O’zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi


Minbarning poyida tursa ham eshak



Yüklə 138,44 Kb.
səhifə2/3
tarix15.12.2022
ölçüsü138,44 Kb.
#74914
1   2   3
omadbek yuldashev Falsafa 203 guruh

Minbarning poyida tursa ham eshak
Tarbiya yuqmaydi, bo'lmaydi odam.
Tarbiya ko'rmayin ulg'aysa kishi.
Eshak bo'lib qolur yuzga kirsa ham.
Adabiyotshunos olim Abdurauf Fitrat “Xalqning harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo'lishi, zaif bo'lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e'tibordan qolishi, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi bolalikdan o'z ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog'liq. Bolalar axloqiy tarbiyani muhitdan oladilar, boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o'xshaydi, suv idishning shaklini olganidek, bolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladilar”, deydi.
Ma'lumki, ulug' mutafakkir Abu Ali ibn Sino merosida ilm va axloq uyg'unligi masalasi alohida o'rin tutadi. Allomaning “Tadbiri manzil” risolasida tarbiya masalasi ko'proq tahlil etilgan. Xususan, “Tadbiri manzil”da inson tayyor shaxsiy sifat, odat va ko'nikmalar bilan tug'ilmasligi qayd etiladi. Bunday xususiyatlar odamning ijtimoiy hayotida sekin-asta shaxsiy va o'zgalar tajribasi, avvalgi ajdodlar an'analari, ta'lim-tarbiya o'zgalarning ta'siri ostida shakllanadi. SHaxs kamolotida ijobiy fazilat va odatlarni qaror toptirish qanchalik qiyin va mushkul bo'lsa, ma'naviy qiyofaga yopishib olgan salbiy jihat va odatlardan xalos bo'lish shunchalik murakkabdir.
Taʼlim — bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.
Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida Taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan 
Taʼlim mohiyat-eʼtibori bilan dars berish jarayonini, yaʼni pedagog (oʻqituvchi) faoliyatini, umuman oʻquvchining bilish, oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini, yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. Taʼlim jarayoni taʼlim beruvchi — oʻqituvchi va taʼlim olayotgan oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. Taʼlim va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiytarixiy tajribalari yosh avlodga Taʼlim orqali oʻtadi.
Taʼlim haqida turli nazariyalar mavjud. Baʼzi nazariyalar Taʼlimni jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy tuzilishiga bogʻliq boʻlmagan hodisa sifatida baholasalar (qarang Pedotsentrizm), baʼzisi Taʼlimning sinfiy xarakterga ega ekanligini, u jamiyatning har bir aʼzosida muayyan siyosiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy qarashlarni shakllantirish maqsadi sari karatilganligini taʼkidlaydi.
Taʼlimning maqsadi obʼyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, taʼlimning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi. Taʼlim dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Taʼlim bilish qobiliyatlari, qistuygʻular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir.
Taʼlim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish — jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi.
Taʼlim oʻquvchining bilish qobiliyatini oʻstiruvchi asosiy omildir. Oʻquvchilar qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon boʻladi. Didaktik tamoyillarda taʼlimning mazmuni va jarayonlariga qoʻyilgan talablar belgilanadi
Taʼlimning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek muayyan oʻquv yurtlari funksiyasiga muvofiq tarixan oʻzgarib boradi. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Taʼlim tizimining barcha yoʻnalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. 1996-yildan boshlab lotin imlosiga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi joriy etildi va shu yildan boshlab yangi yozuv asosida dasturlar, qoʻllanmalar va darsliklar yaratishga kirishildi, oʻqituvchilar lotin imlosi asosidagi yangi oʻzbek alifbosi boʻyicha qayta tayyorlash kurslaridan oʻtkazildi. Xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida bolalarni maktab taʼlimiga tayyorgarligini belgilaydigan „Tashhis markazlari“ tashkil etildi.
Taʼlim mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shartsharoit, fan va texnika, sanʼat holati va shu kabini hisobga olgan holda belgilanadi. Kasbhunar kollejlari, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlaridagi Taʼlimning mazmuniga umumiy maʼlumotdan tashqari muayyan kasb va mutaxassislik uchun zarur boʻlgan maxsus bilim, malaka va koʻnikmalar ham kiradi. Taʼlim mazmuni oʻquv reja va dasturlari, darslik va boshqalarda yoritiladi. Taʼlimda qoʻyilgan maqsadga erishish uchun turli metod, vosita, tashkiliy tizim va shakllar (maʼruza, suqbat, tajribalar oʻtkazish, koʻrgazmali qurollarni qoʻllash, kuzatish, mashq va shu kabi)dan foydalaniladi. Oʻquv jarayonida texnik vositalar (kino, televideniye, radio, kompyuter, EHM va boshqalar)ni keng qoʻllash taʼlim metodini ishlab chiqishga katta taʼsir koʻrsatadi.
Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
Islom (arabcha: اَلْإِسْلَامُ, al-’Islām — „boʻysunish“, „itoat etish“) — jahonda keng tarqalgan uch dindan (xristianlik va yahudiylik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha „muslim“ („sadoqatli“; koʻpligi „muslimun“) deb ataladi.[1] „Muslim“, „muslimun“ soʻzining boshqa xalqlar orasida oʻzgacha talaffuz etish (masalan, forslarda — musalmon, oʻzbeklarda — musulmon, qirgʻiz va qozoqlarda — musulmon, Ukraina va Rossiyada — basurman) natijasida bu dinga eʼtiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi keng tarqalgan.
Jahonda dunyo aholising 24,9 foizi, yaʼni 1,1—1,8 milliard kishi Islomga eʼtiqod qiladi.
Musulmonlarning 2/3 qismidan koʻprogʻi Osiyoda yashaydi va bu qitʼa aholisining 20 % idan ortiqrogʻini tashkil etadi. Qariyb 30 % musulmonlar Afrikaga toʻgʻri keladi (qitʼa aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud boʻlgan 120 dan ortiq mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining koʻpchiligini tashkil qiladi — Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (KiprLivanIsroil mustasno), SenegalGambiyaNigerSomaliAfgʻonistonPokistonBangladeshIndoneziya va boshqa baʼzi mamlakatlarda aholining 80 % dan ortigʻi musulmonlardir; bir qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80 % igacha tashkil qiladi (GvineyaMaliLivanChadSudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, baʼzi bir mamlakatlar (Gvineya-BisauKamerunBurkina-faso, Syerra-Leone va boshqa)da musulmonlar ozchilikni tashkil qilsa ham, taʼsir doirasi kuchli. 
Islom 7-asrda Hijoz (Gʻarbiy Arabiston)da paydo boʻldi. Uning asoschisi Muhammad (as)dir. Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdul–Muttalib alayhis–salom Arabiston tarixida “Fil voqeasi” nomi bilan mashhur jangdan 50 kun keyin tavallud topgan. Ko‘pchilik tarixchilar fikriga ko‘ra bu sana milodiy 571 yilga to‘g‘ri keladi.
Manbalarda Muhammad (a.s.) ning qirq yoshga yaqinlashib qolganida yolg‘izlikni xohlab qolgani qayd etiladi. Ular, asosan, Makkadan ikki chaqirim uzoqlikda joylashgan Nur tog‘idagi Hiro g‘origa chiqib ketib, Ramazon oyini taxannus ibodati bilan o‘tkazardi. Qirq yoshga kirganida Qur’oni Karmining “Alaq” surasining dastlabki besh oyati ilk vahiy sifatida nozil qilindi. Tarixchilarning ta’kidlashicha, bu voqea 610 yil 10 avgust, yigirma birinchi Ramazon dushanba kuniga to‘g‘ri kelgan.
Muhammad (a.s.) 632 yilda Madinada vafot etganlaridan so‘ng u kishining to‘rtta safdoshi – Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abi Toliblar musulmonlarga rahbarlik qilishda payg‘ambarga vorislik qildilar. Ular “Xalifat Rasulillah” (“Payg‘ambarning o‘rinbosari”) ma’nosida “Xalifa” deya ataldilar. Keyingi davr manbalarida mazkur to‘rt xalifa “al–Xulafo ar– roshidun” («To‘g‘ri yo‘ldan boruvchi xalifalar») deb nomlanadi.
Imon, namoz, zakot, ro‘za, haj islomning besh asosiy sharti – rukni hisoblanadi. “Imon” so‘zining lug‘aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa “La ilaha illallohu Muhammadun rasululloh” (“Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad – Allohning payg‘ambari”) kalimasini til bilan aytib, dil bilan tasdiqlash demakdir. Hadislarda imonning etti sharti borligi ta’kidlanadi
– Allohning borligi va birligiga, Qur’on va hadislarda bayon qilingan barcha ismlari va sifatlariga imon keltirish, uning barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha qaytargan narsalaridan qaytish.
– farishtalarning borligiga imon keltirish. Farishtalar (malo’ika) Allohning nurdan yaratgan, uning buyruqlarini so‘zsiz bajaruvchi, uning amridan tashqari chiqmaydigan xos bandalaridir. Ulardan Jabroil, Mikoil kabi buyuk farishtalarning nomlari Qur’onda zikr etilgan;
– ilohiy kitoblarga imon keltirish. Alloh Muhammad payg‘ambarga (a.s.) Qur’onni nozil qilganidek, boshqa payg‘ambarlarga ham kitoblar tushirgan. Ulardan bizga ma’lum bo‘lganlari: Ibrohim payg‘ambarga “Sahifalar”, Muso payg‘ambarga “Tavrot”, Dovud payg‘ambarga “Zabur” va Iso payg‘ambarga berilgan “Injil” kitoblaridir. Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababli Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan;
– payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish. Alloh insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambarlar yuborgan. Barcha payg‘ambarlar bir zanjirning bo‘g‘inlari kabidirlar. Qur’onda 25 payg‘ambarning nomlari zikr etilgan. Hadislarda payg‘ambarlarning umumiy soni 124 ming ekani bayon qilingan;
– oxirat kuniga ishonish. Islom ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo bir sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavjud;
– taqdirga – inson boshiga tushgan yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga e’tiqod qilish;
– o‘limdan keyin qayta tirilishga ishonish. Islom ta’limotiga ko‘ra, qiyomat kuni bo‘lganda barcha insonlar qabrdan turadilar va mahshargoh maydoniga yig‘iladilar. U erda barcha odamlar dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) yoki jazo (do‘zax)ga mahkum etiladilar.

Yüklə 138,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin