O’zbekiston Respublikasi xalq ta’lim vazirligi


Sig’im, induktivlik va qarshilikdan



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə25/25
tarix23.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#120238
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
portal.guldu.uz-Elektrodinamika va nisbiylik nazariyasi (1)

Sig’im, induktivlik va qarshilikdan
tuzilgan o’zgaruvchan tok zanjiri.
Aktiv qarshilik R, induktivlik L va sig’im C dan tuzilgan zanjirni qarab chiqaylik (204 rasm**). Zanjirning uchlariga ω chastotali kuchlanish beramiz. Zanjirdan xuddi shunday chastotali o’zgaruvchan tok yuzaga keladi, ravshanki,

b unda lm amplitude va faza zanjirining R,L va C parametrlariga qarab aniqlanadi. Bu tok aktiv qarshilikda amplitudasi Rlm bo’lgan hamda fazasi tok fazasiga mos keladigan UR kuchlanish tushishini hosil qiladi.Shuning uchun vector diagrammada UR ni tasvirlovchi vectorni toklar o’qi bo’ycha joylashtiriish lozim. Induktivlikdagi UL kuchlanish tushishi tokdan faza bo’yicha π/2 ga oldin keladi: shuning uchun UL ni tasvirlovchi vector saot strelkasi yo’nalishiga qarshi yo’nalishda toklar o’qiga nisbatan π/2 burchakga burilgan bo’lishilozim. Nihoyat, sigimdagi UC kuchlanish tushishi tokdan faza bo’yicha π/2 ga orqada qoladi : demak, UC ni tasvirlovchi vector soat strelkasi yo’nalishda toklar o’kiga nisbatan π/2 burchakka burilgan U kuchlanishga teng bo’lishi lozim.


UR,UL va UC kuchlanishlarning yig’indisi zanjirga berilgan U kuchlanishga teng bo’lishi kerak. Shuning uchun UR,UL va UC kuchlanishlarni tasvirlovchi vektorlarni qo’shib, U kuchlanish vektorini olamiz . Bu vector toklar o’qi bilan φ burchak hosil qiladi. Burchakning tangensi esa (1.) ga teng.φ burchak U kuchlanish bilan i tok orasidagi faza farqini beradi. Gipotenuzasi Um ga teng bo’lgan to’g’ri burchakli uchburchakdan (2.) ekani kelib chiqadi, bundan . (2.1)
Shunday qilib, agar zanjir uchlaridagi kuchlanish U=Umcosωt qonun bo’yicha o’zgarsa, u holda zanjirdan (3.) tok o’tadi,bu yerda φ va Im (1.) va (2.) formulalardan aniqlanadi. (2.) ifodadagi (4.). Kattalik zanjirning to’la qarshiligi deyiladi. (5.) . Kattalik esa reaktiv qarshilik deyiladi. Shunday qilib, (6.).
Tokning kuchlanishdan orqada qolishi (φ >0) yoki oldin oldin ketishi (φ<0) XL va X0 lar orasidagi munosabatga bo’g’liq. bo’lganda tok kuchlanishdan orqada qoladi, bo’lganda esa tok kushlanishdan oldin ketadi. Agar bo’lsa, tok bilan kuchlanish sinfaz o’zgaradi. (φ=0). Bu shartni qanoatlantiradigan chastotada (7.). Zanjirning to’la qarshiligi Z berilgan R, L va C qiymatlarda R ga teng bo’lgan eng kichik qiymatga ega bo’ladi. Demaktok kuchi o’zining (berilgan Um kuchlanishda erishishi mumkin bo’lgan) eng katta qiymatiga erishadi. Bunda aktiv qarshilikdagi kuchlanish tushishi zanjirga berilayotgan tashqi kushlanishga teng bo’ladi. Sig’imdagi kuchlanish tushishi Uc va induktivlikdagi kuchlanish tushishi UL ampletuda jihatdan teng va faza bo’yicha qarama-qarshi. Bu hodisa kuchalishlar rezonansi deyiladi, bundagi chastota esa rezonans chastotasi deyiladi. Kuchlanishlar rezonansi uchun vektorlar diagrammasi rasmda ko’rsatilgan (rasm***).
Induktivlikdagi kuchlanish amplitudasi (UL=ωLIm) va sig’imdagi kuchlanish ampletudasi (Uc=1/ωC Im) ifodalaiga rezonans chastota (7.) qiymatini qo’ysak, quyidagini olamiz:
Agar bo’lsa induktivlikdagi va sig’imdagi kuchlanish zanjirga berilgan tashqi kuchlanishdan ortib ketadi. Agar zanjirda sig’im bo’lmasa, zanjirga berilgan kuchlanish qarshilikdagi va induktivlikdagi kuchlanish tushishlari yig’indisiga teng bo’ladi: U=UR+UL . Bunga mos vektorlar diagrammasi rasmda tasvirlangan. Bu holda rasmdan ko’rinib turibdiki (rasm***-)
.

(1.)va (2.) formulalarga 1/ωС=0, ya’niy C=cheksiz qiymat qo’ysak, ular ushbu hosil qilgan ifodalarimizga mos keladi. Shunday qilib zanjirda sig’im yo’qligi birinchi qarashda bizga tuyuladigan C=0 ni emas balki C=cheksizni bildiradi uni quyidagicha tushuntirish mumkin. Sig’imi bor zanjirdan sig’.im yo’q zanjirga asta sekin o’tish uchun kondensator qoplamalarini ular bir biriga to’la tekkunga qadar yaqinlashtirish kerak. Bunda qoplamalar oralig’idagi d masofa 0 ga intiladi, sig’im kattaligi esa cheksizlikka intiladi.






Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin