O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


-§. Elektr o‘lchov qisqichlari va o‘lchov shtangalari bilan ishlash



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə74/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

2-§. Elektr o‘lchov qisqichlari va o‘lchov shtangalari bilan ishlash


  1. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida elektr o‘lchov qisqichlari bilan bajariladigan ishlar ikki shaxs tomonidan bajarilishi, bunda ularning biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, ikkinchisi esa — kamida III guruhga ega bo‘lishi lozim. O‘lchash ishlari ta’mirlovchi xodimlar tomonidan naryad bo‘yicha, tezkor xodimlar tomonidan esa farmoyish bo‘yicha bajariladi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida elektr o‘lchov qisqichlari bilan ishlarni elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs farmoyish asosida bajarishi mumkin.

  2. O‘lchash uchun ishchi qismiga ampermetr o‘rnatilgan qisqichlardan foydalaniladi. Ampermetri tashqariga chiqarilgan qisqichlardan foydalanish man etiladi. O‘lchash vaqtida o‘lchov transformatorlariga, simlarga, asboblarga tegish, ampermetr ko‘rsatkichini olish uchun unga engashish taqiqlanadi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida o‘lchash ishlari izolatsiyalangan taglik ustida turib, himoya ko‘zoynagini taqib, dielektrik qo‘lqopda bajarilishi kerak.

  3. O‘lchash ishlari olib boriladigan shinalar uchastkalarini shunday tanlash kerakki, ularning konstruktiv bajarilishi va har xil faza tok o‘tkazgichlari orasidagi hamda ular bilan yerga ulangan qismlar oralig‘idagi masofalarni qisqichlarning ishchi qismi hisobiga kamayishi natijasida fazalar o‘rtasida yoki yerga elektr tutashish ehtimoli bartaraf etilgan bo‘lishi lozim.

  4. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan kabellarda elektr o‘lchov qisqichlaridan foydalanish uchun faqat kabelning tolalari izolatsiyalangan va ular o‘rtasidagi masofa kamida 250 mm dan bo‘lgandagina ruxsat etiladi.

  5. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan shinalarda elektr o‘lchov qisqichlari yordamida o‘lchash ishlari poldan yoki maxsus taglik ustida turib bajarilishi lozim.

  6. Fazalari gorizontal joylashgan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarning har bir fazasida qisqich yordamida o‘lchash paytida o‘lchash ishlarini boshlashdan oldin har

bir fazani izolatsiyalovchi qistirma bilan to‘sib qo‘yish zarur. Ko‘rsatilgan ishlar dielektrik qo‘lqoplarda bajariladi.

  1. Ishlarni bajarish uchun konstruksiyaga yoki teleskopik minoralarga shtangasiz ko‘tarilish zarur. Shtangani arqon yordamida ishchi qismini yuqori holatda saqlab, tik qilib ko‘tarish kerak. Ko‘tarish uchun metalldan ishlangan arqonlardan foydalanish taqiqlanadi. Ko‘tarish paytida shtangani chayqatish yoki qattiq jismlarga tegib ketish mumkin emas. Katta bo‘lmagan balandliklarga ko‘tarish zarur bo‘lsa, shtangani qo‘ldan-qo‘lga uzatish mumkin.

  2. Momaqaldiroq, tuman, yomg‘ir yoki ho‘l qor yog‘ayotgan vaqtda o‘lchov shtangalari bilan ishlash taqiqlanadi.

  3. Shtanga bilan ishlashda ishlovchi bilan tok o‘tkazuvchi qismlar o‘rtasida mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvalida ko‘rsatilgan masofaga rioya etilishi kerak.

  4. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan HL tayanchlarida o‘lchash ishlari tirnoqlarda (lazlarda) turib va tayanchga kamar yordamida mahkamlanib bajarilishi mumkin. HLda narvondan turib o‘lchov ishlarini bajarish taqiqlanadi.

  5. Yerga ulagich simlari bo‘lgan havo liniyalari tayanchlarida turib o‘lchash ishlarini bajarish taqiqlanadi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin