O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


-§. Elektr uzatish havo liniyalarida ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora- tadbirlar



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə53/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

2-§. Elektr uzatish havo liniyalarida ishlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora- tadbirlar


  1. HLda naryad bo‘yicha quyidagi ishlar bajarilishi lozim:

kuchlanish olinganda, shu jumladan ikki tayanch oraliqlari kesishgan joylarda, ilashgan kuchlanish zonasida, shuningdek, tarmoqdan uzilgan ko‘p zanjirli 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLda simlarni montaj qilish va almashtirish bo‘yicha;

kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida ;



kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda: odam oyog‘i ostidan hisoblaganda yer sirtidan 3 metrdan yuqori balandlikda; tayanchning konstruktiv qismlarini bo‘laklab; tayanch oyog‘ini 0,5 metrdan ko‘p chuqurlikda kavlab ;

qo‘riqlash maydonida, HL trassasini tozalashda kesilayotgan daraxtlarning simga tushishining oldini olish choralarini ko‘rish talab etilgan hollarda; 0,4 — 10 kV HL trassasini tozalashda shox-butalarni kesishda, ularning simlarga tushishi yoki ularni kesish bilan bog‘liq ravishda odamlarni simlarga xavfli masofaga yaqinlashishida, yuk ko‘taruvchi mashina va mexanizmlarni qo‘llab bajaraladigan ishlar. HLdagi qolgan barcha ishlar farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.



  1. Har bir HLga, ko‘p zanjirli liniyalarda esa uning har bir zanjiriga alohida naryad beriladi, bitta naryad berishga ruxsat etilgan quyidagi hollar bundan mustasno:

ko‘p zanjirli liniyaning bir necha zanjirlarida kuchlanish olinganda va kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlar;

kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bir nechta HLda bajariladigan bir turdagi ishlar;



HLlarning kesishgan joylaridagi ishlar; kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HLlarda bir liniyadan boshqasiga o‘tishni rasmiylashtirib, navbatma-navbat bajariladigan ishlar.

  1. Ta’mirlanayotgan liniyadan kuchlanish olinganda bajariladigan ishlarga berilgan naryadda uni kesib o‘tgan qaysi liniya uzilishi mazkur Qoidalarning 46-bandiga va yerga ulanishi mazkur Qoidalarga 9-ilovaga muvofiq yerga ulagich o‘rnatilishi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Agar ishlarni bajarish sharoitlariga ko‘ra ta’mirlanayotgan liniya yaqinidan o‘tayotgan liniyani o‘chirish talab qilinadigan bo‘lsa, naryadda ta’mirlanayotgan HLga tegishli xuddi shunday ko‘rsatma kiritilishi lozim. Bunday hollarda ta’mirlanayotgan liniyani kesib o‘tuvchi yoki uning yaqinidan o‘tayotgan liniyaga yerga ulagich o‘rnatish ishga ijozat berishdan oldin amalga oshirilishi kerak hamda ishlar to‘liq tugallanishiga qadar ulardan yerga ulagichlarni olish taqiqlanadi.

  2. Ish kuni tamom bo‘lishi sababli ishdagi tanaffuslarda ish joylariga o‘rnatilgan yerga ulagichlar olinmaydi. Kelgusi kun ishni boshlashda qoldirilgan yerga ulagichlarning butligi va mustahkam ulanganligi tekshirilganidan keyingina brigadani ishlashiga ijozat beriladi.

Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga

9-ILOVA


  1. Kuchlanish olinib bajariladigan ishlar uchun ish joyini tayyorlash bo‘yicha quyidagi texnik chora-tadbirlar ko‘rsatilgan tartibda bajarilishi shart:

  1. zarur o‘chirishlarni amalga oshirish va ish joyiga kommutatsiya apparaturasining yanglishib yoki o‘z-o‘zidan ulanib qolishi oqibatida kuchlanish berilishini istisno etuvchi choralarni ko‘rish;

  2. qo‘lda boshqariladigan uzatmalarga va masofadan boshqariladigan kommutatsiya apparatlarining kalitlariga taqiqlovchi plakatlarni osib qo‘yish;

v) odamlarni elektr tokidan jarohatlanishdan himoya qilish uchun yerga ulanishi zarur bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarda kuchlanish yo‘qligini tekshirish;

g) yerga ulagichni o‘rnatish (erga ulagich pichoqlarini ulash, ular bo‘lmagan taqdirda, ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatish);

d) ogohlantiruvchi va ko‘rsatma beruvchi plakatlarni osib qo‘yish, zarur bo‘lgan taqdirda, ish joyini va kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismlarni to‘sish. Mahalliy sharoitlarga qarab tok o‘tkazuvchi qismlar, yerga ulagichlar o‘rnatilishidan oldin yoki keyin to‘siqlar bilan ajratib qo‘yiladi.

Elektr qurilmalariga smenada ikki va undan ko‘p shaxs tomonidan tezkor xizmat ko‘rsatilganda, ushbu bandda qayd etilgan tadbirlar ikki kishi tomonidan bajarilishi kerak.



Elektr qurilmalariga bitta shaxs tomonidan xizmat ko‘rsatilgan taqdirda, ularni bir kishi bajarishi mumkin, kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida ko‘chma yerga ulagichni o‘rnatish (mazkur Qoidalarga 9-ilova 37-bandi) va ajratkichlari noto‘g‘ri harakatlardan blokirovkalash qurilmalariga ega bo‘lmagan kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarning ikki va undan ko‘p ulanmalaridagi almashlab ulashlarni bajarish ishlari bundan mustasno.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin