O’zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo’mitasi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi



Yüklə 138,44 Kb.
səhifə3/3
tarix15.12.2022
ölçüsü138,44 Kb.
#74914
1   2   3
omadbek yuldashev Falsafa 203 guruh

Shialik. Siffin jangi natijasida haruriylar bilan deyarli bir paytda o‘zini “shiatu Ali” (Alining guruhi) deb atagan aliparast oqim ham yuzaga keldi. VII asr oxirlariga kelib Shialik, Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yo‘nalishga aylangan. Shialik boshda har qanday ixtilof va aqidaviy farqlardan xoli holda, faqat siyosiy harakat sifatida namoyon bo‘lgan edi. Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy farqlar vujudga kelgan.
Hanafiy mazhabi asoschisi Abu Hanifa kunyasi bilan mashhur an–Nu’mon ibn Sobit al–Kufiy (699–767)dir. U kishi o‘zlarining aql zakovati bilan ajralib turgan bo‘lib, ustozlarining alohida e’tiboriga noil bo‘lgan.
Hanafiy mazhabi “nass”lardan (ya’ni Qur’on va hadis) tashqari hadislarni qabul qilishda alohida shartlarni belgilaganligi, qiyos (analogiya), istehson prinsiplaridan foydalanishi, Movarounnahr maktabi mahalliy urf– odatlarni huquq manbai sifatida qabul qilishi bilan ajralib turadi. Boshqa mazhablardan farqli jihatlar mazkur xususiyatlar negizida yuzaga keladi.
Molikiy mazhabi asoschisi, imom Abu Abdulloh Molik ibn Anas ibn Molik ibn Abi Omir al–Asbahiy 711 yilda tavallud topganlar.
Imom Molik mazhabining asosi u kishi yaratgan “Muvatto” asarida o‘z ifodasini topgan. Mazkur mazhabda birinchi manba Qur’oni karim, ikkinchi manba Sunnati nabaviyadir. Ba’zi olimlar, imom Molik fiqhining uchinchi manbasi sahobalarning gapi bo‘lgan, degan fikrlarni ham berishadi.
Shofe’iy mazhabi. Asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ibn Usmon ibn Shofe’ al–Qurayshiy al– Hoshimiy al–Muttalibiy (150/767–204/804) dir.
Imom Shofe’iyning fiqh bo‘yicha “Al–Hujja”, “Kitobul–Umm” (ona kitob, ya’ni asosiy kitob) va usulul– fiqh bo‘yicha “Ar–Risola” kabi asarlari mavjud. SHofe’iylik mazhabi fiqhiy hukm chiqarishda Qur’on, sunnat, ijmo va qiyosga suyanadi. Ular hanafiylar va molikiylarda mavjud bo‘lgan «istehson»ni rad qiladilar.
Hanbaliy mazhabi asoschisi imom Abu Abdulloh Ahmad ibn Muhammad ibn Hanbal bo‘lib, hijriy 164 (780 m) yil Bag‘dod shahrida tug‘ilgan va hijriy 241 (855 m) yil Bag‘dod shahrida hayotdan ko‘z yumgan.
Imom Ahmad ibn Hanbal mazhabida Qur’on va sunnat asosiy manba hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarda ijmo’ va sahobalarning gaplari o‘rin oladi. Qiyosni boshqa iloj qolmagandagina ishlatishga ruxsat beriladi.
Sunniylik (Ahli sunna val–jamoa) o‘rta yo‘lni tutgan, davlat rahbarlariga qarshi bormagan, o‘zlarini sunnatga amal qiladigan va jamoatdan ajralmaydiganlar guruhi sunniylar yoki “ahli sunna val jamoa” deb ataldi. Bugungi kunda sunniylar dunyo musulmonlarining 92,5 foizini tashkil etadi.
Sunniylik doirasida to‘rt fiqhiy mazhab (arab. yo‘l) va ikki aqidaviy ta’limot mavjud bo‘lib, xavorij va shia firqalaridan farqli ravishda ular bir–birlarini rad etmaydilar. Bugungi kunga qadar ham, sunniy ulamolar to‘rttala fiqhiy va ikkala aqidaviy mazhablarning to‘g‘ri ekani, ularning bir–birini to‘ldirishi, bunday farqlilik tarixiy, ijtimoiy omillar mahsuli ekani va bu musulmonlar uchun osonlik yaratishiga ittifoq qilishgan.

E’tiboringiz uchun raxmat


Yüklə 138,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin