O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


bob. Elektr o‘lchash vositalari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə21/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

bob. Elektr o‘lchash vositalari


  1. Har bir korxonada davlat standartlari va idoraviy nizomlarga muvofiq majburiyatlari elektr energiyasini o‘lchash va hisobga olish vositalarini davriy ko‘rikdan o‘tkazish va ularga profilaktik xizmat ko‘rsatishdan, mazkur vositalarning holatini nazorat qilishdan, tekshirishdan iborat bo‘lgan metrologiya xizmati yoki shunday xizmat funksiyasini bajaruvchi bo‘linma tashkil etilishi shart.

Metrologiya xizmati (bo‘linma) “O‘zstandart” agentligining NTH va idoraviy metrologiya xizmati organlari talablariga muvofiq qiyoslovchi va ta’mirlovchi uskunalari va namunaviy o‘lchov vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi shart.

Mazkur xizmatlarning faoliyati davlar standartlariga va metrologik xizmat haqidagi idoraviy nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi.



  1. Podstansiyalar va TQlarda elektr energiyasini o‘lchash va hisoblash vositalarining ishini, shu jumladan qayd qiluvchi asboblar va avariya rejimida yozuv avtomatik tezlatiladigan asboblar ishlashining kuzatuvini korxonaning rahbariyati (elektr xo‘jaligiga javobgar) qarori bilan aniqlangan bo‘linmalarning navbatchisi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimi olib boradi.

  2. Elektr energiyasini o‘lchash va hisoblash vositalarining tashqi elementlari butunligi hamda tozaligiga ular o‘rnatilgan uskunaga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodim javob beradi.

Elektr energiyasini o‘lchash va hisoblash vositalari ishidagi barcha nosozliklar haqida xodim zudlik bilan korxonaning metrologik xizmati funksiyasini bajaruvchi bo‘linmasiga xabar berishi shart.

Qayd qiluvchi asboblarning normal yozuvini ta’minlash bo‘yicha ishlar bilan bog‘lanmagan elektr o‘lchash vositalarini ochishga faqat korxonaning metrologiya xizmati funksiyasini bajaruvchi bo‘linma xodimiga, ta’minlovchilar yoki iste’molchilar bilan hisob-kitob uchun o‘rnatilgan o‘lchov vositalarini esa bo‘linma xodimiga ularning vakillari

bilan birgalikda ruxsat beriladi.


  1. Ikkilamchi zanjirlariga elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan tok va kuchlanish o‘lchov transformatorlarini o‘rnatish va almashtirishni energiya bilan ta’minlovchi tashkilot ruxsati bilan ularni ekspluatatsiya qiluvchi korxona xodimlari bajaradi.

Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot va iste’molchilar o‘rtasida hisob-kitob o‘tkaziladigan elektr energiyasini hisobga olish asboblari energiya bilan ta’minlovchi tashkilot xodimlari, iste’molchi vakili ishtirokida almashtiriladi.

Elektr energiyasini hisobga olish asboblarini qiyoslashni “O‘zstandart” agentligi yoki u vakolat bergan metrologiya xizmati amalga oshiradi.



  1. Elektr energiyasini hisobga olish asboblari ishidagi barcha nuqsonlar va ishlamay qolishlar haqida iste’molchi-korxona zudlik bilan energiya bilan ta’minlovchi tashkilotni xabardor qilishga majbur.

  2. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot quyidagilarni plombalashi shart:

elektr energiyasining hisob-kitobini hisobga olish zanjirlarini, hisobga olish zanjirlarining oraliq klemmalarini, kuchlanish zanjirlarining avtomatik o‘lagichlarini;

tok transformatorlarini ikkilamchi cho‘lg‘amlarini shuntlash qisqichlari bilan sinash qutilarini va elektr energiyasini hisobga olish asboblarini almashtirish yoki qiyoslash uchun ular o‘chirib qo‘yilganda kuchlanish zanjirlarini ulangan joylarni;

elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan kuchlanish transformatorlarining yuqori kuchlanish tarafida saqlagichlar o‘rnatilgan kamerasi panjaralarini yoki eshiklarini;

elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan kuchlanish transformatorlari ajratgichlarining yuritma dastaklaridagi moslamalarni.

Elektr energiyasini hisobga olish asboblari ulangan kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi zanjirlarida saqlagichlarni, ularning butunligini signalli nazoratisiz o‘rnatish

man etiladi.



  1. Elektr o‘lchash vositalarini ekspluatatsiya qilish mazkur Qoidalarga 12-ilova talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

              1. Yüklə 0,98 Mb.

                Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin