O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


-§. Muftalarni ochish va kabelni kesish



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə66/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

3-§. Muftalarni ochish va kabelni kesish


  1. Muftalarni ochishdan yoki kabelni kesishdan oldin ta’mirlanishi kerak bo‘lgan kabel haqiqatan ham shu ekanligiga, ish bajarish uchun u uzib qo‘yilganligiga va unda ishlashga ijozat berish uchun kerakli barcha texnik tadbirlar bajarilganligiga ishonch hosil qilish kerak.

  2. Ish joyida ta’mirlanishi zarur bo‘lgan kabel quyidagicha aniqlanishi kerak:

kabel tunnel, kollektor, kanal ichidan imorat devorlari bo‘ylab o‘tkazilgan bo‘lsa — uni trassa bo‘ylab kuzatish bilan, chizma va sxemalar bo‘yicha kabellarning joylashish tartibini solishtirish va kabellardagi yorliqlarni tekshirish orqali;

kabel yer ichidan o‘tkazilgan bo‘lsa — ularning yerdagi joylashishini sxemada ko‘rsatilgan holatlarini solishtirish orqali. Buning uchun oldindan kabel to‘plamidagi barcha kabellar ko‘zga ko‘rinadigan qilib, kabel to‘plamiga ko‘ndalang bo‘lgan nazorat handag‘i (shurf) qazilishi kerak.



  1. Ta’mirlanishi zarur bo‘lgan kabelni ishonch bilan aniqlab bo‘lmagan hollarda, kiydirma ramkasi bo‘lgan kabel qidiruvchi apparat qo‘llanilishi kerak.

  2. Kabel liniyalarida kabelni kesishdan yoki ulovchi muftani ochishdan oldin maxsus po‘lat ignali yoki kesuvchi uchli izolatsiyalovchi shtangali moslama yordamida kuchlanish yo‘qligini tekshirish zarur. Moslama yordamida kabelning zirhi va qobig‘ini tok o‘tkazuvchi fazalarigacha teshish yoki kesish, bir-biriga qisqa tutashtirib, uning yerga ulanishini ta’minlash lozim. Kabelning teshiladigan joyi ustiga oldindan berkituvchi ekran o‘rnatilishi kerak. Tunnellarda, kollektorlarda va quduqlarda bunday moslamani qo‘llash uchun faqat masofadan boshqarish mavjud bo‘lganda ruxsat etiladi.

  3. Kabelning shikastlanishi natijasida uning barcha tok o‘tkazuvchi fazalari ochilib qolgan bo‘lsa, kuchlanish yo‘qligini kabelni teshmasdan kuchlanishni bevosita ko‘rsatuvchi asbobning o‘zi bilan tekshirish mumkin.

  4. Kabelni teshish ishlari javobgar rahbar yoki ijozat beruvchi yoxud uning kuzatuvi ostida ish bajaruvchi tomonidan bajariladi.

Kabelni himoya ko‘zoynagini taqib va dielektrik qo‘lqop kiyib teshish lozim. Teshish vaqtida handaq ustidagi izolatsiyalovchi moslamada va imkoni boricha kabeldan uzoqroqda turish kerak.

  1. Teshadigan moslamani yerga ulash uchun kabelning zirhidan yoki 0,5 metr chuqurlikda yerga kiritilgan maxsus moslamadan foydalaniladi. Yerga ulovchi sim zirhga halqasimon qisqich yordamida ulanadi; qisqich ostidagi zirh tasmasi tozalangan bo‘lishi zarur.

Agar zirh tasmasi zanglagan bo‘lsa, u holda yerga ulovchi simni kabelning metall qobig‘iga ulashga ruxsat etiladi.

Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan to‘rt tolali kabel liniyasida ishlar bajarilganda, uning nol simi ikkala uchidan ajratib qo‘yiladi.



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin