O`zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi



Yüklə 116,31 Kb.
səhifə12/15
tarix07.01.2024
ölçüsü116,31 Kb.
#208937
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Документ Microsoft Word

2016 yil 9 dekabr - Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda shu yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari ko‘rib chiqildi. Saylovda Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni yoqlab 15 million 906 ming 724 saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 88,61 foizi ovoz berdi. Shunday qilib, natijalarga asosan 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev g‘olib chiqdi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan, deb hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
2017 yil 24 dekabr - Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalariga ko‘ra xalq deputatlari tuman Kengashlariga ko‘rsatilgan jami 330 nafar nomzoddan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 137 nafari saylandi. 
2018 yil 3 fevral - O‘zLiDeP Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan ijtimoiy sheriklik sohasidagi munosabatlarni mustahkamlash va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha – Harakatlar strategiyasi hamda Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida mazkur tadqiqot instituti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
2019 yil 5 noyabr - Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining IX S’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning saylovoldi dasturi va parlament quyi palatasiga nomzodlar tasdiqlandi. 
2020 yil 6 yanvar - Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida parlament saylovining yakuniy tur natijalari e’lon qilindi. Saylovlarning umumiy yakunlariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 53, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 36, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 24, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi 22, O‘zbekiston Ekologik partiyasi 15 deputatlik o‘rnini egalladi.

Yüklə 116,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin