O`zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi



Yüklə 116,31 Kb.
səhifə10/15
tarix07.01.2024
ölçüsü116,31 Kb.
#208937
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Документ Microsoft Word

2015 yil 6 fevral - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VII s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda jami 344 nafar delegat ishtirok etdi. S’ezd kun tartibida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi to‘g‘risidagi masala atroflicha ko‘rib chiqildi.
S’ezd “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdug‘aniyevich Karimovni nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Mazkur yig‘ilishda Islom Karimov «Bizning maqsadimiz – erkin va farovon, demokratik hayot qurish» nomli ma’ruza bilan ishtirok etdi.
2015 yil 14 mart - Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda parlamentning quyi palatasida “Demokratik kuchlar bloki”ni tuzish masalasi muhokama etildi. Muhokama yakunlariga ko‘ra Tabirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalari qo‘shma faoliyatining asosiy shartlari va ustuvor yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi ikki tomonlama Bitim imzolandi.
2015 yil 29 mart – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tgan saylovda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Islom Abdug‘aniyevich Karimov g‘alaba qozondi.
2015 yil 12 dekabr - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda asosiy e’tibor Prezidentimiz Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat” mavzuidagi ma’ruzasini har tomonlama o‘rganishga, O’zLiDeP tuzilmalari va deputatlik birlashmalarining ma’ruzadan kelib chiquvchi vazifalari hamda partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish yo‘llariga qaratildi.

Yüklə 116,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin