O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


-§. Kuchlanish yo‘qligini tekshirish



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə56/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

3-§. Kuchlanish yo‘qligini tekshirish


  1. Elektr qurilmalaridagi kuchlanish olinganda bajariladigan barcha turdagi ishlarni boshlashdan oldin ishlanadigan uchastkada kuchlanish yo‘qligini tekshirish zarur. Elektr qurilmasining ishlash uchun uzilgan qismida kuchlanish yo‘qligini tekshirish taqiqlovchi plakatlar osilganligidan keyin ijozat beruvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim.

  2. Elektr qurilmasida kuchlanishning yo‘qligi foydalanishdan oldin soz holatda ekanligi maxsus asboblar orqali yoki yaqinda joylashgan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqinlashtirib aniqlangan, zavodda ishlab chiqarilgan kuchlanish ko‘rsatkichi yordamida tekshirilishi kerak.

Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish ko‘rsatkichidan dielektrik qo‘lqoplarda foydalanish zarur.

Kuchlanish ko‘rsatkichining yaroqli ekanligini ish joyida tekshirib ko‘rish uchun yaqin orada avvaldan kuchlanish ostida turgan tok o‘tkazuvchi qismlar yoki boshqa imkoni bo‘lmagan taqdirda, uni boshqa elektr qurilmasida avvaldan tekshirib qo‘yishga ruxsat etiladi.

Agar bunday yo‘l bilan tekshirib qo‘rilgan kuchlanish ko‘rsatkichi tushirib yuborilgan yoki zarbaga (qattiq silkinishga) uchragan bo‘lsa, uni qayta tekshirmasdan turib qo‘llash taqiqlanadi.

Uzilgan uskunalarda kuchlanish yo‘qligini barcha fazalarda, o‘chirgich va ajratkichda esa oltita kirish qisqichlarining barchasida tekshirish kerak.

Agar ish joyidagi elektr zanjirida uzilish bo‘lsa, kuchlanish yo‘qligi uzilgan joyning ikkala tarafidagi tok o‘tkazuvchi qismlarda tekshiriladi.

Doimiy to‘siqlar bevosita kuchlanish yo‘qligini tekshirishdan oldin ochilishi yoki olinishi kerak.



  1. Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida kuchlanish yo‘qligini tekshirish uchun, shuningdek, izolatsiyalovchi shtangadan ham foydalanish mumkin, buning uchun uni tok o‘tkazuvchi qismlarga bir necha marta tekkizib ko‘rish lozim, bunda chirsillash va uchqun chiqmasligi kuchlanish yo‘qligidan dalolat beradi.

Kuchlanishi 220 kV gacha bo‘lgan OTQda kuchlanish yo‘qligini kuchlanish ko‘rsatkichi yoki shtanga bilan faqat quruq ob-havo sharoitida tekshirishga ruxsat etiladi. Nam ob-

havo sharoitida kuchlanish yo‘qligini mavjud sxemani sinchiklab kuzatish orqali tekshirishga ruxsat etiladi. Bunday hollarda chiqib ketayotgan liniyada kuchlanish yo‘qligi tezkor xodim yoki dispetcher tomonidan tasdiqlanadi.

Agar sxemani tekshirishda, shinalarda yoki uskunalarda kuchlanish borligini tasdiqlovchi tojlanish yoki liniya ajratkichlarini uzish paytida uning kontaktlari orasida liniyada kuchlanish borligidan darak beruvchi uchqun chiqayotganligi aniqlansa, sxemani qaytadan tekshirib chiqish va liniyaning holati to‘g‘risidagi mulohazalarni tezkor xodimga

yoki dispetcherga yetkazish zarur.

Barcha kuchlanishdagi KTP va TKTQda kuchlanish yo‘qligini turli ob-havo sharoitida foydalanishga mo‘ljallangan maxsus ko‘rsatkich bo‘lmagan hollarda, nam ob-havo sharoitida mavjud sxema bo‘ylab sinchiklab kuzatish yo‘li bilan tekshirib ko‘rishga ruxsat etiladi.

Mavjud sxema bo‘ylab kuzatish paytida HL va KL kirishlarida kuchlanish yo‘qligi ushbu liniya tezkor boshqaruvi ostida bo‘lgan xodimlar tomonidan tasdiqlanadi.

HLlarda sxema bo‘ylab joyida kuzatish uning yo‘nalishini va tashqi belgilarini tekshirishdan, shuningdek, tayanchdagi belgilarni liniyalarning dispetcherlik nomlariga muvofiqligini tekshirishdan iborat.



  1. 6 — 20 kV kuchlanishli HLning yog‘och va temir beton tayanchlarida hamda teleskopik minora ustida ishlanganda, sig‘im toki oqishi prinsipiga asoslangan kuchlanish ko‘rsatkichi bilan kuchlanish yo‘qligini tekshirishda uning yetarlicha sezgirligi ta’minlanishi shart. Buning uchun ko‘rsatkichning ishchi qismining ko‘ndalang kesimi 4

mm2 dan kam bo‘lmagan sim bilan yerga ulanishi kerak.

  1. Simlari turli sathlarda osilgan HLlarda kuchlanish yo‘qligini kuchlanish ko‘rsatkichi yoki shtanga bilan tekshirish va yerga ulagichlarni o‘rnatish, eng pastki simdan boshlab, pastdan yuqoriga qaratib amalga oshirilishi lozim. Gorizontal osilgan simlarda esa tekshirishni eng yaqin joylashgan simdan boshlash kerak.

  2. 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida kuchlanish yo‘qligi ham fazalar orasida, ham har bir faza bilan uskunaning yerga ulangan korpusi yoki yerga ulanadigan (nol simi)

simi orasida tekshirilishi kerak. Avvaldan tekshirilgan voltmetrni qo‘llashga ruxsat etiladi. Nazorat lampalarini qo‘llash taqiqlanadi.

  1. Apparatlar, blokirovka qurilmalari, doimiy ulangan vol’tmetrlar va boshqa moslamalarning o‘chganlik holati haqida signal beruvchi qurilmalar faqat qo‘shimcha vositalar bo‘lib hisoblanadi va ularning ko‘rsatkichlari yoki harakatlariga asoslanib kuchlanish yo‘qligi haqida xulosa chiqarish mumkin emas.

Signal beruvchi qurilmalarning kuchlanish borligini ko‘rsatishi ushbu qurilmaga yaqinlashish mumkin emasligidan dalolat beradi.

  1. Podstansiyalarning elektr qurilmalarida va TQda kuchlanish yo‘qligini kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida tezkor yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, 1000 V gacha qurilmalarda kamida III guruhga ega bulgan shaxsning yakka o‘zi tekshirishiga ruxsat etiladi.

HLlarda kuchlanish yo‘qligini tekshirishni kuchlanishi 1000 V dan yuqori HLda kamida IV va III guruhga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HLda — III guruhga ega bo‘lgan ikki shaxslar amalga oshirishlari kerak.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin