1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
[TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 28-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 30-noyabrda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi 541-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 10-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlarining ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2007-yil 16-yanvardagi 11-12 (4164-4165) - sonida e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh.,
2007-yil 15-yanvar,
O‘RQ-78-son