O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


-§. Podstansiyalarning elektr qurilmalarida va taqsimlash qurilmalarida tok o‘tkazuvchi qismlarni yerga ulash



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə58/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

5-§. Podstansiyalarning elektr qurilmalarida va taqsimlash qurilmalarida tok o‘tkazuvchi qismlarni yerga ulash


  1. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida ish olib borish uchun uzilgan uchastkaga qaysi tomondan kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan barcha fazalarga, qutblarga yerga ulagich o‘rnatilishi shart. Ishlarni bajarish uchun uzilgan yig‘ma shinalar bundan mustasno, ularga bitta yerga ulagichni o‘rnatish yetarlidir.

TQda ishlanganda, ushbu qurilmani ta’minlovchi liniyaning qarama-qarshi uchlarida yerga ulagichni o‘rnatish talab etilmaydi. Bunda ishlarni bajarish jarayonida yerga ulagichni olib ishlash zarur bo‘lgan hollar bundan mustasno.

O‘rnatilgan yerga ulagichlar bevosita ishlar bajarilayotgan tok o‘tkazuvchi qismlardan o‘chirgichlar, ajratkichlar, bo‘lgichlar yoki yuklama o‘chirgichlarining o‘chirilishi, saqlagichlarning olib qo‘yilishi, shinalar yoki simlarning demontaj qilinishi bilan ajratilishi mumkin.



  1. Bevosita ish joyidagi tok o‘tkazuvchi qismlarda ushbu qismlar tokdan jarohatlanishga olib keladigan ilashgan kuchlanish (potensial) ostida qolishi mumkin bo‘lsa yoki ularga begona manbadan (payvandlash apparati, yoritish tarmoqlari va shunga o‘xshash) kuchlanishi 42 V o‘zgaruvchan va 110 V o‘zgarmas tok berilishi ehtimoli bo‘lsa, qo‘shimcha yerga ulagichlar o‘rnatilishi lozim.

  2. Tok o‘tkazuvchi qismlarga o‘rnatilgan ko‘chma yerga ulagichlar ko‘zga ko‘rinadigan uzilish bilan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratib qo‘yilishi lozim. Yerga ulagichlar bo‘yoqdan tozalangan joyga o‘rnatilishi kerak.

  3. YOTQda ko‘chma yerga ulagichlar tok o‘tkazuvchi qismlarning ulash uchun belgilangan joylariga o‘rnatilishi kerak. Bu joylar bo‘yoqdan tozalanib, qora qalin chiziq

bilan belgilab qo‘yiladi.

YOTQ va OTQdagi ko‘chma yerga ulagichlarni yerga ulash magistraliga yoki yerga ulangan konstruksiyalarga ulash joylari bo‘yoqdan tozalangan va mahkamlash uchun moslashgan bo‘lishi lozim.



  1. Yerga ulagichni o‘rnatishning imkoni bo‘lmasa yoki konstruksiyasiga ko‘ra o‘rnatish xavfli bo‘lgan elektr qurilmalarida (masalan, ayrim taqsimlovchi qutilarda, alohida turdagi KTQda) yanglishib ish joyiga kuchlanish berilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ish joyini tayyorlashda qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilishi shart. Ushbu choralarga: o‘chirilgan apparatlar va uzatmalarni qulflab qo‘yish; ajratkichlar, rubilniklar, avtomat va boshqalarning yuqori kontaktlarini yoki pichoqlarini rezinali qalpoq yoki izolatsiya materialidan yasalgan qattiq to‘shama bilan to‘sish; kommutatsiya apparati bilan ketma-

ket ulangan saqlagichlarni olib qo‘yish va boshqalar kiradi.

Bu texnik chora-tadbirlar ekspluatatsiyaga oid mahalliy yo‘riqnomada ko‘rsatilishi shart.

Ko‘rsatilgan qo‘shimcha choralarni bajarish imkoni bo‘lmagan taqdirda, bevosita ish joyiga TQning, shchitning, yig‘maning ta’minlovchi liniyaning uchlari tarmoqdan uzilishi shart.

Bunday elektr qurilmalarining ro‘yxati elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs tomonidan aniqlanadi va tasdiqlanadi.



  1. Ushbu qurilmada elektr maydon ta’sirida kuchlanish paydo bo‘lmaslik sharti bilan va begona manbadan yoki teskari transformatsiya yo‘li bilan bu qurilmaga kuchlanish berilishi mumkin bo‘lgan simlar, kabellar va shinalar barcha tarafdan ajratib qo‘yilgan hollarda, ushbu elektr qurilmalarida ishlarni bajarishda yerga ulagich o‘rnatish talab etilmaydi. Ajratilgan kabellarning uchlari bunday hollarda bir-biri bilan qisqa tutashtirilgan va yerga ulangan bo‘lishi shart.

  2. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida TQning, shchitlarning yig‘ma shinalarida va ushbu shinalarning yig‘malarida (izolatsiya bilan qoplangan simlardan yasalgan shinalardan tashqari) kuchlanish olinib ishlanganda, bu shinalarga yerga ulagich o‘rnatilishi kerak. Ushbu TQ, shchitlar, yig‘malarning ulanmalariga va ulardan ta’minlanuvchi uskunalarga yerga ulagich o‘rnatish zarurati va imkoni naryad, farmoyish beruvchi shaxs tomonidan belgilanadi (mazkur Qoidalarning 60-bandi).

  3. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida:

erga ulovchi pichoqlarni tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan kamida IV guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs yakka o‘zi bajarishiga ruxsat etiladi;

ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatish elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV va III guruhga ega bo‘lgan tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan ikki shaxs tomonidan bajarilishi kerak. Kamida III guruhga ega bo‘lgan ikkinchi shaxs ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lishi va u elektr qurilmasining sxemasi bilan tanishib chiqqan hamda yo‘l- yo‘riq olgan bo‘lishi kerak;

erga ulovchi pichoqlarni uzish va ko‘chma yerga ulagichni olish tezkor yoki tezkor- ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan kamida III guruhga ega bitta shaxs tomonidan bajarilishi mumkin.


  1. 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida yerga ulagichni o‘rnatish va olib tashlash bo‘yicha barcha operatsiyalarni tezkor yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan

bo‘lgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs bajarishiga ruxsat etiladi.

  1. Agar bajarilayotgan ishning xususiyatiga ko‘ra talab etilsa (masalan, izolatsiya qarshiligini o‘lchash va shunga o‘xshash), ish joyini tayyorlash vaqtida o‘rnatilgan yerga ulagichlarni vaqtincha olib turishga ruxsat etiladi. Bunda ish joyi mazkur Qoidalarning talablariga to‘la mos ravishda tayyorlanishi kerak va faqat ishni bajarish vaqtida xalaqit berishi mumkin bo‘lgan yerga ulagichlar olib qo‘yiladi.

Yerga ulagichlarni vaqtincha olib turish va qayta o‘rnatish tezkor xodim yoki uning kuzatuvi ostida elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan brigada a’zosi tomonidan bajariladi.

Mahalliy tezkor xodimlari bo‘lmagan kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida yerga ulagichni vaqtincha olib turish va qayta o‘rnatish ijozat beruvchi shaxs bo‘lmagan hollarda javobgar rahbar yoki ish bajaruvchi, yoki uning kuzatuvi ostida kamida III guruhga ega bo‘lgan brigada a’zosi tomonidan bajarilishi mumkin.

Naryadni topshirish paytida yerga ulagichni vaqtincha olib turishga ruxsat, uning “Alohida ko‘rsatmalar” satrida bu operatsiya qayerda va qaysi maqsadlar uchun talab qilinishi to‘g‘risida yozib qo‘yiladi.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin