O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə41/151
tarix25.07.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137457
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   151
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi-www.hozir.org

Test savollari
1. Qaysi loiyxa xujjatida dasturga bo‘lgan talablar aks etadi?
a) Texnik loyixada
b) Eskiz loyixada
c) Ishchi loyixada
d) * Texnik topshiriqda
2. Dasturlash texnologiyasi instrumentariysiga quyida keltirilganlardan qaysi biri ta’luqli?
a) Antivirus dasturlari
b) Operatsion tizim
c) *Axborot tizimlarini yaratish vositalari
d) Tizimli dasturiy ta’minot
12-MAVZU: SISTEMAVIY DASTURIY TA’MINOT

(2 soat ma’ruza)

Reja
1. Sistemali dasturiy ta`minot
2. Drayverlar.
3. Windows OT

Sistemaviy dasturiy ta`minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:


- kompyuterning va kompyuterlar tarmog’`ining ishonch­li va samarali ishlashini ta`minlash;
- kompyuter va kompyuterlar tarmog’`i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Sistemaviy dasturiy ta`minot ikkita tarkibiy qism­dan - asosiy (bazaviy) dasturiy ta`minot va yordamchi(xiz­mat ko`rsatuvchi) dasturiy ta`minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta`minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko`rsatuvchi dasturiy ta`minot alohida, qo`shimcha tarzda olinishi mumkin.


Asosiy dasturiy ta`minot (baze software) - bu, kompyuter ishini ta`minlovchi dasturlarining minimal to`plamidan iborat.
Ularga quyidagilar kiradi:


- operatsion tizim (OT);

- tarmoq operatsion tizimi.

Yordamchi(xizmat ko`rsatuvchi) dasturiy ta`minotga asosiy dasturiy ta`minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muxitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bo’lar tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta`minlovchi va boshqa dasturlardir.
SHunday qilib, sistemaviy dasturiy ta`minotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin.
Operatsion tizim (OT). kompyuterning yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi o`rinlar va xokazo) boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.
OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan qulay muloqotni(interfeysni) ta`minlaydi.


Drayverlar. Ular OT imkoniyatlarini kengaytiradi. Jumladan, kompyuterning kiritish - chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printerlar va boshqalar)ni boshqarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida kompyuterga yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart ravishda foydalanish mumkin.
Hozirgi davrda ko`plab OTlar mavjud:
- UNIX;

- MS DOS;


- OS/2;

- WINDOWS 95;


- WINDOWS NT;
- WINDOWS 98;
Birinchi Shaxsiy kompyuterlar OT ga ega emas edilar. kompyuter tarmoqqa ulanishi bilan protsessor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda murakkab bo`lmagan das­turlash tili, masalan, Beysik yoki shunga o`xshash tilni qo`llovchi, ya`ni uni tushunib, unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus dastur yozilgan bo’lar edi. Ushbu til buyruqlarini o`rganish uchun bir necha soat kifoya qilar, so`ngra kompyuterga uncha murakkab bo`lmagan dasturlarni kiritish va ular bilan ishlash mumkin bo’lar edi. kompyuterga magnitofon ulangach, chet dasto’rni ham yuklash imkoniyati yaratildi. Buning uchun bitta, LOAD buyrug`i kifoya edi, xolos.
kompyuterga disk yurituvchilar ulanishi bilan OTga bo`lgan zaruriyat paydo bo`ldi. Disk yurituvchi magnitofondan shunisi bilan farq qiladiki, bu qurilmaga erkin murojaat etish mumkin.
Diskdagi dasturlarni faqat nomi orqali yuklash imkonini beruvchi operatsion tizim ishlab chiqildi va u disk operatsion tizimi (DOT) deb nom oldi.
DOT nafaqat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi fayllarni diskka yozish, ikkita faylni bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bo`lgan paytda fayl­larni o’chirib tashlash, fayllarni bir diskdan ikkinchisiga ko`chirish (nusxa olish) kabi ishlarni ham bajara oladi. Umuman olganda, DOT foydalanuvchini alohida qog`ozlarda ko`plab yozuvlarni saqlashdan halos etdi, disk yurituvchilar bilan ishlashni soddalashtirdi va xatolar sonini sezilarli darajada kamaytirdi.
OT larning keyingi rivojlanishi apparat ta`minotining rivojlanishi bilan parallel bordi. Egiluvchan disklar uchun yangi disk yurituvchilar paydo bo`lishi bilan OT lar ham o`zgardi. Qattiq disklarning yaratilishi bilan, ularda o`nlab emas, balki yuzlab, hatto minglab fayl­larni saqlash imkoniyati yaratildi. Shu sababli fayllar nomida ham anglashilmovchiliklar paydo bo`la boshladi. Ana shunda DOT lar ham ancha murakkablashdi. Ularga disklarni kataloglarga bo`luvchi va ushbu kataloglarga xizmat ko`rsatuvchi vositalar (kataloglar orasida fayllarni ko`chirish va nusxa olish, fayllarni saralash va boshqalar) kiritildi. Shunday qilib, disklarda faylli struktura paydo bo’ldi. Uni tashkil etish va unga xizmat ko`rsatish vazifasi esa OT ga yuklanadi. Qattiq disklar yanada katta o`lchamlarga ega bo`lishi bilan OT ularni bir nechta mantiqiy disklarga bo`lishni ham «o`rganib» oldi.
Ular bir yangi paydo bo`layotgan OT kompyuterning tezkor xotirasidan yanada yaxshi, unumliroq foydalana oladi va yanada quvvatli protsessorlar bilan ishlay oladi.
1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC kompyuterlarni asosiy operatsion tizimi MS DOS edi. Shu yillar ichida u MS DOS 22 versiyasigacha bo`lgan rivojlanish bosqichlarini bosib o`tdi.
MS DOS foydalanuvchi bilan kompyuterning apparat ta`minoti o`rtasidagi «vositachi» bo`lib xizmat qildi. Shuning bilan birga u insonga qaraganda kompyuterga yaqinroqdir. Kompyuterni ta`mirlash va unga xizmat ko`rsatish bo`yicha ko`pgina ishlar ham MS DOS da bajarilar edi.
WINDOWS 95, WINDOWS NT, WINDOWS 98 lar grafik interfeysli OT lar hisoblanadi, chunki ular foydalanuvchi bilan grafik tasvirlar (yorliqlar, belgilar) yordamida muloqot qilish imkonini beradilar.


Tarmoq OT. Tarmoqqa ulangan kompyuterlarni yakkahol va birgalikda ishlashini ta`minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat OT- tarmoq operatsion tizimi deb ataladi. Ushbu OT, jumladan, tarmoq ichra ma`lumotlarni ayirboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko`rsatadi.
Asosiy dasturiy ta`minotni qo`shimcha ravishda o`rnatiladigan xizmat ko`rsatuvchi dasturlar to`plami to`ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko`pincha utilitlar deb atashadi.


Utilitlar - bu, ma`lumotlarni qayta ishlashda qo`shimcha operatsiyalarni bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko`rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo`ljallangan dasturlardir.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin