O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə33/151
tarix25.07.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137457
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   151
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi-www.hozir.org

SISTEMAVIY DASTURIY TA’MINOT(SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
- kompьyuterning va kompьyuterlar tarmog’ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;
- kompьyuter va kompьyuterlar tarmog’i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Sistemaviy dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi(xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompьyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo’shimcha tarzda olinishi mumkin.


Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) - bu, kompьyuter ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal to’plamidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi: operatsion tizim (ot); tarmoq operatsion tizimi.

Yordamchi(xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muxitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashhis qiluvchi, kompьyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.

Operatsion tizim (OT). Kompьyuterning yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur kompьyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi o’rinlar va hokazo) boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi. OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompьyuter qurilmalari bilan qulay muloqotni(interfeysni) ta’minlaydi.

Drayverlar. Ular OT imkoniyatlarini kengaytiradi. Jumladan, kompьyuterning kiritish - chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printerlar va boshqalar)ni boshqarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida kompьyuterga yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart ravishda foydalanish mumkin.
Hozirgi davrda ko’plab OTlar mavjud: unix; ms dos; os/2; windows va h.k.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin