O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


Alohida ishlarni bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalari 1-bob. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilish



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə61/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

Alohida ishlarni bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalari 1-bob. Elektr dvigatellarni ekspluatatsiya qilish


  1. Elektr dvigatellarga yoki aylanuvchi qismlarga va ular orqali harakatga keltiriladigan

mexanizmlarga tegish bilan bog‘liq ishlarni bajarishda, elektr dvigatelni to‘xtatish va uni ishga tushirish qurilmasiga yoki boshqarish kalitiga “ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!” plakatini osib qo‘yish zarur.

  1. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatelning yoki u orqali harakatga keltiriladigan mexanizmlarning tok o‘tkazuvchi yoki aylanuvchi qismlariga tegish bilan bog‘liq ishlarni bajarishda, mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 4-bandiga va 10-ilovaga muvofiq elektr dvigateldan kuchlanishni olish lozim.

Elektr dvigatelda ishlanganda, yerga ulagich kabelga (uni elektr dvigateldan ajratib yoki ajratmasdan turib) yoki uning TQdagi ulanmasiga o‘rnatilishi zarur.

Aylanuvchi qismlarga tegish bilan bog‘liq bo‘lmagan yoki ulash muftasi ajratilgan mexanizmlardagi ishlarni bajarishda, elektr dvigatelni ta’minlovchi kabelni yerga ulash

zarur emas.

Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarda yoki u orqali harakatga keltiriladigan mexanizmlarda ishlashda, kuchlanishni olish va kabelning tok o‘tkazuvchi qismini yerga ulash mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 7, 8 va 36-bandlariga muvofiq bajarilishi lozim.



  1. Nasoslar, tutun so‘rgich va shamollatkichlarning elektr dvigatellarida ishga ijozat berishdan oldin, agar elektr dvigatellarga ulangan mexanizmlar orqali ularda aylanish ehtimoli mavjud bo‘lsa, bu mexanizmlardagi surilma klapanlar va shibyerlar yopiq holatda

va qulflangan, shuningdek, elektr dvigatellarning rotorlarini tormozlash choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak.

  1. Elektr dvigatellarning aylanuvchi qismlari ishlab turgan vaqtda ularning to‘siqlarini olish man etiladi.

  2. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarni qo‘lda boshqariladigan ishga tushiruvchi apparat yordamida ulash va uzish operatsiyalarini izolatsiyalangan taglik ustida dielektrik qo‘lqopdan foydalanib bajarish kerak.

  3. Ishlab turgan elektr dvigatelning cho‘tkali apparatiga xizmat ko‘rsatishni tezkor xodimlardan bo‘lgan shaxs yoki shu maqsadda ajratilgan bunday ishlarni bajarishga

o‘qitilgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan shaxs bajarishiga ruxsat etiladi. Bunda quyidagi ehtiyot choralariga rioya etilishi zarur:

ishni bosh kiyimda va tugmalari taqilgan maxsus kiyimda, kiyim mashinaning aylanuvchan qismlariga tortilib ketishidan ehtiyot bo‘lib bajarish;

dielektrik kalish yoki rezina gilamchadan foydalanish;

qo‘l bilan birdaniga ikki qutbdagi tok o‘tkazuvchi qismlarga yoki tok o‘tkazuvchi va yerga ulangan qismlarga tegmaslik.

Aylanayotgan elektr dvigatelidagi rotor halqalarini silliqlash ishlarini faqat izolatsiyalangan dasta yordamida himoya ko‘zoynagini taqib bajarish kerak.


  1. Ishlab turgan katta tezlikdagi elektr dvigatelning ishlatilmayotgan chulg‘ami va uning ta’minlovchi kabeli kuchlanish ostida deb hisoblanishi kerak.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin