O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


Predmetli sohaning ta’rifi va modeli



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə38/151
tarix25.07.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137457
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   151
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi-www.hozir.org

Predmetli sohaning ta’rifi va modeli
Amaliy dasturlar paketlarini qo‘llash bilan yechiladigan masalalar kiruvchi fan yoki faoliyat sohasi paketning predmetli sohasi deb ataladi. Boshqa qilib aytganda, predmetli soha paket tomonidan yechiladigan masalalar majmuasi bilan belgilaniladi. Predmetli sohaning bunday mazmunli bayoni paketdan foydalanuvchi uchun foydali axborotlarga ega, ammo u ADPni loyihalashtirish va ishlab chiqish uchun yetarlicha aniq emas.
ADPni ishlab chiquvchi predmetli sohaning ba’zi bir soddalashtirilgan tasviri bilan, predmetli sohaning ba’zi bir modeli bilan ishlaydi.


Matematik model ostida odatda ba’zi bir ob’ektlar (o‘zgaruvchanlar) va bu ob’ektlar o‘rtasidagi aloqalar (munosabatlar) ning majmuasi tushuniladi.
Amaliy dasturlar paketlari predmetli sohasining modelini masalalarni yechishda paketda foydalaniladigan ma’lumotlar (o‘zgaruvchanlar) va bu ma’lumotlar o‘rtasidagi aloqalarning majmuasi bilan berish mumkin.
Ma’lumot (o‘zgaruvchan) predmetli soha modelining bir qismi sifatida predmetli sohada uning rolini aks ettiruvchi mazmunli nomi bilan ta’riflanadi. Bunday nom foydalanuvchi uchun odatiy bo‘lgan predmetli sohaning mazmunli atamalarida belgilaniladi, masalan «Sohaning yalpi mahsuloti», «Mahsulotning nomi», «To‘g‘ridan-to‘g‘ri harajatlarning koeffitsenti». Ma’lumot nomdan tashqari, odatda noyob ism (identifikator)ga ega, undan modelni bayon qilishda foydalanadilar, mazmuniy nom esa faqat paketning foydalanuvchisi bilan aloqa uchun zarurdir. Hisoblashlar jarayonida ma’lumot boshqa ma’lumotlarning miqdorini olish uchun foydalaniladigan miqdorni oladi.
Har bir ma’lumot ma’lumotlarning belgilangan turiga tegishli. Bu yerda ma’lumotning turi ostida uning xususiyatlarining majmuasi, shu jumladan yo‘l qo‘yiladigan miqdorlarning ko‘pchiligi, ma’lumotlar ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan operatsiyalarning majmuasi tushuniladi. Ma’lumotlarning turi bilan EHM xotirasida ma’lumot miqdorlarini taqdim etish shakli bog‘liqdir.
Shunday qilib, paketda foydalaniladigan har bir ma’lumot predmetli soha modelida nomi, turi va miqdori bilan ta’riflanadi. Nom va tur ma’lumotning qayd etilgan atributi bo‘ladi, miqdor dinamik xarakterga ega. Dastlabki holatda ma’lumot miqdorga ega bo‘lmasligi mumkin (aytadilarki, ma’lumotning miqdori aniqlanmagan), hisoblashlar jarayonida ma’lumot miqdorni olishi, miqdorni o‘zgartirishi va miqdorni yo‘qotishi mumkin.
Predmetli soha modelida ma’lumotlar o‘rtasida aloqalar (munosabatlar) o‘rnatiladi. Bu aloqalarning xarakteri turli tuman va katta qismi yechilayotgan masalalarning semantikasi bilan belgilaniladi.
Predmetli soha modelida ma’lumotlarning majmuasi paketning axborot bazasidan iborat bo‘ladi. Axborot bazasidagi ma’lumotlar bir- birlari bilan bog‘langan ma’lumotlarning ba’zi bir tuzilishini tashkil qiladi. Bu aloqalarning xarakteri paketning axborot bazasini ishlab chiqishda aniqlanadi va odatda paketni faoliyat yuritishi jarayonida o‘zgarmaydi. Bunday aloqalarni belgilash bo‘yicha aloqalar deb ataymiz. Shunday qilib, belgilash bo‘yicha aloqalar - bu paketning predmetli sohasi modelini qurishda axborot bazasida o‘rnatiladigan aloqalardir.
Paketni ishlab chiquvchi modullari tomonidan amalga oshiriladigan aloqalar boshqacha xarakterga ega. Bu aloqalar belgilab berilgan va predmetli soha modelida potentsial mavjud, ammo faqat aniq masalani yechish jarayonida, paket ishini borishida foydalanuvchining to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki vositali ko‘rsatmasi bo‘yicha amal oshiriladi. Bunday aloqalarni vazifaviy deb ataymiz.
Predmetli soha modelida modelning ishi (foydalanuvchi masalalarining yechilishi) ma’lumotlar miqdorini o‘zgarishi bilan beriladi. Paket ishining boshida ba’zi bir ma’lumotlarning miqdori belgilanishi (indamaslik bo‘yicha qabul qilinishi, foydalanuvchi tomonidan berilishi va kiritilishi) kerak, qolgan ma’lumotlarning miqdori noaniq bo‘ladi keyin foydalanuvchining talablariga muvofiq ba’zi bir ishlab chiquvchi modullar bajariladi, buning natijasida ba’zi bir oldin aniqlanmagan ma’lumotlarning miqdorlari olinadi yoki miqdorga ega bo‘lgan ma’lumotlarning miqdori o‘zgaradi.
Shunday qilib, ma’lumotlar yangi miqdorlarni faqat ikkita usulda olishlari mumkin: yoki foydalanuvchi tomonidan yangi miqdor kiritilishi natijasida, yoki ishlab chiquvchi modulni bajarish natijasida.
Ma’lumotlarning yo‘l qo‘yiladigan turlarining soni turlar ro‘yxatining o‘zi MPO va butun paketning muhim ta’riflari bo‘lishi mumkin.
Aniq miqdorlarni o‘zlashtirish usuli bo‘yicha ma’lumotlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
  • Ma’lumotlar doimiy miqdorga ega, u paketni yuklashda belgilanishi mumkin va paketni ishlash jarayonida o‘zgarmaydi (va paketdan foydalanuvchi qo‘llash mumkin bo‘lgan vositalar bilan o‘zgartirilishi mumkin emas). Bunday ma’lumotlarga misol bo‘lib har xil jismoniy konstantlar, ma’lumotnomaviy jadval xizmat qiladilar.


  • Ma’lumot paketni yuklash paytida ba’zi bir qayd etilgan miqdorga (indamaslik bo‘yicha miqdor deb atalganga) ega bo‘ladi, paketni yuklashni borishida bu miqdor foydalanuvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha yoki ishlab chiquvchi modullarni bajarilishi natijasida o‘zgarishi mumkin.


  • Ma’lumot foydalanuvchi ushbu ma’lumotning miqdorini belgilash bo‘yicha harakatni qilgunga qadar miqdorga ega bo‘lmaydi. Foydalanuvchining harakati, taxmin bo‘yicha ma’lumotlar miqdorlarini kiritish va ishlab chiquvchi modullarni bajarishga savollar bilan cheklanganligi sababli, ma’lumotlarning ushbu guruhidan ishlab chiquvchi modullarning hech biri bilan miqdorini hisoblab bo‘lmaydigan ma’lumotlarni ajratish mumkin. Bu ma’lumotlar faqat kiruvchi bo‘lishlari mumkin, agar masalani yechish uchun ularning miqdorlari talab qilinsa, foydalanuvchining o‘zi bu miqdorlarni berishi kerak. Bitta ma’lumotning o‘zini foydalanuvchi tomonidan yechilayotgan masalaga ko‘ra yo kiruvchi sifatida, yoki foydalanuvchining vazifasi bo‘yicha paketni ishlashida hisoblanuvchi sifatida ko‘rib chiqish mumkin bo‘lgan vaziyat bo‘lishi mumkin.


Shunday qilib, predmetli soha modelini qurishda paketda ma’lumotlarning qanday turidan foydalanilishini va miqdorlarni o‘zlashtirishning qanday usullari amalga oshirilishini belgilash, keyin ma’lumotlarning nomini tengli va har bir ma’lumot uchun uning turi va guruhini belgilash kerak.





Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin