2012 yil 31 mart – O`zLiDeP Siyosiy Kengashining IV Majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish Konsepsiyasi» hamda «Mustahkam oila yili» Davlat dasturining ijrosi bo‘yicha O`zLiDeP tomonidan 2012 yilda amalga oshiriladigan partiyaviy loyihalar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
2013 yil 2 dekabr – O`zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi VI Majlisida Sodiqjon Turdiyev Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi.
2012 yil – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Bosh bitim imzolandi. Hozirgi kunda mazkur bitim doirasida tabdirkorlar muammolarini yaqindan o‘rganish va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
2013 yil – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va O’zbekiston Fermerlari kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Bosh bitim imzolandi. O`zLiDeP O’zbekiston Fermerlari kengashi va uning hududiy tuzilmalari bilan hamkorlikda fermerlik harakatini yanada rivojlantirish, fermerlar oldida turgan muammolarni o‘rganish, ularni hal qilishni asosiy vazifa deb biladi va bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirib boradi.
2014 yil 13 sentabr - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Ciyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda O’zLiDeP ning 2014 yilgi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlardagi faol ishtirokini ta’minlash va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
2014 yil 30 sentabr - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Ciyosiy Kengashining VIII majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda O’zLiDePning faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan olib borayotgan faoliyati hamda navbatdagi ustuvor vazifalar, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Saylovoldi dasturi loyihasi, O’zLiDePning navbatdagi VI S’ezdini chaqirish va shu munosabat bilan hududiy partiya tashkilotlarining konferensiyalarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.