O’zbekiston Respublikasi xalq ta’lim vazirligi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə17/25
tarix23.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#120238
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
portal.guldu.uz-Elektrodinamika va nisbiylik nazariyasi (1)

18-MA’RUZA
1.Elektr tokining magnit maydoni, toklarning o’zaro ta’siri .
2. Magnit maydonning induksiya vektori.
3.Parma qoidasi.
1.Harakatsiz turgan elektr zaryadlari orasida hosil bo’luvchi o’zaro ta’sir har bir zaryad atrofida mavjud bo’lgan elektr maydoni orqali uzatilib, Kulon qonuni bilan aniqlanar edi. 1820 yilda Ersted tomonidan o’tkazilgan elektr hodisalari bilan magnit xodisalari o’rtasidagi bog’lanishni ko’rsatuvchi tajribalarni ko’raylik.
a) halqasimon o’tkazgich olib, undan tok o’tkazamiz va unga ipak ipga osilgan zaryadlangan A sinush sharchasini yaqinlashtiramiz.

Sharchaga halqa tomonidan ta’sir etuvchi hech qanday kuchni sezmaymiz. Demak, tokli otkazgichdan tashqarida elektr maydon hosil bo’lmay, balki o’tkazgichdan ozgarmas tok o’tganda hosil bo’luvchi elektr maydon butunlay o’tkazgich ichiga joylashgan bo’lar ekan.
b) Magnit strelka oliob uni o’qi bo’ylab simtortaylik.
Simdan tok o’tganda magnit strelkasi o’zining dastlabkivaziyatidan og’adi. (b) agar tokning yo’nalishi o’zgartirilsa, magnit strelkasining og’ish yo’nalishi ham o’zgaradi. (v)
Demak tokli o’tkazgich atrofidagi fazoda magnit strelkasining harakatga keltiruvchi qandaydir kuchlar ta’sir qiladi degan hulosaga keltiramiz. (v) Elastik sigma izolyatsiyalangan simdan qilingan g’altakni osib undfan tok o’tkazamiz
G’altakdan o’tayotgan tokning yonalishiga qarab g’altakni magnitga tortilishini yoki undan undan uzoqlashishini ko’ramiz. Tajribada magnit va tokli o’tkazgich atrofidagi fazoda tokli o’tkazgichni harakatga keltiruvchi qandaydir kuchlar ta’sir qilishi ko’rsatadi. Boshqa tajribalar ham tekshirilgan hulosalarni tasdiqlaydi.
Demak, tajribalarga asoslanib, tokli o’tkazgichlar atrofidagi fazoda tokli o’tkazgichlarni harakatga keltiruvchi qandaydir kuchlar ta’sir kiladi deyishimiz mumkin.
Tajribalar toklar o’zaro ta’sir etganda, magnit tokka yoki tok magnitga ta’sir qilganda namoyon bo’ladigan kuchlarning tabiati bir hil degan hulosaga olib keladi. Bu kuchlar magnit magnit kuchlari deyiladi.
Tinch holatda turgan elektr zaryadlari atrofidagi fazoda elektr maydon hosil bo’lgani kabi, toklar atrofidagi tokli o’tkazgichga ta’sir etuvchi materiyaning maxsus shakli bo’lgan magnit maydon hosil bo’ladi. Shu magnit maydon kuchlarining manbayidir.
Magnit maydon modda emas, balki alohida zarralardan tashkil topgan moddadan tamomila farqli ravishda materiyaning fazoda uzluksiz mavjut bo’lgan turidir. Magnit maydon materiya bo’lgani uchun energiyaga ega. Magnit maydon energiyasi fazoda uzluksiz taqsimlangan.
2.Magnit maygdonning hossalarini shu maydonning tokli berk yassi konturga ko’rsatayotgan ta’sirini ko’ramiz. Bu konturning o’lchamlari magnit maydon vujutga keltirayotgan toklar oqayotgan o’tkazgichlarga bo’lgan masofaga nisbtan kichik bo’lishi kerak. Tajriba tokli ramka tokli o’tkazgich yaqiniga joylashtirilganda tokli o’tkazgich hosil qilgan magnit maydon ramkaga orientirlovchi ta’sir ko’rsatishi natijasida uni ma’lumburchakka burilishini ko’rsatadi. Maydon ta’sirida ramkaning orientirlanishi magnit maydonda jift kuch ta’sir qilishini ko’rsatadi. Tajriba bu jift kuch momentining kattaligi magnitmaydonni vujudga keltirayotgan toklarga va ularning vaziyatiga shunidek ramkaning o’lchamlari orientirlanishi va undan o’tayotgan kuchiga bog’liq ekanini ko’rsatadi.

Tajriba jift kuchlar momentining maksimal qiymati Mmax ramkadagi I tok kuchiga hamda ramkaning S yuzasiga proportsianal ekanligini ko’rsatadi.


Mmax ~IS
Bu asosiy faktdan magnit maydonni miqdoriy jihatdan harakterlash uchunfoydalanish mumkin. haqiqatdan ham nisbiy ramkaning xossalariga bog’liq bo’lmay fazoning aniq bir nuqtasida magbit maydonni harakterlaydi. Bu kattalik magnit maydon induktsiya vektori deyiladi va bilan belgilanadi. Kuch momenti kucg bilan yelkaning ko’paytmasiga teng ekanligini hisobga olsak, bu formulani kuch orqali ifodalash mumkin: . Agar o’tkazgichning dl elementar qismini olsak, uni hosil qilgan maydon induktsiyasi ham elementar bolib quyidagicha yoziladi, . Magnit maydon induktsiya vektori magnit maydonni to’liq tavsiflaydi, chunki fozoning har bir nuqtasi uchun bu vektorning son qiymati va yo’nalishini topish mumkin. SI sistemasida mazgnit maydon induktsiya birligi qilib shunday magnit maydonning induktsiyasi qabul qilinganki bu maydonda yuzi 1m2 bo’lgan ramkadan 1A tok o’tganda ramkaga maydon tomonidan 1N.m moment bilan ta’sir ko’rsatiladi magnit maydon induktsiyasining bu birligi Tesla deb ataladi .
Elektr maydonning kuch xarakteristikasi bo’lib maydon kuchlanganligining vektori deb hisoblansa, magnit induktsiya bektori magnit maydonning kuch xarakteristikasi bo’lib hisodlanadi. Magnit induktsiya chiziqlarning muhim hususiyati shundaki, ularning boshlanishi ham ohiri ham bo’lmaydi ular hamisha berk bo’ladi.
3. Parma qoidasidan foydalanib turli hususiy hollarda magnit maydon kuch chiziqlarining manzarasini aniqlashimiz mumkin. Masalan: tokli to’g’ri o’tkazgichning magnit maydoni uchun magnit induktsiya chiziqlarini yasaymiz. Agar parmaning ilgarilanma harakatini tok bilan bir hil yo’naltirsak, u holda parma dastasining aylanish yo’nalishi magnit indutsiya chiziqlarining yo’nalishini ko’rsatadi
To’g’ri tok magnit maydonning indutsiya chiziqlarining markazlari o’tkazgich o’qida joylashgan kontsentrik aylanalardan iborat bo’lib, bu aylanalar o’tkazgich o’qiga perpendikulyar tekislikda yotadi. Aylanalarga o’tkazilgan strelkali chiziqlar mazkur kuch chiziqlariga ulrinma bo’lgan induktsiya vektorining yo’nalishini ko’rsatadi. Solenoyidaning ichki qismida magnint maydoni bir jinsli deyish mumkin. Toroyidning magnit maudoni faqat uning ichki qismida mujassamlashgan bo’ladi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin