2015 yil 25-26 dekabr - O’zLiDeP ning “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti”, “Yilning eng yaxshi deputati” va “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti” ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” tanlovi bo‘yicha Toshkent viloyatidagi “Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan boshlang‘iya partiya tashkiloti, “Yil deputati” tanlovi bo‘yicha xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Tohir Baxronov hamda “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti” tanlovi bo‘yicha esa O’zLiDeP Samarqand shahar kengashi mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
2016 yil 22 yanvar - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiquvchi partiyaning ustuvor vazifalari muhokama qilindi.
2016 yil 16 aprel - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturidan kelib chiqadagan partiyaning ustuvor vazifalari, partiyaning o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari hamda 2016 yilga mo‘ljallangan Amaliy chora-tadbirlar kompleks harakat dasturiga o‘zgartish kiritish masalalari muhokama qilindi.
2016 yil 19 oktabr - Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s’ezdi bo‘lib o‘tdi va partiya Siyosiy Kengashining a’zosi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.