O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


-bob. Taqsimlash qurilmalarining tok o‘tkazuvchi qismlaridan va ular yaqinidan kuchlanish olinmasdan turib izolatsiyani tozalash



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə72/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

6-bob. Taqsimlash qurilmalarining tok o‘tkazuvchi qismlaridan va ular yaqinidan kuchlanish olinmasdan turib izolatsiyani tozalash


  1. YOTQlarining tok o‘tkazuvchi qismlaridan va ular yaqinidan kuchlanishni olmasdan turib, izolatsiyani tozalash izolatsiyalangan shtanga bilan ta’minlangan maxsus cho‘tka

yoki chang yutgich yordamida bajariladi.

  1. YOTQlarining kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolatsiyani tozalash faqat poldan yoki mustahkam taglikdan turib, chang tozalovchi vositalar bilan bemalol harakatlanish uchun kengligi yetarli darajada bo‘lgan yo‘laklarda bajarilishi mumkin.

  2. Izolatsiyani chang yutgich bilan tozalashda elektr qurilmaning kuchlanishiga mo‘ljallangan maxsus moslamalar o‘rnatilgan g‘ovak izolatsiyalovchi shtangadan

foydalaniladi. Bu shtangalar tutashuvga yo‘l qo‘ymaslik uchun va ichidagi changni yo‘qotish uchun ish boshlashdan oldin va ish davomida muntazam tozalab turilishi zarur.

  1. G‘ovak izolatsiyalovchi shtangalarga o‘rnatilgan qalpoqcha shunday ishlangan bo‘lishi kerakki, unda izolatsiyani tozalash chog‘ida qo‘shni fazalarga tegib, tutashuv hosil bo‘lmasligi kerak.

  2. Kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolatsiyani tozalash dielektrik qo‘lqoplarda va botiklarda bajarilishi kerak.

  3. Kuchlanish olinmasdan tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolatsiyani tozalash qanday uslubda bajarilishidan qat’i nazar, kamida ikkita shaxs tomonidan bajarilishi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV, qolganlari — kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak.

Ushbu shaxslar maxsus o‘qitilgan va ko‘rsatilgan ishlarni bajarishi uchun ijozat olgan bo‘lishlari va bu haqda guvohnomalarida belgi qo‘yilgan bo‘lishi shart.

Izolyatorlarni tozalash ish bajaruvchining yoki brigadaning kamida IV guruhga ega bo‘lgan a’zosining uzluksiz nazorati ostida, brigada a’zolaridan faqat III guruhga ega bo‘lgan shaxslardan biri tomonidan bajarilishi mumkin.



  1. Izolyatorlarni tozalash ishlari bo‘yicha mahalliy sharoit hamda ish texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha talablarni ko‘zda tutuvchi yo‘riqnoma tuziladi. Yo‘riqnoma korxonaning bosh energetigi tomonidan tasdiqlanadi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin