavsiya etiladi).



  1. Rele, apparatlar va RHA va Tning yordamchi qurilmalarini ochishga o‘rnatma qiymatini tezkor xodim o‘zgartiradiganlardan tashqari, faqat ushbu qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xizmatchilarga ruxsat beriladi.

  2. RHAning tez harakatlanuvchi qurilmalari va zaxiralash qurilmalari mavjud bo‘lganda, o‘chirgichlar ishdan chiqqanda, ta’mirdan yoki o‘chishdan keyin tarmoqlarni, shinalarni va elektr uskunalarini ulash bo‘yicha barcha operatsiyalar, shuningdek, ajratgichlar va havo uzgichlari bilan operatsiyalar RHA qurilmasi ishga tushgandan keyin amalga oshirilishi shart.

Ularni ishga tushirish imkoni bo‘lmaganda, zaxira himoyalarida tezlanishni ishga tushirish yoki vaqtincha himoyani (shu jumladan, selektiv bo‘lmasa ham) amalga oshirish zarur.

  1. RHA va T qurilmalarida ishlarni o‘qitilgan va tegishli qurilmalarga mustaqil texnik xizmat ko‘rsatishga ruxsat berilgan xodimlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda bajarishlari shart.

  2. Panellarda (shkaflarda) va releli himoya, elektr avtomatika va telemexanika boshqaruv zanjirlarida ishlar bajarilganda, uskunalar xato o‘chirilishining oldini olish choralari qabul qilinishi shart.

Ishlar faqat izolatsiyalangan asbob bilan bajarilishi shart.

Bu ishlarni ijro sxemalarisiz, RHA va Tning murakkab qurilmalarida esa berilgan hajmlar va ketma-ketliklar mavjud bo‘lgan dasturlarsiz bajarish man qilinadi.



Ishlar tugagandan so‘ng tok, kuchlanish zanjirlari va tezkor zanjirlar to‘g‘ri ulanganligi hamda ishga yaroqliligi tekshirilishi shart. RHA tezkor zanjirlari va boshqaruv zanjirlari, odatda amalda sinash yo‘li bilan tekshirilishi kerak.

  1. Ulanmalarning (himoya qilinayotgan yoki oraliq birikmalarni) o‘chishiga ishlab ketishi, shuningdek, boshqa ko‘zda tutilmagan ta’sirlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan RHA va

T qurilmalaridagi ishlar, buni hisobga olgan holda, ruxsat etilgan talabnoma buyicha amalga oshirilishi kerak.

  1. Tok transformatorlarining ikkilamchi cho‘lg‘amlari doimo rele yoki asboblar orqali tutashtirilgan yoki qisqa tutashtirilgan bo‘lishi shart.

Tok va kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi zanjirlari va yuqori chastotali kanallar ulanmalari filtrlarining ikkilamchi chulg‘amlari yerga ulangan bo‘lishi shart.

  1. RHA va T qurilmalarida rejali texnik xizmat ko‘rsatishlar, sinashlar va avariyadan keyingi tekshirishlar tugagandan so‘ng bayonnomalar tuzilishi va releli himoya, elektroavtomatika va telemexanika jurnalida, shuningdek, pasport-bayonnomada tegishli yozuvlar yozilishi shart.

RHA va T sxemalari va o‘rnatma qiymatlari o‘zgarganda, jurnalda va pasport- bayonnomada tegishli yozuvlar kiritilishi shart. Shuningdek, prinsipial va montaj sxemalariga hamda ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarga tuzatishlar kiritilishi shart.

  1. Teleboshqarilayotgan uskunalarni avtonom boshqaruvga o‘tkazish va uning teskarisi, faqat dispetcher yoki korxona elektr xo‘jaligiga javobgar ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Podstansiyadagi teleboshqaruvning chiqish zanjirlari ishlashini to‘xtatish uchun umumiy kalitlar yoki o‘chirish qurilmalari qo‘llanilishi shart.

Teleboshqaruv zanjirlarini yoki alohida ulanmalarning telesignalizatsiyasini o‘chirish, ajratish qisqichlarida yoki individual o‘chirish qurilmalarida bajarilishi shart.



Teleboshqaruv va telesignalizatsiya zanjirlarida teleboshqaruvning umumiy kalitlari va individual o‘chirish qurilmalari bilan barcha operatsiyalarni, faqat dispetcher (tezkor xodim) ko‘rsatmasi bo‘yicha yoki uni xabardor qilib bajarishga ruxsat beriladi.

  1. RHA va T qurilmalarining panellarida (shkaflarda) tezkor xodim kalitlar, qoplagichlar, sinash bloklari va boshqa moslamalar yordamida almashlab ulashni amalga oshirayotganda, barcha ishlatilayotgan rejimlar uchun ko‘rsatilgan almashlab ulash qurilmalari holatlarining jadvallari bo‘lishi shart.

Ushbu almashlab ulash bo‘yicha operatsiyalar tezkor jurnalga yozilishi shart.

  1. Elektr tarmog‘ini ta’minlovchi elementlarning releli himoyani sozlash shartlari bo‘yicha va mumkin bo‘lgan ekspluatatsiya rejimlarini hisobga olingan va ruxsat etilgan chegaraviy yuklamalari korxona tomonidan energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning dispetcherlik xizmati bilan kelishilishi va davriy ravishda qayta ko‘rib chiqilishi kerak.

  2. Tezkor xodim quyidagilarni amalga oshirishi shart:

RHA va T va boshqaruv panellarida (shkaflarida) almashlab ulash qurilmalari va sinash bloklari qopqoqlari holatining to‘g‘riligi nazoratini, shuningdek, RHA va T va boshqaruv zanjirlarida avtomatik o‘chirgichlar hamda saqlagichlarning yaroqliligi nazoratini;

RHA va T qurilmalari holatini mavjud panellar (shkaflar) va apparatlardagi tashqi signalizatsiya qurilmalari bazasida nazorat qilishni;

yuqori voltli o‘chirgich va boshqa apparatlarni, shuningdek, avtomatik qayta ulash qurilmalarini, zahirani avtomatik ulash va qayd qiluvchi asboblarni (indikatorlarni) ishlatib ko‘rishni;

yuqori chastotali himoya signallari bilan almashuvni va yuqori chastotali teleo‘chirish qurilmalari va avtomatika kanallarining past chastotali apparatlarini, avariyaga qarshi avtomatikaning yuqori chastotali apparatlarining nazorat qilinayotgan parametrlarini o‘lchashni;



shinalar himoyasida nobalans tokni va kuchlanish transformatorining uzilgan uchburchagida nobalans kuchlanishni o‘lchashni;

avtomatik ossillograflarning avariyaviy yozuv soatlarini yuritib qo‘yishni va boshqalarni.

  1. RHA va T qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi korxona xizmati xodimlari asosiy e’tiborni almashlab ulash qurilmalari (kontaktli qoplamalar, boshqaruv kaliti, rubilniklar va boshqalar) va sinash bloklari qopqoqlari holatining to‘g‘riligiga, shuningdek, ularning holati elektr uskunalarining sxemalariga hamda ishlash rejimlariga mosligiga qaratgan holda, davriy ravishda barcha boshqaruv panellari va pultlarini, releli himoya panellarini (shkaflarini), elektroavtomatikani, telemexanikani, signalizatsiyani ko‘rikdan o‘tkazishlari shart.

RHA va T xizmati xodimlari tomonidan davriy ko‘riklaridan o‘tkazilishidan qat’iy nazar, tezkor xodimlar bajarishi ruxsat etilgan operatsiyalarga tegishli RHA va T elementlarining holati to‘g‘riligiga javob beradi.

  1. Releli himoya, elektroavtomatika, telemexanika va ikkilamchi zanjirlarni ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 11-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

              1. Yüklə 0,98 Mb.

                Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin