O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


-§. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va elektr uzatish kabel liniyalarida ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə52/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

1-§. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va elektr uzatish kabel liniyalarida ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar


  1. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori kabel liniyalari (keyingi o‘rinlarda — KL) va podstansiya elektr qurilmalarida naryad bo‘yicha quyidagi ishlar bajarilishi shart:

Kuchlanish olinganda;

kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlar va ularning yaqinida;

kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda, vaqtincha to‘siqlar o‘rnatish talab etiladigan;

TQda ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarini qo‘llab amalga oshiriladigan

Kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan boshqa ishlar, shu jumladan: komplekt taqsimlash qurilmalari (keyingi o‘rinlarda — KTQ) va tashqarida o‘rnatilgan komplekt taqsimlash qurilmasidagi (keyingi o‘rinlarda — TKTQ), shkafning eshiklari va to‘siqlari yopilgan bo‘lishi sharti bilan aravachalarda shkaflardan tortib chiqarilgan uskunalardagi; kommutatsiya apparatlarining uzatmalari va agregat shkafidagi, ikkilamchi zanjirlar, releli himoya, avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalaridagi ishlar farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.



  1. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan TQ, taqsimlash shchitlari, yig‘malarning yig‘ma shinalarida, shuningdek, ushbu qurilmalarning ular orqali yig‘ma shinalarga kuchlanish uzatilishi mumkin bo‘lgan ulanmalaridagi ishlar naryad bo‘yicha bajarilishi kerak. Boshi

berk ulanmalardagi ishlarni farmoyish bo‘yicha bajarishga ruxsat etiladi.

  1. Podstansiyalarning elektr qurilmalari va KLda, ularning barcha tok o‘tkazuvchi qismlaridan, shu jumladan HL va KL chiqishlaridan kuchlanishni olgan holda, qo‘shni (kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan yig‘ma va shchitlar kuchlanish ostida qolishi mumkin) elektr qurilmalariga kirish joyi qulflangan bo‘lishi sharti bilan ishlar bajarilganida, barcha ulanmalarda bir vaqtda ishlash uchun bitta naryad berilishiga ruxsat etiladi.

  2. Yakka tizimli shina va seksiyalar soni qancha bo‘lishidan qat’i nazar, 10 kV gacha bo‘lgan TQda seksiyani ta’mirlashga chiqarishda, shinalar va ushbu seksiyaning barcha yoki bir

qism ulanmalaridagi ishlarga bitta naryad berishga ruxsat etiladi. Seksiyaning barcha ish joylariga ishlashga bir vaqtda ijozat berilishi mumkin; brigadani ushbu seksiya chegarasida turli ish joylarida tarqalib joylashtirishga ruxsat etiladi.

Naryadlar bo‘yicha ish to‘la tugallanmaguncha seksiyaning biron-bir ulanmasini kuchlanish ostida tekshirib ko‘rish yoki uni ulash uchun tayyorlash taqiqlanadi.



  1. Quyidagi hollarda brigadani turli ish joylariga tarqatib, bir ish joyidan boshqa ish joyiga ko‘chirishni rasmiylashtirmasdan, bir yoki bir necha ulanmalarda bir vaqtda yoki navbatma-navbat bajariladigan ishlar uchun bitta naryad berishga ruxsat etiladi:

nazorat va kuch kabellarini o‘tkazishda va ko‘chirib o‘tkazishda, uskunalarni sinashda, himoya, avtomatika, blokirovka hamda shunga o‘xshash qurilmalarni tekshirishda;

uzatmalari boshqa xonada joylashtirilgan kommutatsiya apparatlarini ta’mirlashda; kotlovan, xandaq, quduq, kollektor, tunnellardagi ayrim kabelni ta’mirlashda;



ish joylarining joylashishi ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) brigada ustidan nazoratni o‘rnatish imkoniyatini beradigan ikki kotlovanda va kotlovanga yaqin joylashgan YOTQda bajariladigan alohida bir kabelni ta’mirlash ishlarida.


  1. Ishlar mazkur Qoidaga 8-ilovaning 4-5-bandlariga muvofiq bajarilganda, barcha ish joylari ishga ijozat berishdan oldin tayyorlab qo‘yilishi lozim. Brigada turli ish joylariga tarqatib ishlaganda, brigada a’zolaridan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lganlardan bittasi yoki bir nechtasi ish bajaruvchidan alohida turishiga ruxsat etiladi; bunda ish bajaruvchi, undan alohida joylashtirilishi kerak bo‘lgan brigada a’zolarini ish joylariga boshlab borishi va ishlar xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berishi shart.

  2. Tezkor chiqish brigadaga bir necha podstansiyalarda, har bir podstansiyaning bir yoki bir necha ulanmalarida, bir xil turdagi ekspluatatsiya ishlarini navbati bilan bajarish uchun bitta naryad berishga ruxsat etiladi.

Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: izolatsiyani tozalash, qisqichlarni tortib mahkamlash, moyni tahlilga olish va moy quyib to‘ldirish, transformatorlarning shoxobchalarini qayta ulash, releli himoya, avtomatika, o‘lchov asboblari qurilmalarini tekshirish, chet manbadan yuqori kuchlanish bilan sinash, izolyatorlarni o‘lchov shtangasi bilan tekshirib ko‘rish va shunga o‘xshash ishlar. Bunday naryadlarni amal qilish muddati 1 sutka.

Har bir podstansiya va har bir ulanmada ishga ijozat berish mazkur Qoidalarga 6-ilovada keltirilgan naryadning “Kundalik ishlashga ijozat berish va uning tugashi” 3-jadvalida rasmiylashtirilishi lozim. Ishlar mazkur Qoidalarga 8-ilovaning 3-bandiga muvofiq bajariladigan podstansiyalard ishga ijozat berish barcha ulanmalar uchun bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin, lekin ushbu podstansiyadagi barcha ishlar to‘liq tugallanmaguncha ularni birontasini ham ulashga tayyorlash taqiqlanadi.

Podstansiyalarning har birini mazkur naryad bo‘yicha ishlar to‘liq tugallanganidan so‘ng ulashga ruxsat beriladi.


  1. TQ ichida joylashgan aloqa qurilmalaridagi ishlar TQga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan beriladigan naryadlar bo‘yicha amalga oshirilishi shart. Ishga ijozat berish ushbu xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin