O`zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi


Partiya Millat, Inson va Vatan manfaatini muqaddas deb bilan



Yüklə 116,31 Kb.
səhifə3/15
tarix07.01.2024
ölçüsü116,31 Kb.
#208937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Документ Microsoft Word


Partiya Millat, Inson va Vatan manfaatini muqaddas deb bilan.
Matbuot organi - �Milliy tiklanish� gazetasi.
Bu partiya Oliy Majlisda o`z fraktsiyasiga ega emas. 
Tepaga
O`zbekiston Respublikasi �Fidokorlar� milliy demokratik partiyasi
�Fidokorlar� milliy demokratik partiyasi 1999 yil 4 yanvarda tashkil etilgan. Bu partiya o`z nomi bilan vatan fidokorlarini, vatan ravnaqi uchun kuyib, yonib yashaydigan o`zbekiston fuqarolarini birlashtirdi. �Fidokorlar� milliy demokratik partiyasi o`z maqsad va niyatlari bir xil bo`lganligi uchun �Vatan taraqqiyoti� partiyasi bilan birlashdi va hozirda �Fidokorlar� nomi iostida o`z faoliyatini davom ettirmoqda. 1999 yil dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlarda partiya deputatlikka o`z nomzodlarini qo`ydi. 2000 yil yanvardagi Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo`lib o`tgan saylovlarda �Fidokorlar� milliy demokratik partiyasi nomidan prezidentlikka Islom Abdug`aniyevich Karimov nomzodi ko`rsatildi.
Tepaga
O`zbekiston Respublikasi �Kamolot� yoshlar jamg`armasi
�Kamolot� jamg`armasi O`zbekiston yoshlarining nodavlat xayriya-jamoat birlashmasi bo`lib, 1996 yil 17 apreldagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tashkil topgan.
Jamg`armaning asosiy vazifasi - yoshlarning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, madaniy, xuquqiy manfaatlari va ehtiyojlarini o`rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish, hayotga tadbiq etish, davlat, hukumat dasturlari, islohotlarni bajarishga ko`maklashish, yoshlarni Konstitutsiya, qonunlar, davlat va hukumat qarorlarini hurmat qilish, ularga amal qilish ruhida tarbiyalash, yoshlar uchun yangi ish joylari yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilish masalalarini o`rganish hamda mazkur masalalarni hal etishda hukumat idoralari, hokimliklar, vazirliklar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish.
Jamg`armaning viloyat, shahar va tumanlarda bo`limlari mavjud. �Kamolot� jamg`armasining jamoatchilik markazlari joylarda 14 yoshdan 35 yoshgacha bo`lgan yoshlar istagi va tashabbusi bilan tashkil topishi mumkin. Uning mablag`i turli ixtiyoriy pul o`tkazish va xayriyalar hisobiga tashkil topadi, noshirlik, o`yinlar va boshqa tadbirlar hisobiga boyib boradi. 
Kamolot� yoshlar ijtimoiy harakati.
O`zbekiston Respublikasi �Kamolot� yoshlar ijtimoiy harakati 2001 yil 25 yanvar kuni yoshlar masalalari bo`yicha yig`ilishda Prezidentimizning kiritgan takliflariga asosan �Kamolot� yoshlar jamg`armasi asosida tashkil etildi. Harakatning ta'sis qurultoyi 25 aprel kuni bo`lib o`tdi.
�Kamolot� yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy vazifalari:
- mamlakatimizda erkin demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishga ko`maklashish maqsadida muntazam ravishda yoshlarning xuquqiy bilimini oshirib borish;
- barkamol avlod tarbiyalash soxasidagi dasturiy vazifalarni amalga oshirishga yoshlarni jalb etish, bu borada turli davlat va jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qilish;
- yoshlarning kuch-g`ayratini, intellektual salohiyati, kasb malakasini Vatan ravnaqi uchun yo`naltirish;
- xalqaro yoshlar tashkilotlari bilan o`zaro foydali aloqalarni yo`lga qo`yish;
- yoshlar va o`smirlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini keng targ`ib etish, jinoyatchilik, diniy ekstremizm, giyohvandlik, loqaydlik kabi turli illatlarga qarshi kurashda Harakatning tasirchan kuchga aylanishiga erishish;
- millatlararo totuvlik va do`stlikni yanada mustahkamlashga xissa qo`shish;
- yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o`rgatish, boqimandalik kayfiyatidan xalos qilish, tadbirkorlik qobiliyatini yuzaga chiqarish, ularda bozor iqtisodiyoti ko`nikmalarini yuzaga chiqarish, mulkka egalik tuyg`usini shakllantirish;
- yoshlarni ish bilan ta'minlashda s?shimcha imkoniyatlar yaratish, shu yo`l bilan yangicha fikrlaydigan mulkdorlarni shakllantirish va ularni "Kamolot" tayanadigan ijtimoiy kuch bo`lishiga erishish.
�Kamolot� yoshlar ijtimoiy harakatining shiori - �Vatan menga nima berdi deb emas, men o`zim xalqim, Vatanim uchun nima qilmoqdaman�, deb yashash kerak.
Nashlari: �Turkiston� va �Molodyoj Uzbekistana� gazetalari.

Yüklə 116,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin