O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə24/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatish havo tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar


  1. Mazkur Qoidalar korxonalarda ekspluatatsiya qilinayotgan kuchlanishi 1000 V dan 220 kV gacha bo‘lgan HTlar uchun taalluqlidir.

Qoidalar — ekspluatatsiya qilinishi maxsus qoidalar bilan belgilangan kontakt tarmoqlarining HT va boshqa maxsus havo tarmoqlari va inshootlariga taalluqli emas.

  1. HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona Elektr tarmoqlari xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalariga muvofiq belgilangan qo‘riqlash zonalarida ekspluatatsiya qilishning normal sharoitlarini, baxtsiz hodisalarni, yong‘inlarni bartaraf qilish va boshqalarni ta’minlaydi.

  2. HTni ekspluatatsiya qiluvchi korxona (qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlar boshlash muddati haqida xabar olganidan keyin) yerdan foydalanuvchilardan muhofaza zonasiga kiruvchi yer uchastkalarida HLning butligini ta’minlash, ekspluatatsiya qilishning normal sharoitlarini yaratish maqsadida Elektr tarmoqlari xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalariga qat’iy rioya qilishni talab qiladi.

  3. HT va tok o‘tkazgichlarni ko‘rikdan o‘tkazishda quyidagilarni tekshirish zarur:

trassaning yong‘inga qarshi holatini: HTning muhofaza zonasida begona predmetlar, qurilishlar, pichan g‘aramlari, taxlangan yog‘ochlar, tarmoqqa qulashi mumkin bo‘lgan

yoki simlarga xavfli yaqinlashgan daraxtlar, yonuvchan matariallar saqlanishi, gulxanlarni bo‘lmasligini; HTni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot va egasining yozma ruxsatisiz ularning muhofaza zonasida ishlar bajarilmasligi shart;

poydevor, qo‘shilgan (ulangan) moslamalarning holatini: poydevor atrofida tuproq o‘tirib qolgan yoki qavargan bo‘lmasligi, poydevorda (qo‘shilgan moslamalarda) yoriqlar va shkastlanishlar bo‘lmasligi kerak; yetarli darajada chuqurlikda bo‘lishi shart;

tayanchlarning holatini: ularning og‘ishlari yoki tuproqda siljishlari, yog‘och detallarning kuyganligi va parchalangan bo‘lmasligini, bandajlar, payvandlangan choklar, metall tayanchlardagi boltli va parchin mixli birikmalar yaxlitligi buzilmasligini, metall elementlarning uzilishlari, metall korroziyasi, temir-beton tayanchlarda yoriqlar va nosozliklar, ularda qush uyalari va boshqa begona predmetlar yo‘qligini, tayanchlarda plakatlar va xavfsizlik belgilari bo‘lishi kerak;

simlar va troslar holatini: alohida sim tolalarining uzilishlari va erigan joylari, simlarga va troslarga yerdan turib irg‘itib tashlangan sim bo‘laklari bo‘lmasligini, ular sozlangan buzilish, simlarning solqiligini va simlardan yergacha va obyektlargacha bo‘lgan masofaning ruxsat etilmagan o‘zgarishlarini, HT loyihasida ko‘zda tutilgan titrashlarni so‘ndiruvchi qurilmalar joylaridan siljiganligini;

tok o‘tkazgichlarning egiluvchan shinalari holatini: aylangan, ajralib ketgan va yorilgan simlar bo‘lmasligi shart;

izolyatorlar holatini: shtirli izolyatorlar singan, kuygan, yorilgan, kirlangan, sirlangan yuzalari shikastlangan, shtirga yoki ilgaklarga noto‘g‘ri o‘rnatilgan, himoya shoxlari shikastlangan bo‘lmasligi kerak; gaykalar, qulflar va shplintlar o‘z joyida bo‘lishi shart;

armatura holatini: unda yoriqlar, alohida detallar ishqalanib yemirilgan yoki deformatsiyalangan bo‘lmasligi shart;

razryadlagichlar, HTdagi kommutatsiya apparatlari, tushishlardagi kabellarning tugallovchi muftalari holatini: yerga ulovchi tushishlarni tayanchlarda va yer oldida buzilishlari va uzilishlari, yashindan himoya trossining yerga ulovchi tushish yoki tayanch tanasi bilan boltli birikmalaridagi kontaktlarni buzilishlari, yerga ulovchi qurilma elementlarining zanglashdan yemirilishlari bo‘lmasligi shart.



  1. Titrashdan simlarning shikastlanishlari aniqlanganda, HT to‘liq, simlarni ushlab turuvchi qisqichlardan chiqarib, tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Qisqichlardagi sim va trosslar holatini tanlab tekshirishni HTni o‘chirib yoki o‘chirmasdan (izolatsiyalovchi qurilmalardan) o‘tkazish mumkin.

  1. HTda profilaktik tekshiruvlar, o‘lchashlar va sinashlar elektr uskunalarni SQ va M da ko‘zda tutilgan hajmlarda va muddatlarda o‘tkaziladi.

  2. HT tayanchlari uchun yog‘ochni EQTQ talablariga qat’iy rioya qilgan holda qo‘llash

zarur.

  1. Ruxlanmagan metall tayanchlarni, temir-beton va yog‘och tayanchlarning metall

elementlarini, shuningdek, po‘lat trosslar va simlar tortqilarini zanglashga qarshi qoplamalari zarurat bo‘yicha tiklanadi.

  1. Tez ifloslanadigan HT va tok o‘tkazgichlar uchastkalarida maxsus yoki kuchaytirilgan izolatsiya qo‘llaniladi. Zarur bo‘lganda, izolatsiyani tozalash (yuvish), ifloslangan izolyatorlarni almashtirish amalga oshiriladi.

  2. HT tayanchlari detallari va boshqa elementlarini chiqitga chiqarishning ekspluatatsion ruxsatlari va me’yorlari Elektr uskunalarining SQ va M ga mos kelishi shart.

  3. Yuqori chastotali telemexanika va aloqa kanallari mavjud HLni ta’mirlashda ushbu kanallarni ishchi holatda saqlash maqsadida yerga ulash uchun ko‘chma yerga ulash

to‘siqlaridan foydalanish lozim.

  1. IV va o‘ta muzlash hududlardan, shuningdek, qattiq shamollar bilan bir paytda tez-tez muzlaydigan, qirovli va qattiq sovuqli II va III hududlardan o‘tadigan HT uchastkalarida muzni elektr toki bilan eritish amalga oshirilishi kerak.

Eritish usulini tanlash HTni ishlash sharoitlariga qarab aniqlanadi (tarmoq sxemasi, iste’molchi yuklamasi, muz hosil bo‘ladigan zona, tarmoqlarni o‘chirish mumkinligi va boshqalar).

  1. Yerga kichik tok bilan tutashishadigan elektr qurilmalarida yerga tutashish bartaraf qilinguncha, HLning yerga ulangan faza bilan ishlashiga ruxsat beriladi. Bu holda xodimlar buzilish joyini qisqa muddatlarda aniqlashi va bartaraf qilishi shart.

Generator kuchlanishida bir fazali yerga tutashuv rejimi 2 soat bilan cheklanadi.

Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga

    1. ILOVA

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin