Bir masalali operatsion sistemalar foydalanuvchiga bir vaqtning o‘zida kompyuterda faqat bitta amaliy vazifani hal etishga imkon beradi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, bunday sistemalar, odatda, bitta dastumi asosiy tartibda va yana bitta qo‘shimcha dastumi asosiy dastur tarkibida ishga tushirish imkoniyatini beradi. Masalan, asosiy tartibda matn protsessorini, qo‘shimcha sifatida chop etish dasturini ishga tushirish mumkin.
Ko‘p masalalioperatsion sistemalar bir vaqtning o‘zida bir necha dasturni ishga tushirish imkoniyatini beradi. Bu dasturlar bir-birlariga monelik qilmagan holda parallel ishlaydilar. Masalan, bir dastur odam bilan shaxmat o‘ynashi, ikkinchisi modem orqali boshqa kompyuterlardagi axborotlami tekshirishi, uchinchisi musiqa eshittirishi mumkin.
Bir masalalik operatsion sistemalar sodda, ixcham va kichik resursli kompyuterlarda ishlatilgan, lekin ular ko‘p masalalik operatsion sistemalarga ishlash qulayligi nuqtayi nazaridan yut- qazdilar va shuning uchun ham, ular tez amaliyotdan olib tash- landi.
Bir foydalanuvchilioperatsion sistemalar kompyuterda faqat bir kishining ishlashiga imkon beradi. Bu holda, albatta, bir necha foydalanuvchi kompyuterdagi axborotlardan foydalanish uchun navbat bilan ishlashi mumkin va barcha axborot hamma foydalanuvchi uchun ochiq bo‘ladi.
Ko‘p foydalanuvchili operatsion sistemalarda har bir foydalanuvchi umumiy axborotlardan va parolini kiritib faqat o‘ziga tegishli bolgan shaxsiy axborotlardan foydalanishi mumkin. Ba’zi ko‘p foydalanuvchilik operatsion sistemalar (masalan, UNIX) bir vaqtning o‘zida bir kompyuterda bir necha foydalanuvchi ishlashiga imkoniyat beradi. Har qanday operatsion sistemadan quyidagi sifatlarning bo‘lishi talab etiladi:
Ishonchlilik.Sistema o‘zi boshqarayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo‘lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xato uchrasa, uni sistema topa olishi va bu xatoni tuzatishga harakat qilishi, hech bolmaganda, shu xato tufayli foydalanuvchi dasturiga yetkaziladigan zaraming oldini olishi kerak.