O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


-§. Elektr uzatish havo liniyalarini yerga ulash



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə59/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

6-§. Elektr uzatish havo liniyalarini yerga ulash


  1. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori HL taqsimlovchi qurilmalarning barcha uzilgan joylarida va seksiyaga ajratadigan kommutatsiya apparatlari oldida yerga ulanishi kerak. Quyidagi hollarda:

shoxoblangan 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLning ikkala uchidan yerga ulanishiga va shu podstansiyalarda yerga ulagichlar tarmoqdan uzilgan liniya ajratkichlaridan keyin (podstansiya tomonidan) o‘rnatilishi sharti bilan yerga ulamaslikka ruxsat etiladi;

6 — 20 kV kuchlanishli HLni faqat bitta TQda yoki seksiyaga ajratuvchi bitta apparat oldida yoki bu qurilmaga yaqin joyda yerga ulagich qurilmasi bo‘lgan tayanchdagi seksiyaga ajratuvchi apparat oldida yerga ulashga ruxsat etiladi. Ushbu kuchlanishdagi boshqa TQda va havo liniyasi tarmoqdan uzilgan joydagi seksiyalarga ajratuvchi kommutatsiya apparatlari oldida HLga ish joyi bilan TQ o‘rtasida yoki seksiyaga ajratuvchi kommutatsiya apparatlari oralig‘ida yerga ulagich o‘rnatish sharti bilan HLni yerga ulamaslikka ruxsat etiladi. Yerga ulagichlar yerga ulash qurilmasi bo‘lgan tayanchlarda o‘rnatiladi. 1000 V gacha kuchlanishli HL uchun yerga ulagich faqat ish joyida o‘rnatilishi yetarlidir.



  1. HLning alohida fazalarini ta’mirlashda TQda o‘chirilgan faza simini yerga ulash taqiqlanadi.

  2. 40-bandda ko‘rsatilgan yerga ulagichlarga qo‘shimcha ravishda har bir brigadaning ish joyidagi simlar, zarur bo‘lganda esa troslar ham yerga ulanishi kerak.

Tarmoqdan uzilgan va yerga ulangan 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLning bir fazasida yoki navbat bilan har bir fazasida ishlanganda, ish joyida faqat ish bajarilayotgan

faza simini yerga ulashga ruxsat etiladi. Bunda qolgan yerga ulanmagan fazalarga mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 2-ustunida ko‘rsatilgandan kam masofaga yaqinlashish taqiqlanadi.



35 kV va yuqori kuchlanishli HLlardagi boshqa ishlarda, shuningdek, kuchlanishi 35 kV dan past HLlardagi barcha ishlarda hamma fazalarning simlari ish joyida yerga ulanishi kerak.

  1. Bir zanjirli HLlarda ish joyidagi yerga ulagichni ish bajarilayotgan tayanchga yoki unga qo‘shni tayanchga o‘rnatish zarur. Yerga ulagichlarni ularning orasidagi masofa 2 km dan oshmasligi sharti bilan brigada ishlayotgan HL uchastkasining ikkala tomonidan o‘rnatishga ruxsat etiladi.

  2. Kuchlanish ostidagi boshqa HL bilan kesishgan oraliqdagi HL simlarida ishlar bajarilganda (mazkur Qoidalarning 46-bandi), yerga ulagich ish bajarilayotgan tayanchga o‘rnatilishi lozim.

Agar bu oraliqda sim yoki tros almashtirilayotgan yoki yangidan tortilayotgan bo‘lsa, almashtirilayotgan sim ham, tros ham, yangidan tortilayotgan sim ham kesishgan joyning ikkala tarafidan yerga ulanishi shart.

  1. Tayanchdan izolatsiyalangan yashin qaytargich troslarida yoki ushbu trossga 1 metrdan kam masofaga yaqinlashish talab etiladigan tayanch konstruksiyalaridagi ishlarni bajarishda tros yerga ulanishi kerak. Yerga ulagich tayanchdan turib tros izolatsiya qilingan tarafdagi oraliqqa qaratib yoki ushbu oraliqda o‘rnatilishi zarur.

Agar ushbu oraliqda muz eritish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, unda ish boshlashdan oldin tros tarmoqdan uzilishi va unga qaysi tomondan kuchlanish berilishi mumkin bo‘lsa, shu tomonlardan yerga ulanishi zarur.

  1. Ish joyidagi elektr zanjirini uzishdan avval (simlarni, troslarni bo‘laklab olish, seksiyaga ajratuvchi ajratkichni uzish) uziladigan joyning ikkala tomonidan yerga ulagich o‘rnatilishi kerak.

  2. Ko‘chma yerga ulagichlarni quyidagilarga ulash kerak:

metalldan yasalgan tayanchlarda — uning elementlariga;

erga ulash simi bilan jihozlangan temir-beton yoki yog‘och tayanchlarda yerga ulovchi simlarga, ularning butunligi tekshirilganidan so‘ng.

Temir-beton tayanchlarda ko‘chma yerga ulagichni tayanchning armaturasiga yoki tayanchning armatura bilan bog‘liq bo‘lgan metall elementlariga ulashga ruxsat etiladi.

Neytrali yerga ulangan 1000 V gacha kuchlanishli elektr tarmoqlarida nol simni qayta yerga ulash bajarilgan hollarda, ko‘chma yerga ulagichlarni nol simga ulashga ruxsat etiladi.

Ko‘chma yerga ulagichlarning yerga ulovchi simlariga yoki konstruksiyaga ulash joylari bo‘yoqdan tozalangan bo‘lishi lozim.

Barcha HLlarda ish joyidagi ko‘chma yerga ulagichlarni chuqurligi 0,5 metrdan kam bo‘lmagan chuqurlikda yerga kiritilgan maxsus yerga ulagichga yoki mahalliy

sharoitlarga qarab boshqa turdagi yerga ulagichlarga ulash mumkin.


  1. 1000 V gacha kuchlanishli HLlarda ishlar tayanchlardan yoki izolatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minoralardan turib bajarilganda, yerga ulagichlar ta’mirlanayotgan simlar bilan bir qatorda, ushbu tayanchlarga osilgan barcha simlarga, shu jumladan telemexanika va radiotranslatsiya simlariga ham o‘rnatilishi kerak.

  2. HL simlari turli balandliklarda osilgan bo‘lsa, yerga ulagich eng pastdagi simdan boshlab, pastdan yuqoriga qarab o‘rnatilishi, gorizontal osilganida esa — eng yaqin turgan simdan boshlab o‘rnatilishi kerak.

  3. Ilashgan kuchlanish zonasidan o‘tadigan yoki boshqa zanjirlari kuchlanish ostida turgan ko‘p zanjirli liniyaning uzilgan zanjiridagi simlarda (troslarda) tayanchda turib olib boriladigan ishlarda, yerga ulagich ishlar bajarilayotgan har bir tayanchga o‘rnatilishi kerak.

Ilashgan kuchlanish zonasi — bu HL o‘qidan 110 kV kuchlanishli HL uchun — 100 metr, 220 kV kuchlanishli HL uchun — 150 metr, 500 kV kuchlanishli HL uchun 200 metr masofada

XL bo‘ylab ikki tarafidan vertikal tekislik bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo fazosidagi 110 kV va undan yuqori kuchlanishli o‘zgaruvchan tok HLning uzunasi bo‘yicha zona.



  1. Ilashgan kuchlanish zonasida izolatsiyalovchi bo‘g‘ini bo‘lmagan teleskopik minoradan yoki odamlarni ko‘tarish uchun ishlatiladigan boshqa mexanizmlardan turib simlarda (trosslarda) ishlar bajarilganda, ularning ishchi maydonchalari ko‘chma yerga ulagich yordamida sim (tross) bilan ulanishi, minora yoki mexanizmning o‘zi esa yerga ulanishi kerak. Bunda sim (tross) yaqin turgan tayanchda yerga ulanishi kerak.

  2. HLda ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatish va tayanchlarga o‘rnatilgan yerga ulagich pichoqlarni ulash 1000 V dan yuqori kuchlanishli HLda elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida

IV guruhga va 1000 V gacha kuchlanishli HLda kamida III guruhga ega bo‘lgan tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlar jumlasidan bo‘lgan shaxslar, ulardan biri ish bajaruvchi, ikkinchisi esa elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega brigada a’zosi tomonidan bajarilishi kerak. Ko‘chma yerga ulagichlarning kamida III guruhga ega bo‘lgan ikki shaxs tomonidan echib olinishiga ruxsat beriladi.

Yerga ulagichni o‘rnatishda va echib olishda bu operatsiyalarni bajaruvchi ikki shaxsdan biri, shu jumladan ish bajaruvchi ham yerda turishi mumkin.

Yerga ulagich pichoqlarni uzishni tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs amalga oshirishiga ruxsat etiladi.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin