O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


-bob. Kabelli elektr uzatish liniyalarida ta’mirlash ishlari 1-§. Yer qazish ishlari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə64/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

4-bob. Kabelli elektr uzatish liniyalarida ta’mirlash ishlari 1-§. Yer qazish ishlari


  1. Kabellar uchun handaqlar yoki kotlovanlarni qazishdan oldin yer qazish ishlari olib

boriladigan hududda ushbu hudud tegishli bo‘lgan tashkilot yoki korxonaning ishlarni bajarish uchun yozma ruxsatini olish hamda mavjud yer osti inshootlari, gaz, suv quvurlari va boshqa kommunikatsiyalarning aniq o‘rnashgan joyi to‘g‘risida ko‘rsatma olish zarur.

Yer qazish ishlari yer osti inshootlari yaqinida va kommunikatsiyalarning muhofaza zonasida olib borilgan taqdirda, kommunikatsiyalar egasi bo‘lgan korxona yoki tashkilot tomonidan ko‘rsatib berilgan ishlash shartlari bajarilishi lozim.



  1. Kabellar o‘tgan joydan 1 metrdan kam masofada yer qazish mashinalaridan va 5 metrdan kam masofada pona-bolg‘a yoki shunga o‘xshash kuch bilan uradigan mexanizmlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.

Yer qazish ishlari kabellar ustida bajarilganda, tuproqni yumshatish uchun parchalaydigan bolg‘alardan va uni qazib chiqarish uchun yer qazuvchi mashinalardan, shuningdek, lom va kirkalardan foydalanish uchun faqat kabelgacha eng kamida 0,3

metr masofa qolishiga qadar qazishga ruxsat etiladi. Yerning qolgan qatlamidagi tuproq belkurak yordamida olib tashlanishi kerak.



Kabellarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning nazorati ostida yer qazish ishlarini boshlashdan oldin yer qazish ishlarini bajaruvchi tashkilot tomonidan kabellar o‘tgan chuqurlikni va ularning joylashuvini aniqlash maqsadida tuproqning nazorat uchun qazilishi va yer qazish mexanizmlarining ishlash chegaralarini belgilovchi vaqtincha to‘siqlar o‘rnatilishi lozim.

  1. Qish faslida tuproqni belkurak bilan qazishni faqat tuproq isitilgandan so‘ng boshlash mumkin. Bunda issiqlik manbaini kabelga qadar 15 sm masofagacha yaqinlashtirish mumkin.

  2. Yer qazish ishlarini bajarishda kabellarning planida va sxemalarida qayd etilmagan quvurlar, yer osti inshootlari aniqlansa, aniqlangan inshootlar va jismlarning xususiyatlari aniqlanishi va tegishli ruxsatnoma olinishiga qadar yer qazish ishlarini to‘xtatib turish va

bu haqda javobgar rahbarga ma’lum qilish lozim.

  1. Zaharli gazlar paydo bo‘lishi bilan ishlar darhol to‘xtatilishi, ishchilar esa zaharli gaz bilan ifloslanish manbai aniqlanishi va u bartaraf etilishiga qadar xavfli joydan zudlik bilan chiqarib yuborilishi zarur. Zaharli gazlar paydo bo‘lishi ehtimoli mavjud bo‘lganda, yer qazish ishlari faqat ishlovchilar gazga qarshi niqob bilan ta’minlanib, ularga gazni aniqlovchi indikator berilgandan keyin davom ettirilishi mumkin. Bunda ishni boshlashdan oldin ishchilarga zaharli gazga qarshi kurashish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.

  2. O‘pirilish xavfi bo‘lgan bo‘sh yoki nam tuproqli yerlarda handaqlar qazilayotganda, ularning devorlari puxta mahkamlanishi kerak.

To‘kiluvchan tuproqli yerlardagi ishlar zovur devorlarini mustahkamlamasdan, ammo uning chetida tabiiy qiyalik burchagini saqlagan holda bajarilishi mumkin.

  1. Yer osti suvlari bo‘lmagan, tabiiy namlikdagi tuproq yerlarda va yer osti inshootlariga yaqin joylashgan yerlarda kotlovanlarni va handaqlarni mustahkamlanmagan tik devorlarining quyidagi chuqurlikdan oshirmasdan qazishga ruxsat etiladi:

uyilgan va shag‘alli yerlarda — 1 m; qumloq tuproqli yerlarda — 1, 25 m; qumoq tuproqli va loyli yerlarda — 1,5 m;

o‘ta zich va qoya osti tuproqli yerlarda — 2 m.

Qovushqoq zich tuproqli yerlarda tik devorli handaqlarni rotorli va zovur qazuvchi ekskavatorlar yordamida mustahkamlagichlarni o‘rnatmasdan, 3 metrgacha chuqurlikda qazishga ruxsat etiladi. Bu hollarda ishchilarning zovurlarga tushishiga ruxsat etilmaydi.

Zovurlarning ishchilar ichida bo‘lishi zarur bo‘lgan joylarida mustahkamlagichlar o‘rnatilishi yoki qiyaliklar barpo etilishi zarur.

Qish faslida yerning muzlagan qismida (erning quruq tuproq qismidan tashqari) yer qazish ishlarini mustahkamlagichlar o‘rnatmasdan bajarishga ruxsat etiladi.



  1. Yer qazish sharoiti mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 29-bandida ko‘rsatilgandan farq qiladigan holatlarda kotlovanlar va handaqlarni qazish ishlari tik devorlarni bo‘yi baravar tirgovich yordamida mustahkamlab yoki tabiiy qiyalikni saqlagan holda, devorlarni mustahkamlamasdan bajariladi.

  2. Devorlari mustahkamlanmasdan mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 29-bandida ko‘rsatilgandan kattaroq chuqurlikdagi zovur va handaqlar qiyaliklarining eng katta qiymati mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 2- jadvali bo‘yicha qabul qilinadi.

  3. Chuqurligi 3 metrgacha bo‘lgan kotlovanlar va handaqlarning tik devorlari mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 3-jadvalida keltirilgan talablarga muvofiq mustahkamlanishi lozim.

  4. Chuqurligi 3 metrgacha bo‘lgan kotlovanlar va handaqlarning mustahkamlanishi odatda inventarli bo‘lishi va namunaviy loyihalarga muvofiq bajarilishi lozim.

  5. Kotlovanlar va handaqlarning taxtadan yasalgan mustahkamlagichlari tuproqni o‘raga qayta solinishiga ko‘ra pastdan yuqoriga qarab ajratib olinadi.

Bir vaqtning o‘zida birdaniga olinadigan mustahkamlagich taxtalarning soni uchtadan oshmasligi, sochiluvchan va barqaror tuproqlarda esa bir donadan oshmasligi kerak.

Taxtalarning olinishiga qarab, bo‘shagan tirgovichlar boshqa joylarga o‘rnatiladi. Bunda eski o‘rnatilgan tirgovichlar faqat yangisi o‘rnatilgandan keyingina olib tashlanadi.



  1. O‘ralar, handaqlar va kotlovanlarni qazishda ishlatiladigan qurilish materiallari hamda kotlovanlar va handaqlardan chiqarib tashlanayotgan tuproq iloji boricha to‘silgan joy ichiga yoki yo‘lovchilar va transportga xalaqit bermaydigan qilib undan chetroqqa joylashtirilishi zarur.

  2. Kotlovan, handaq va o‘ra qazish ishlari bajarilayotgan joy ogohlantiruvchi yozuv va belgilar o‘rnatilgan to‘siqlar bilan to‘silishi, tungi vaqtda esa to‘siqlarga ogohlantiruvchi chiroqlar o‘rnatilishi zarur.

  3. Yo‘lovchilar va transport o‘tishi uchun handaqlar ustiga ko‘prikchalar tashlanishi kerak.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin