2008 yil 20 sentabr – O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning dasturiy vazifalarini hayotga tatbiq qilish hamda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun talablarini bajarish doirasida partiya tuzilmalari va deputatlik guruhlari tomonidan olib borilayotgan ishlar holati va navbatdagi vazifalar haqida»gi masala ko‘rib chiqildi.
2009 yil 27 dekabr – O`zLiDeP O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 53 nafar deputatlik o‘rnini egallagan O`zLiDeP ikkinchi bor parlamentdagi eng yirik fraksiyani tashkil etdi. Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga 2159 nafar deputat saylandi.
2010 yil 2 fevral – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida O`zLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi hamda O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyalari o‘rtasida «Demokratik kuchlar bloki»ga birlashish to‘g‘risida Bitim imzolandi.
2010 yil 18 dekabr – O`zLiDeP Siyosiy Kengashining II Majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Islom Karimovning «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi» nomli ma’ruzasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan O`zLiDePning aniq maqsadli kompleks chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.
2011 yil 15 iyul – parlamentdagi O`zLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan mamlakat tarixida ilk bor O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining «Demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish borasida Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi, shuningdek, «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturi ijrosining borishi to‘g‘risida»gi hisoboti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma yig‘ilishida eshitildi.