O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


-bob. O‘lchov asboblari, releli himoya qurilmalari, ikkilamchi zanjirlar, avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalarini montaj va ekspluatatsiya qilish



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə71/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

5-bob. O‘lchov asboblari, releli himoya qurilmalari, ikkilamchi zanjirlar, avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalarini montaj va ekspluatatsiya qilish


Elektr energiyasini hisobga olish asboblari bilan ishlash

  1. O‘lchov asboblari va releli himoya qurilmalari zanjirlarida o‘tkaziladigan ishlarning xavfsizligini ta’minlash uchun tok va kuchlanish o‘lchov transformatorla-rining barcha ikkilamchi chulg‘amlari doimiy ravishda yerga ulangan bo‘lishi kerak. Releli himoyaning murakkab sxemalarida tok transformatorlarining bir-biri bilan elektr jihatidan bog‘langan

bir guruh ikkilamchi chulg‘amlarini ularning soni qancha bo‘lishidan qat’i nazar, faqat bir nuqtada yerga ulashga ruxsat etiladi.

Rele va o‘lchov asboblarining tok zanjirini uzish zarurati paydo bo‘lgan taqdirda, tok transformatori ikkilamchi chulg‘amining zanjiri maxsus mo‘ljallangan qisqich yordamida oldindan qisqa tutashtirilib qo‘yilishi kerak.



  1. Tok transformatori bilan qisqa tutashtirgich o‘rnatilgan qisqichlar o‘rtasidagi zanjirlarda uzilishga olib kelish mumkin bo‘lgan ishlarni bajarish taqiqlanadi.

  2. Tok transformatorlari yoki ularning ikkilamchi zanjirida ishlash paytida quyidagi xavfsizlik choralariga rioya etilishi lozim:

  1. birlamchi zanjirlarning shinalarini montaj ishlarini olib borishda yordamchi tok o‘tkazgichlar sifatida yoki payvandlash ishlarini olib borishda tok o‘tkazuvchi zanjirlar sifatida ishlatmaslik zarur;

  2. o‘lchov va himoya zanjirlarini ko‘rsatilgan tok transformatorlarining qisqichlariga ikkilamchi sxemadagi montaj ishlari to‘la tamomlanganidan so‘nggina ulash kerak;

v) qutblarni tekshiruvchi asboblarni tekshirish uchun birlamchi chulg‘amga tok impulsi berishdan oldin birlamchi chulg‘amini ikkilamchi chulg‘am qisqichlariga mustahkam

ulab qo‘yilishi zarur.



  1. Releli himoya, elektroavtomatika va telemexanika (keyingi o‘rinlarda — RHA va T) qurilmalari zanjirida ishlar ijro sxemalari bo‘yicha bajarilishi kerak. Sxemasiz, xotiraga tayangan holda ishlash qat’iyan man etiladi.

  2. RHAvaT qurilmalarida ishlarni bajarishda dastaklari izolatsiyalangan chilangarlik- montaj asbob-uskunalaridan foydalanish zarur.

  3. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmasi xonasida o‘lchov, signalizatsiya, boshqaruv va himoya zanjirlarini tekshirish jarayonida zarur bo‘lgan hollarda ishlash sharoitlariga qarab, brigada tarkibidan bitta shaxs qoldirilishi mumkin (masalan, o‘chirgichlarni rostlash, izolatsiyasini tekshirish); bunda ish bajaruvchidan ajratilgan shaxs elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lishi lozim; ish bajaruvchi unga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha zarur ko‘rsatmalarni berishi kerak.

  4. Kuchlanish transformatorlari zanjirlarida begona manbadan kuchlanish berib ishlanganda, yuqori va past kuchlanish tomonidan o‘rnatilgan saqlagichlar olinishi va ikkilamchi chulg‘amdagi avtomatlar uzib qo‘yilishi lozim.

  5. Asosiy uskunalarning ulangan holatida RHAvaT apparaturasida yoki zanjirlarida biror ishlarni bajarish zarur bo‘lsa, uning to‘satdan uzilib qolishiga qarshi qo‘shimcha choralar ko‘rilishi zarur.

  6. Rele apparaturasi joylashtirilgan panellarda yoki uning yonida rele apparaturalarining qattiq silkinishiga olib keladigan, relelarning xatolik bilan ishlash xavfini tug‘diradigan ishlarni bajarish taqiqlanadi.

  7. RHAvaT qurilmalarini tekshirish va sozlash uchun zarur bo‘lgan o‘chirgichlarni, ajratkichlarni va boshqa apparaturalarni almashlab ulash, ulash va o‘chirish, agregatlarni ishga tushirish va to‘xtatish, ularning ish rejimini sozlash faqat tezkor xodimlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.

  8. Boshqaruv shchiti va taqsimlash qurilmasida o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish asboblari va boshqa o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlarini yozib olish quyidagi shaxslarga ruxsat etiladi:

doimiy tezkor xodimlar (ikki kishilik navbatchilik) bor bo‘lganda, korxonaning tezkor xodimlari jumlasidan elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida II guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs yakka o‘zi va doimiy tezkor xodimlar bo‘lmaganda — elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs yakka o‘zi amalga oshirishi mumkin;

boshqa tashkilotlarning xodimlari elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan mahalliy tezkor xodim kuzatuvi ostida amalga oshirishlari mumkin.



  1. O‘lchov transformatorlariga ulangan elektr energiyasini hisobga olish asboblari va boshqa o‘lchov asboblarini o‘rnatish va echib olish naryad bo‘yicha kuchlanish olinib, ikki shaxs tomonidan bajarilishi, ulardan biri elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida IV guruhga, ikkinchisi esa kamida III guruhga ega bo‘lishi kerak

Tok zanjirlarini xavfsiz tutashtirish imkonini beruvchi maxsus qisqich yoki sinash bloki o‘rnatilgan taqdirda, ushbu elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘rnatish va echib

olish hamda ularni tekshirish yuqoridagi shaxslar tomonidan farmoyish bo‘yicha bajarilishi mumkin.



  1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadigan elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘rnatish va echib olish elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida III guruhga ega bo‘lgan bitta shaxs tomonidan farmoyish bo‘yicha bajarilishiga ruxsat etiladi.

Elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘rnatish yoki echib olish hamda o‘lchov asboblarini tekshirish uchun ulash ishlari kuchlanish olinib bajarilishi kerak.

  1. Bir xonada joylashgan turli ulanmalarning elektr energiyasini hisobga olish asboblarini o‘rnatish va echib olish bitta naryad (farmoyish) bo‘yicha bitta ish joyidan boshqa ish joyiga o‘tishni rasmiylashtirmasdan bajarilishi mumkin.

  2. “O‘zenergoinspeksiya”ning xodimlari iste’molchilarning elektr qurilmalaridagi elektr energiyasini hisobga olish asboblari zanjirlaridagi ishlarni Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq bajarishi kerak.

  3. O‘lchov asboblarini ulash, o‘lchov transformatorlariga elektr energiyasini hisobga olish asboblarini ulash va echib olish tok zanjirlarini xavfsiz tutashtirish imkonini beruvchi sinash bloklari yoki maxsus qisqichlar bo‘lganda, kuchlanish va yuklamani olmasdan bajarilishi mumkin.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin