O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


Windows 95, windows 98, windows XP2



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə34/151
tarix25.07.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137457
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   151
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi-www.hozir.org

Windows 95, windows 98, windows XP2 lar grafik interfeysli OTlar hisoblanadi, chunki ular foydalanuvchi bilan grafik tasvirlar (yorliqlar, belgilar) yordamida muloqot qilish imkonini beradilar.

Tarmok operatsion tizimi. Tarmoqqa ulangan kompьyuterlarni yakkahol va birgalikda ishlashini ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat OT - tarmoq operatsion tizimi deb ataladi. Ushbu OT, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni ayirboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko’rsatadi.
Asosiy dasturiy ta’minotni qo’shimcha ravishda o’rnatiladigan xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plami to’ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko’pincha utilitlar deb atashadi.


Utilitlar — bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo’shimcha operatsiyalarni bajarishga yoki kompьyuterga xizmat ko’rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo’ljallangan dasturlardir.

Operatsion tizimlar. EHM da har qanday masalani echish, bir tomondan, bajarilishi kerak bo‘lgan hamma amallarning ketma-ketligini belgilaydigan dasturlarni (dasturli vositalar — software), ikkinchi tomondan esa, bu amallarni amalga oshirish uchun jalb qilinadigan aniq bir texnikaviyura vositalarini (processor, xotira, displey, printer, klaviatura va b. — hardware) talab etadi.
EHM texnikaviy vositalarini boshqarishning ko‘plab jarayonlari ma’lum darajada standart hisoblanadi va aslini olganda, dasturli vositalarga bog‘liq emas.
Operatsion tizimning (OT) asosiy vazifasi ayni shu ko‘satilgan standart, ko‘pincha esa juda etarlicha oddiy jarayonlarni bajarishni avtomatlashtirishdir.
OT ning "do‘stonaligi" quyidagini bildiradi, u foydalanuvchiga amaliy dasturlarni bajarish jarayonida kerakli servisni ta’minlaydi va dasturlovchiga dasturlarni ishlab chiqish va sozlash uchun hamda ma’lumotlarni saqlash, o‘zgartirish, aks ettirish va nusxalash uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydi.

ShK lar uchun quyidagi OT turlari keng tarqalgan:


• MS DOS - IBM PC AT va XT ShK lari uchun;
• OS/2 - IBM PS/2 va 80386 va undan yuqori MP li PC AT ShKlari uchun;
• UNIX — 32 razryadli IBM PS/2 va 80386 va undan yuqori MP li IBM PC AT ShK lari uchun;
• WINDOWS 95 — 32 razryadli, 80386 va undan yuqori MP li IBM PC AT ShK lari uchun;
• WINDOWS NT — 32 razryadli, 80486 va undan yuqori MP li IBM PC AT ShK lari uchun.
MS DOS va WINDOWS 95 operatsion tizimlari to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar keyingi bobda beriladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin