O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


Ishlarni farmoyish bo‘yicha va joriy ekspluatatsiya tartibida bajarish



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə47/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

Ishlarni farmoyish bo‘yicha va joriy ekspluatatsiya tartibida bajarish


  1. Elektr qurilmalarida naryadsiz bajariladigan barcha ishlar:

  1. buning uchun vakolatli shaxslarning (mazkur Qoidalarning 60-bandi) farmoyishi bo‘yicha tezkor jurnalda rasmiylashtirgan holda;

  2. joriy ekspluatatsiya tartibida,keyinchalik tezkor jurnalga yozgan holda bajariladi.

  1. Ishni takrorlash yoki davom ettirish zarurati bo‘lsa, uning shart-sharoitlari yoki brigada tarkibi o‘zgargan taqdirda, farmoyish tezkor jurnalda rasmiylashtirilgan holda yangidan berilishi lozim.

  2. Farmoyish bo‘yicha quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:

  1. kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan davomiyligi bir smenadan ortiq bo‘lmagan ishlar;

  2. ishlab chiqarish zaruratidan kelib chiqqan holda, davomiyligi 1 soatgacha bo‘lgan ishlar;

v) kuchlanishi 1000 Vgacha bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish olingan holda, davomiyligi bir smenadan ortiq bo‘lmagan ishlar.

  1. Farmoyish bo‘yicha bajariladigan ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora- tadbirlar naryad bo‘yicha bajariladigan ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora- tadbirlar (mazkur Qoidalarning 53-bandi) bilan bir xil.

Farmoyish bo‘yicha bajarilishi ko‘zda tutilgan ishlar naryad beruvchi shaxsning ixtiyoriga ko‘ra naryad bo‘yicha bajarilishi mumkin.

  1. Farmoyish beruvchi shaxs ish bajaruvchini (kuzatuvchini) tayinlaydi. Ishlarni xavfsiz bajarish imkonini aniqlaydi hamda buning uchun kerakli texnik va tashkiliy chora- tadbirlarni ko‘rsatib beradi.

  2. Farmoyish uni beruvchi shaxs yoki uning bevosita yoki aloqa vositasi orqali bergan ko‘rsatmasi bo‘yicha tezkor xodim tomonidan tezkor jurnalga yoziladi. Tezkor xodimning

o‘zi bergan farmoyish ham tezkor jurnalga yoziladi.

Tezkor jurnalda farmoyish kim tomonidan berilganligi, ish joyi va mazmuni, xavfsizlik choralariga ko‘ra ish bajarilishining toifasi, tashkiliy va texnik chora-tadbirlar ro‘yxati, ishni bajarish vaqti, ish bajaruvchi (kuzatuvchi) va brigada a’zolarining familiyalari, ismi, otasining ismi, elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Farmoyish bo‘yicha ishlash jarayonida ushbu ishlarni bajarayotgan brigada tarkibini o‘zgartirish taqiqlanadi.



  1. Tezkor xodim ish bajaruvchiga farmoyishni ma’lum qiladi, ishning bajarilishiga tayyorligi tasdiqlanganidan so‘ng ish joyini tayyorlashga kirishadi (agar u talab etilsa) va tezkor jurnalga ishlarning xavfsiz amalga oshirilishini ta’minlash uchun bajarilgan barcha texnik chora-tadbirlarni yozib qo‘yadi.

  2. Ish bajaruvchi ishni boshlashdan avval ish joyini qabul qilib oladi va ishning boshlanish vaqtini ko‘rsatgan holda, farmoyishni ijroga qabul qilganligi to‘g‘risida tezkor jurnalga imzo qo‘yadi.

  3. Farmoyish bo‘yicha bir smena davomida kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlarga quyidagilar kiradi:

  1. xizmat xonalari va yo‘laklarni, YOTQlarni doimiy to‘siqlargacha, boshqaruv shchiti xonalarini, shu jumladan rele, o‘lchov va boshqa turli apparaturalar joylashgan panellar ortini tozalash;

  2. OTQ hududini obodonlashtirish va tozalash, o‘t o‘rish, yo‘l va yo‘lkalarni qordan tozalash, avtomashnalarni OTQ hududidan o‘tkazish, yuklarni tashish, tushirish, ortish va boshqalar;

v) kameralar va yacheykalardan tashqarida joylashgan yoritish apparaturasini (yoritish tarmog‘ining ishlar bajarilayotgan uchastkasidan kuchlanishni olgan holda) ta’mirlash va lampalarni almashtirish; telefon aloqasi apparaturasini ta’mirlash; elektr dvigatellarning cho‘tkalarini holatiga qarab turish va ularni almashtirish, elektr mashinalarining kollektor

va halqalari holatiga qarab turish, to‘siqlar va jihozlar qobig‘idagi yozuvlarni yangilash va hokazolar;

g) YOTQ binosining qurilish qismini va OTQ hududida joylashgan binolarni ta’mirlash, poydevor va portallarni, kabel kanallari bostirmasini, yo‘llar va devorlarni va shunga o‘xshashlarni ta’mirlash;


  1. ulash sxemasidan vaqtincha chiqarilgan transformator va boshqa uskunalarning quritilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sxemadan chiqarilgan uskunalardagi moyni tozalash va quritishda moy tozalovchi hamda boshqa yordamchi apparaturaga xizmat ko‘rsatish;

  2. havo qurituvchi filtrlarni tekshirish va ulardagi sorbentlarni almashtirish.

  1. Mazkur Qoidalarning 115-bandda ko‘rsatilgan ishlar elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan elektrotexnik xodim hisoblangan shaxs yakka o‘zi tomonidan bajarilishi mumkin.

Mazkur Qoidalarning 115-bandi:

“a” kichik bandi bo‘yicha ishlarni elektrotexnik xodimlardan bo‘lgan I guruhga ega bo‘lgan shaxslar;



“a” , “b” kichik bandlar bo‘yicha ishlarni joriy ekspluatatsiya tartibida tezkor xodimlar;

“g” kichik bandi bo‘yicha ishlarni tezkor xodimlar yoki elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega maxsus ajratilgan kuzatuvchining kuzatuvi ostida elektrotexnik bo‘lmagan xodimlar tomonidan bajarilishiga ruxsat etiladi.



  1. Farmoyish bo‘yicha bajariladigan ishlarga, shuningdek, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalaridagi o‘lchov asboblari, elektr energiyasini hisobga olish asboblari, aloqa, telemexanika, avtomatika, releli himoya qurilmalarini montaj qilish, tekshirish, rostlash, ta’mirlashga echib olish va o‘rnatish ishlari, kommutatsiya apparatlarning uzatmalarida, ikkilamchi zanjirlarida hamda masofadan va avtomatik boshqaruv sxemalarining elektr uzatmalari zanjirida bajariladigan quyidagi:

  1. kuchlanishi 1000 V dan yuqori tok o‘tkazuvchi qismlari bo‘lmagan xonalardagi;

  2. kuchlanishi 1000 V dan yuqori tok o‘tkazuvchi qismlari doimiy yaxlit yoki to‘rli to‘siqlar orqasida joylashgan xonalardagi, shuningdek, komplekt taqsimlash qurilmalari (keyingi o‘rinlarda — KTQ) va komplekt transformator podstansiyalarning (keyingi o‘rinlarda —

KTP) nazorat va o‘lchov asboblari o‘rnatilgan bo‘linmalaridagi;

v) 1000 Vdan yuqori kuchlanishli to‘silmagan tok o‘tkazuvchi qismlar 35 kV va ungacha bo‘lgan kuchlanishda o‘tish joyidan 2,75 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda, 110 kV kuchlanishda — 3,5 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda joylashganida, YOTQni boshqarish yo‘laklaridagi;

g) OTQning to‘rli to‘siq tashqarisiga chiqarilgan releli himoya shkaflaridagi, agregat shkaflari va o‘chirgichlar uzatmalaridagi ishlar kiradi.

Bunda kuchlanish zanjirini o‘chirib qo‘yish va tok zanjirlarini shuntlash imkonini beruvchi maxsus qisqichlar yoki sinov bloklari bilan jihozlanmagan o‘lchov transformatorlari orqali ulangan elektr o‘lchov asboblari va elektr energiyasini hisobga olish asboblari zanjirlaridagi ishlar naryad bo‘yicha bajariladi.



  1. Mazkur Qoidalarning 117-bandida ko‘rsatilgan ishlar elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruhga ega bo‘lgan tezkor xodimning yakka o‘zi tomonidan yoki ta’mirlash xodimlari

yoki ixtisoslashtirilgan xizmatlarning xodimlari hisoblangan kamida ikki shaxs tomonidan bajarilishi lozim. Ulardan bittasi elektr xavfsizligi bo‘yicha IV dan past bo‘lmagan guruhga, ikkinchisi esa elektr xavfsizligi bo‘yicha III dan past bo‘lmagan guruhga ega bo‘lishi kerak.

  1. Ishlab chiqarish zaruratiga ko‘ra, davomiyligi 1 soatgacha bo‘lgan rejadan tashqari quyidagi ishlarni tezkor (tezkor ta’mirlovchi) xodimlarga yoki ularning kuzatuvi ostida boshqa elektrotexnik xodimlarga farmoyish bo‘yicha bajarishga ruxsat etiladi:

  1. kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish olinib, yerga ulagichlar o‘rnatib bajariladigan ishlar. Bunday ishlarga alohida turgan elektr dvigatelga kabelni ulash va echib olish, saqlagichlarni almashtirish, kuch transformatorining shoxobchalarini qayta ulash, uskunalar va shinalarning ayrim kontaktlarini tozalash va tortib mahkamlash, moy to‘ldirilgan kirishlarga moy quyish va ulardagi sizib chiqishni bartaraf etish, alohida apparatlarga moy quyish ishlari kiradi.

Bu ishlar elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega tezkor xodimlar jumlasidan bo‘lgan kuzatuvchini qo‘shib hisoblanganda,kamida ikki kishi tomonidan bajariladi.

Ishga ijozat berishda, bunday ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, TQda ish joyini to‘sishdan tashqari barcha texnik tadbirlar bajarilishi shart, Bunda TQda ish joyini to‘sishni mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 15-bandi talablaridan chekingan holda bajarmasa



ham bo‘ladi;

  1. kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan, yerga ulagich o‘rnatilishini talab qilmaydigan ishlar. Bunday ishlarga: uskunalarning g‘ilofida bajariladigan ishlar, g‘ilof armaturasini tozalash va mayda ta’mirlash, transformatorlarning kengaytirgichlaridagi moy sathini ko‘rsatuvchi oynalarni va kuchlanish ostida bo‘lmagan o‘chirgich baklari va shunga o‘xshashlarni tozalash va mayda ta’mirlash, moyni tozalash va quritish uchun apparaturani ulash, elektr o‘lchov qisqichlari bilan o‘lchashlar, saqlagichlarni almashtirish, shtanga bilan kontaktlar qizishini tekshirish, shinalarning titrayotgan joylarini shtanga bilan aniqlash, fazalashtirish, izolyatorlarni va ulovchi qismalarda shtanga yordamida bir marta nazorat operatsiyasini bajarish, kuchlanishi 1000 V dan yuqori HLga o‘rnatilgan yuqori chastotali kanallarning ulama filtrlarini tekshirishdagi o‘lchashlar, agar uskunalarning tuzilishi bu ishlarni xavfsiz bajarish imkonini beradigan bo‘lsa, ularga moy quyish va tekshirish uchun moy olish va shunga o‘xshash ishlar kiradi. Bu ishlarni elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga

ega bo‘lgan tezkor xodim hisoblangan shaxsni qo‘shib hisoblaganda, kamida ikki kishi bajarishi shart. Bunda tezkor xodim ishlovchilar ustidan uzluksiz nazoratni amalga oshiradi. Ikkinchi shaxs kamida III guruhga ega bo‘lishi mumkin.

  1. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalaridan kuchlanish olinib, bir smena davomida farmoyish bo‘yicha bajariladigan ishlarga: magnitli ishga tushirgichlar, ishga tushirish tugmalari, avtomatik o‘chirgichlar, rubilniklar, reostatlar, kontaktorlar hamda shchit va yig‘ilmalardan tashqarida o‘rnatilgan shularga o‘xshash kommutatsiya apparatlarini ta’mirlash; alohida turgan elektr qabul qilgichlarni (elektr dvigatellarni, elektr kalorifyerlarni va shunga o‘xshash), alohida joylashgan magnit stansiyalar va boshqaruv bloklarini ta’mirlash; saqlagichlarni almashtirish; yoritish simlarini ta’mirlash ishlari, elektr ta’minoti bir tomonlama bo‘lgan elektr qurilmalarda bajariladigan ishlar kiradi.

Ko‘rsatilgan ishlarni, odatda ta’mirlash xodimlaridan ikki kishi bajarishi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga, ikkinchisi kamida II guruhga ega bo‘lishi lozim.

Alohida hollarda farmoyish beruvchining roziligi bilan ta’mirlovchi xodimlardan III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxsga ushbu ishlarni bajarishga ruxsat etiladi.



Ushbu bandda ko‘rsatilgan ishlar tezkor ta’mirlovchi xodimlar tomonidan joriy ekspluatatsiya tartibida amalga oshiriladi.

  1. Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) farmoyish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ruxsat olgan vaqtdan boshlab, brigada tarkibiga kiruvchi shaxslar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalarining rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi.

Ishlar tugallanganidan keyin ish bajaruvchi:

  1. ishlar kuchlanish olinib yoki kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajarilganda, brigadani ish joyidan chiqarib, tezkor xodimlar hisoblangan shaxs bilan birgalikda ish joyini tekshirib chiqishi va shundan so‘ng tezkor jurnalga imzo chekib, ish tugallanganini rasmiylashtirishi shart;

  2. ishlar kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajarilganda, ish joyini shaxsan ko‘rib chiqishi, brigadani chiqarishi va bajarilgan ishlar hajmi hamda ularning tugallangan vaqti to‘g‘risida tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxsga xabar berishi shart.

Ish bajaruvchining ushbu xabari tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxs tomonidan tezkor jurnalga ish tugalangan vaqtni ko‘rsatib yozib qo‘yilishi kerak.

  1. Farmoyish bo‘yicha bajarilgan ishlarning tugallangani to‘g‘risida tezkor xodim bevosita yoki aloqa vositalari orqali farmoyish bergan shaxsga ma’lum qiladi.

  2. Joriy ekspluatatsiya tartibida quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:

  1. mazkur Qoidalar 115-bandining “a”, “b”, “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan, kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlar;

  2. kuchlanish olinib,mazkur Qoidalarning 120-bandida ko‘rsatilgan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarda bajariladigan ishlar.

  1. Shuningdek, joriy ekspluatatsiya tartibida korxona hududida, yashash va xizmat xonalari, omborlar, ustaxonalar va shunga o‘xshash joylardagi tashqi va ichki yoritish qurilmalariga nominal toki 20 A gacha himoya apparatlari bilan jihozlangan guruh

liniyalariga ulangan elektr qabul qilgichlarga maxsus biriktirilgan xodimlar tomonidan xizmat ko‘rsatish ish joyi, ishning boshlanishi va tugallanishi haqida tezkor xodimlarni xabardor etib, u esa bu haqida tezkor jurnalga tegishli yozuv kiritib, amalga oshirilishi mumkin.

  1. Elektr qurilmalarida joriy ekspluatatsiya tartibida bajariladigan ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:

  1. elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan mazkur Qoidalar 115-bandining “a”, “b”, “v” kichik bandlari va 120-bandida belgilangan va mahalliy sharoitlarga qarab to‘ldirilgan ishlar ro‘yxati tuzilishi va uni korxona bosh muhandisi (rahbari) tomonidan tasdiqlanishi;

  2. ish bajaruvchi tomonidan aniq ish bajarilishi zarurati va uning xavfsiz bajarilishi imkoniyati aniqlanishi.

  1. Mazkur Qoidalarning 125-bandiga muvofiq ro‘yxatga kiritilgan ishlar turlari doimo ruxsat etilgan va yana qo‘shimcha farmoyishlar rasmiylashtirilishini talab qilmaydigan ishlar bo‘lib hisoblanadi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin