20-mavzu. HTML da rasmlar hosil qilish teglari. Rasmlar atrofiga matnlar va jadvallar joylashtirish. Rasmlarga gipermurojaat qo‘yish
(2 soat laboratoriya ishi).
Tinglovchilarda HTML da rasmlar hosil qilish teglari, rasmlar atrofiga matnlar va jadvallar joylashtirish, rasmlarga gipermurojaat qo‘yish to‘g‘risida tushunchalar hosil qilish.
Web-sahifada grafika.
Web-sahifani «jonlantirish»ning eng samarali usuli — unga turli rasmlar joylashtirishdir. Faqat matndan iborat web - sahifa ma'lumotga boy bo’lishi mumkin, lekin zerikarli bo’ladi. Ammo web - sahifaga haddan ziyod rasm joylashtirish web-sahifani bachkana qilib yuborishi bilan birga uning fayli hajmini kattalashtirib yuboradi. Fayl qanchalik katta hajmga ega bo’lsa, uni Internet tarmog’idan o’qib olish shuncha ko’p vaqt talab etadi. Shu sababli web - sahifaga fayl hajmi kichik bo’lgan rasmlarni joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Internetda asosan gif va jpeg formatli rasm fayllari qo’llaniladi. Darhaqiqat, bmp formatli rasm faylini jpeg formatga o’tkazilsa, fayl hajmi bir necha barobar kichrayadi. Rasm faylini bir formatdan boshqasiga o’tkazish maxsus dasturlar (AcdSee, Photoshop,...) yordamida amalga oshiriladi.
Web-sahifaga rasm joylashtirish uchun deskriptori (image — tasvir) qo’llaniladi. Rasm faylini ko’rsatish uchun mazkur deskriptorga SRC operatori qo’shiladi. Masalan, Web-sahifaga joylashtirilayotgan rasm faylining nomi flowers.jpg bo’lsa, HTML-hujjatga quyidagi satr qo’shiladi:
flowers.jpg»>
Avalgi mavzuda matnni web - sahifada ALIGN buyrug’i yordamida joylashtirish bilan tanishdik. Mazkur buyruqni web - sahifada rasmni chap yoki o’ng tomonga joylashtirish uchun ham qo’llash mumkin. Aslida bu buyruq rasm yoniga matn joylashtirish uchun qo’llaniladi. Ammo rasm joylashgan satrda matn bo’lmasa, u rasmning joylashishiga ta'sir etadi. Masalan,
flowers.jpg»> yozuvi «flowers.jpg» rasmni web-sahifaning o’ng tomoniga joylashtiradi.
Web - sahifaga rasmni joylashtirish bilan birga, uning o’lchamlarini ham o’zgartirish mumkin. Buning uchun WIDTH (eni, kengligi) va HEIGHT (bo’yi, balandligi) buyruqlaridan foydalaniladi. Mazkur buyruqlar yordamida web - sahifaga joylashtirilayotgan rasmning eni va bo’yi piksellarda yoki rasmning asl o’lchamiga nisbatan foiz hisobida beriladi. Rasmning o’lchamlarini foiz hisobida berilishi qulay. Ammo ba'zi brauzerlar uni qabul qilmaydi.
WIDTH va HEIGHT buyruqlari deskriptori bilan birga qo’llaniladi. Masalan,
flowers.jpg» WIDTH=50 HEIGHT=100>
Dostları ilə paylaş: |