O`zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi



Yüklə 116,31 Kb.
səhifə13/15
tarix07.01.2024
ölçüsü116,31 Kb.
#208937
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Документ Microsoft Word

2020 yil 18 yanvar - Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Bosh vazir lavozimiga 2016 yilning dekabr oyidan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Abdulla Aripov nomzodi ko‘rsatildi. 
2021 yil 7 iyul - O’zLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yilda bo‘lib o‘tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi saylovida partiyaning faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shu bilan bir qatorda Siyosiy Kengash a’zolari partiyaning yangilangan logotipini tasdiqlashdi.
2021 yil 7 avgust - Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda shu yilning 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O`zLiDePning ishtiroki, Prezidentlik saylovida O`zLiDePdan ko‘rsatiladigan bo‘lajak nomzod hamda navbatdagi qurultoy kun tartibidan o‘rin olgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
2021 yil 9 sentabr - Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saylangan 1 ming 200 ga yaqin delegat qatnashdi. S’ezdda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’ruza qildi.
2021 yil 24 oktabr - Shavkat Miromonovich MIRZIYOYEV prezidentlikka bo‘lib o‘tgan saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 80,12 foiz ovozi bilan besh yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi. 
2021-yil 15-noyabr - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqidan kelib chiquvchi partiya va uning fraksiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yüklə 116,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin