O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


Ishni tugatish, ish joyini topshirish va qabul qilib olish. Naryadni yopish va uskunalarni tarmoqqa ulash



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə46/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

Ishni tugatish, ish joyini topshirish va qabul qilib olish. Naryadni yopish va uskunalarni tarmoqqa ulash


  1. Ish to‘liq tugallanganidan so‘ng ish joyi tartibga keltiriladi va javobgar rahbar tomonidan qabul qilib olinadi. Ish bajaruvchi brigadani ish joyidan chiqarganidan so‘ng

ish tugallangani haqida naryadga imzo chekadi va uni tezkor xodimga topshiradi yoki u bo‘lmagan taqdirda amaldagi naryadlar jildida qoldiradi.

Agar javobgar rahbar tayinlanmagan bo‘lsa, ish bajaruvchi naryadni tezkor xodimlarga topshiradi.



  1. Naryadning yopilishi tezkor jurnalda tegishli yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Naryad faqat tezkor xodimlar tomonidan ish joyi va qurilma ko‘rikdan o‘tkazilib, begona jismlar, asbob-uskunalar, odamlar yo‘qligi tekshirilgandan va tegishli tozalik ta’minlangandan keyingina yopilishi mumkin.

Bir ulanmada bir nechta brigada ish bajarganda, bir brigadaning ishi tugallanganini naryadda “Yerga ulagichlar -son naryad bo‘yicha bajarilayotgan ishlar uchun qoldirildi” deb ko‘rsatib, naryadni to‘liq yopish mumkin.

  1. Naryadni yopish, quyidagi ketma-ketlikdagi ishlar bajarilgandan:

  1. vaqtincha to‘siqlar olib tashlangan va “Shu yerda ishlansin!”, “Shu yerdan chiqilsin!” plakatlari olinganidan;

  2. amaldagi hisobga olish tartibiga muvofiq tekshirgan holda yerga ulagichlar olingandan, mazkur Qoidalarning 103-bandida ko‘rsatilgan holat bundan istisno;

v) doimiy to‘siqlar o‘z o‘rniga o‘rnatilganidan va ish boshlanishidan avval osilgan plakatlar olib qo‘yilgandan keyin amalga oshiriladi.

Ta’mirlangan uskunalar izolatsiyasini bevosita ulashdan oldin tekshirishni, agar bunga zarurat bo‘lgan bo‘lsa, vaqtincha to‘siqlar va ogohlantiruvchi plakatlar olinishidan avval, ko‘chma yerga ulagichlar olingan zahotiyoq amalga oshiriladi.

Uskuna naryad yopilgandan keyin ulanishi mumkin.

Agar o‘chirilgan ulanmada ishlar bir nechta naryad bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lsa, u faqat barcha naryadlar yopilgandan keyingina ishga tushirilishi mumkin.



  1. Naryadning amal qilish muddati 5 sutkagacha belgilanadi, mazkur Qoidalarga 8- ilovaning 7-bandida ko‘rsatilgan ishlar bundan istisno. Ishdagi tanaffuslarda, agar bu vaqt ichida sxemalar tiklanmagan va ishni bajarish sharoitlari o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, naryad amalda hisoblanadi.

Naryad uzaytirilgan kundan boshlab 5 kalendar kunidan oshmagan muddatga bir marta uzaytirilishi mumkin.

  1. Naryadlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi ustidan nazorat uni beruvchi shaxslar va rahbar elektrotexnik xodimlar hisoblangan shaxslar tomonidan, davriy ravishda tanlov asosida tekshiruv yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin