O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining


-§. Kabellarni o‘tkazish, kabel va muftalarni boshqa joyga ko‘chirish



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə68/84
tarix12.05.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#57668
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

5-§. Kabellarni o‘tkazish, kabel va muftalarni boshqa joyga ko‘chirish


  1. Kabelli baraban g‘ildiratilganda, ishchilarning kiyimlarining baraban qismlariga ilashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilishi zarur. Barabanlarni g‘ildiratishdan oldin barabandan turtib chiqib turgan mixlar olib tashlanishi va kabel uchlari mahkamlanishi kerak. Kabelli barabanni faqat gorizontal tekislik bo‘yicha qattiq yerda yoki mustahkam to‘shama ustida g‘ildiratishga ruxsat etiladi.

  2. Kabel, bo‘sh baraban, mexanizmlar, moslamalar va asbob-uskunalarni bevosita handaq chetiga joylashtirish taqiqlanadi.

  3. Barabanlardagi kabelni faqat tormoz moslamasi bo‘lgan taqdirdagina tortib bo‘shatishga ruxsat etiladi.

  4. Kabel o‘tkazish qo‘lda bajarilganda, ishchilarning umumiy soni har bir erkak uchun kabel bo‘lagining og‘irligi 35 kg, ayol uchun 15 kg hisobidan belgilanishi kerak. Ish brezent qo‘lqopda bajarilishi zarur.

  5. Kabelni o‘tkazish jarayonida ishchilarga qayrilish burchagi ichida turish va trassaning burilish joylarida kabelni qo‘lda ushlab turib uzatish man etiladi. Bunday maqsadlar uchun burchak roliklari o‘rnatiladi.

  6. Kabelni elektr toki bilan isitish uchun 380 V dan yuqori kuchlanishdan foydalanish mumkin emas.

  7. Kabelni va muftalarni faqat kabel tarmoqdan uzilganidan so‘nggina boshqa joyga ko‘chirish mumkin.

  8. Kuchlanish ostidagi kabellarni boshqa joyga qo‘chirishga quyidagi shartlar bajarilgandagina ruxsat etiladi:

qo‘chirilishi kerak bo‘lgan kabelning harorati 5°S dan kam bo‘lmasligi;

qo‘chirilishi kerak bo‘lgan kabel bo‘lagidagi mufta yog‘och taxtaga halqasimon qisqichlar bilan qattiq mahkamlangan bo‘lishi;

ish mobaynida dielektrik qo‘lqop kiyib, ustidan mexanik shikastlanishdan himoya qilish maqsadida brezent qo‘lqop kiyib ishlanishi;

ishlar kabel o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan ishchilar tomonidan, elektr xavfsizligi bo‘yicha kamida V guruhga ega bo‘lgan, kuchlanishi 1000 V dan kam bo‘lgan kabellarda

esa kamida IV guruhga ega shaxs rahbarligi ostida bajarilishi zarur.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin