O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


-chi davr (1980dan – hozirgi vaqtgacha)



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə59/151
tarix25.07.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137457
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   151
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi-www.hozir.org

4-chi davr (1980dan – hozirgi vaqtgacha).
Operatsion tizimlar rivojlanishidagi keyingi davr katta integral sxemalarni (BIS) yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan davrdir. Bu yillarda integratsiya darajasi keskin o‘sishi va mikrosxemalar arzonlashishi yuz berdi. Kompyuterdan alohida foydalanuvchilar foydalanishi imkoni yuzaga keldi, va shaxsiy kompyuterlar davri boshlandi.
Arxitektura jihatidan, shaxsiy kompyuterlar, minikompyuterlar tiplari sinflaridan xech narsasi bilan farq qilmas edilar, faqat ularning baholarida farq bo‘ldi. Agar minikompyuter korxona va universitet bo‘limiga shaxsiy hisoblash markaziga ega bo‘lishiga imkon bergan bo‘lsa, shaxsiy kompyuter esa bunday imkoniyatni alohida inson uchun yaratdi.
Kompyuterlar hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo‘lmaganlar ham keng ko‘lamda foydalana boshladilar, bu esa o‘z navbatida “do‘st” dasturiy ta’minotni yaratishni talab etdi, bu dasturchilarni alohida o‘rnidan qo‘zg‘atdi.
Operatsion tizimlar bozorida ikkita tizim ustunlik qila boshladilar: MS-DOC va UNIX OT lari. Bir foydalanuvchili MS-DOC OT lari Intel 8088 asosida qurilgan mikroprotsessorlar, va keyin 80286, 80386 va 80486 asosida qurilgan kompyuterlarda foydalanildi.
Multidasturli, ko‘pfoydalanuvchili UNIX OT i intel-bo‘lmagan kompyuterlar muxitida ustunlik qila boshladi, ayniqsa yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan RISC-protsessorlar uchun.
80-yillar o‘rtalarida, tarmoq yoki taqsimlangan OT lar boshqaruvchi ostida ishlaydigan shaxsiy kompyuterlar keskin tarzda rivojlana boshladi.
Tarmoq OT larida, foydalanuvchi tarmoqda boshqa kompyuterlar mavjudligi haqida bilishlari va boshqa kompyuterga uning resurslaridan, asosan fayllaridan foydalanish uchun boshqa kompyuterga mantiqan kirishlari kerak.
Tarmoqdagi har bir mashina, kompyuterning avtonom operatsion tizimidan tarmoqda ishlashga imkon beradigan qo‘shimcha vositalarga ega bo‘lgan, lokal operatsion tizimini bajaradi.
Tarmoq OTi, bir protsessorli kompyuter OTidan asosli farq qilmaydi. Ularning tarkibida, albatta, tarmoq interfeysini qo‘llovchi (tarmoq adapteri drayveri) va shu bilan birga tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga masofadagi kirish vositalari va masofadagi fayllarga murojaat vositalari mavjuddir, ammo bu qo‘shimchalar operatsion tizimni strukturasini tubdan o‘zgartirmaydi.
Hisoblash tizimlarini rivojlanishi bosqichlarini ko‘rib chiqib, biz rivojlanish jarayonida mumtoz (klassik) OT lar bajargan 6 ta asosiy funktsiyalarni ajratishimiz mumkin:
  • Topshiriqlarni rejalashtirish va protsessordan foydalanish;


  • Dasturlarni kommunikatsiya va sinxronizatsiya vositalari bilan ta’minlash;


  • Xotirani boshqarish;


  • Fayl tizimini boshqarish;


  • Kiritish-chiqarishni boshqarish;


  • Xavfsizlikni ta’minlash.


Har bir keltirilgan funktsiyalar odatda OT tarkibidagi komponetalaridan biri sifatida amalga oshirilgan. Ular boshidanoq, OT tarkibiy qismi sifatida yaratilgan emas, ular rivojlanish jarayonida yuzaga keldi. Inson yaratgan hisoblash tizimi rivojlanishi (evalyutsiyasi) shu yo’ldan ketdi, ammo hech kim bu yo’l rivojlanishning yagona mumkin bo‘lgan yo’li deb isbot qilolmaydi.


OT lar, shu ayni vaqtda ularning mavjudligi-hisoblash tizimidan oqilona foydalanishdir, shuning uchun ham ular mavjud.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin