Натижа қуйидагича:
17-mavzu. Web sahifaning tuzilishi va yaratish imkoniyatlari, asosiy tushunchalari. Sahifalar yaratishda foydalaniladigan dasturlar
(2 soat amaliy, 2 soat laboratoriya ishi).
Tinglovchilarda Web sahifaning tuzilishi va yaratish imkoniyatlari, asosiy tushunchalari, saxifalar yaratishda foydalaniladigan dasturlar to‘g‘risida tushunchalar hosil qilish.
Internetning WWW xizmati asosan web - sahifalarga bog’liq ekan, ular qanday yaratiladi, degan savol tuzulishi tabiiy. Web - sahifalar HTML (Hypertext Markup Language - Giperrnatnli markerlash tili - Язык гипертекстовой маркировки) tilida yoziladi. HTML - dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML tilining buyruqlari « < » va « > » belgilari orasiga yoziladi va deskriptor yoki teg deb ataladi. Masalan, yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi.
Demak, HTML — oddiy matn muharririda deskriptorlardan foydalanib yoziladigan til. HTML - hujjat — deskriptorlar qo’llanilgan HTML matnli fayl bo’lib, u web - sahifani tashkil etadi. HTML - hujjat fayli nomining kengaytmasi «html» bo’ladi. HTML - hujjatni web - brauzerlar yordamida hotiraga yuklansa, u ekranga web - sahifa ko’rinishida chiqadi.
Web-sahifa yaratish
Eng sodda web-sahifa, odatda, faqat matndan iborat bo’ladi. Biz ham web-sahifa tayyorlashni unga matn joylashtirishdan boshlaymiz. Buning uchun Windowsning Bloknot matn muharririni ishga tushiramiz (boshqa matn muharriridan foydalansa ham bo’ladi). Bloknot matn muharririni ishga tushirish uchun Windowsning «Пуск» menyusiga kirib, «Прoграммы» bo’limiga o’tamiz, Ochilgan «Прoграммы» oynasidan «Стандартные» bo’limiga kiramiz va «Блокнот» dasturini tanlaymiz. Bloknot matn muharriri juda sodda bo’lib, sarlavha satri, menyular satri va ishchi maydonidan tashkil topgan.
Ishchi maydoni matn kiritish uchun mo’ljallangan bo’lib, Word matn protsessori kabi shrift tanlash, uning rangi, o’lchami va boshqa parametrlarini o’zgartirish, jadval yoki rasm joylashtirish imkoniyati yo’q. Bloknot matn muharririda, asosan, matn kiritish, uni tahrir qilish, saqlash (magnit diskida), avval saqlangan matnni ochish kabi ishlar bajariladi. Bu ishlar Word matn protsessoridagi kabi amalga oshirilishi tufayli, ularni takrorlashni lozim topmadik.
Bloknot matn muharririni ishga tushirgach, web-sahifa yaratishni boshlasak ham bo’Iadi. Web-sahifa, odatda, sarlavhadan boshlanadi. Bu bizning birinchi web-sahifamiz bo’Igani uchun, unga «Bu mening birinchi web-sahifam», deb sarlavha qo’yamiz. Buning uchun Bloknot ishchi maydonida quyidagi matn kiritiladi:
Dostları ilə paylaş: |