Entsiklopediya. Bu elektron o‘quv qo‘llanmaning ombor ko‘rinishidir. Tuzilish sathida entsiklopediya atamasi ma’lumot, elektron o‘quv qo‘llanmada markazlashtirilishi tushunchasini beradi.
Elektron nashr – bu grafik, matn, raqamli, musiqali, video, foto va boshqa axborotlarni va yana foydalanuvchilar uchun bosma xujjatlar yig‘indisi. Elektron nashrdan elektron tashuvchilar - magnitli (magnit tasma, magnit disk), optik (CD-ROM, DVD, CD-R) va yana kompyuter tarmoqlaridan foydanish mumkin.
Elektron o‘quv nashr - ilmiy malakaviy bilimlar maydonida tizimlashtirilgan materiallarda tashkil topgan bo‘lib, bu maydonda o‘quvchi, studentlarning bilimlarini faol ravishda o‘stirib borish ta’minlanadi.Elektron o‘quv qo‘llanma yuqori darajada foydalanish va badiiy ko‘rgazmaga mo‘ljallangan bo‘lib, to‘liq axborot, metodik ko‘rsatmalar sifati, texnik foydalanish sifati, aniqlik, mantiqiylikka ega.
Gipermatn - bu matn elektron shaklda va belgilangan tizimlar aloqasining ko‘rinishi. U daraxt ko‘rinishida bo‘ladi.
Kompyuterlashtirilgan tushuntirish - tushuntirish turi, aniqlik va ravshanlikdan fodalanish, savollarga induktiv aqllilik va shakllantirilgan tushunchalar yo‘li bilan “ha” yoki “yo‘q” tipidagi javoblardir.
Ko‘rgazmalilik tushunchasi.
Uning turlari va funktsiyalari Ya.Kamenskiy VII asrdayoq ko‘rgazmolilikni shunday ta’riflaydi: xar bir narsani hissiyotlar bilan anglash, o‘rganilayotgan ob’etni his-tuyg‘ular orkali anglash, maket va modellarni o‘quvchilar orqali kuzatish, o‘qitish ko‘rgazmaliligini avval aniq ob’ektni anglash deb tushunilgan, masalan: real predmet va hodisalar o‘z boshlang‘ich ko‘rinishida mashinalar modellari, ko‘rgazmali (tarqatma material, jadvallar, va ayrim chizmali dasturlar, o‘quv kinofilmlar. Zamonaviy didaktika shuni ta’kidlaydiki, ko‘rgazmalilik tushunchasi
Tasvirli ko‘rgazmalilikka:
rasmlar repreduktsiyasi;
arxitektura va haykataroshlik fotoreproduktsiyasi;
o‘quv matnlar uchun yaratilgan o‘quv rasmlar;
raem va applikatsiyalar;
vidoeparchalar;
audioparchalar;
videofilmlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |